Tadbirkorlik


Xususiy korxona - mulkdor



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

Xususiy korxona - mulkdor 
- yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladi­
gan va boshqariladigan korxona.
Xususiy tadbirkorlik 
- xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik faoliyati.
Yalpi ichki mahsulot 
- kimga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, mamlakat 
hududida joylashgan ishlab chiqarish omillari yordamida yaratilgan jami mah­
sulot.
55


IV B O B . T A D B IR K O R L IK N IN G G ‘OYAVIY-
F A L SA F IY A S O SL A R I
4 .1 . TADBIRKORLIK G‘OYASI, UNI SHAKLLANTIRISH VA
AMALGA OSHIRISH
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishi qanday dir 
g ‘oyani o‘ylab, uni amalga oshirish yo ‘llarini izlaydi. Demak, har qan­
day tadbirkorlik faoliyati g ‘oyadan boshlanadi. G ‘oyaning mohiyatiga 
kelganda u bilim shakllaridan biri hisoblanadi. Lekin g‘oya bilimning 
shunday shakliki, unda bilimning ikki darajasi o‘zaro bog‘liq holda 
mujassamlashgandir. Ulardan birinchisi bo‘lajak biror hodisa, voqea, 
obyektning tasavvur qilinadigan tasviri, timsoli bo‘lsa, ikkinchisi uni 
ro ‘yobga chiqarish rejasi hisoblanadi. G ‘oyada nazariy bilim o ‘z ri- 
vojining yuqori cho‘qqisiga yetib, o‘zini o‘zi inkor qilish va moddiy 
narsa ko‘rinishida gavdalanish bo‘sag‘asida turadi. Boshqacha aytgan- 
da, g ‘oya sof bilimning tugashi va amaliy hodisa, voqea, jarayonning 
boshlanishi hisoblanadi. G ‘oyada obyektivlik subyektning maqsadi, 
intilishi, ichki ehtiyojiga, ya’ni ideal m o‘ljaliga aylanadi. G ‘oya ideal 
m o‘ljal (oliy maqsad) sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) muayyan bilim yutuqlarining mujassamlashgan ifodasi;
2) ularni moddiylashtirish yo'llari, vositalari, usullari to‘g ‘risidagi 
bilim;
3) unda mujassamlashgan bilimlarni ro ‘yobga chiqarishga intilish;
4) mazkur bilimlarni ro ‘yobga chiqarish rejasi.
G ‘oyaning umumiy mohiyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik 
g ‘oyasini ko‘rib chiqamiz. Tadbirkorlik g ‘oyasi - bu tadbirkor tomoni­
dan tashkil etilishi va amalga oshirilishi ehtimol qilingan ish, faoliyat 
to ‘g ‘risidagi umumiy tasavvurdir. Tasavvur esa kishining qandaydir 
tadbirkorlik faoliyati to‘g ‘risida bilgan, eshitgan, ko‘rgan va uning 
xotirasida qolgan belgilari bo‘yicha qayta tiklanadigan umumiy tas­
viri (sxemasi)dir. G ‘oyalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Ammo bunday ta’sir o ‘z-o‘zidan emas, balki odamlar faoli-
56


yati orqali amalga oshadi. G ‘oyani amalga oshirish uchun uni tasav- 
vurdan (umumiy sxemadan) aniq tushunchalarga, ularni esa real amali- 
yotga aylantirish kerak bo‘ladi. Shu boisdan g ‘oya aniq shakllantirilib, 
puxta ishlab chiqilishi zarur. Bunday jarayon natijasida g ‘oyaning 
amaliy yo‘nalishlari shakllantiriladi. G ‘oyaning amaliy yo‘nalishi - bu 
tadbirkorlik g‘oyasining ishlab chiqilgan va tadbirkor uchun muhim 
tushunchalar (tadbirkorning maqsadi va imkoniyatlari hamda bozor 
talablariga mosligi, foydaliligi, istiqbolligi, raqobatbardoshligi va ho- 
kazolar)da ifodalangan variantidir. Bir g ‘oya bir necha yo‘nalishda 
ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Masalan, tadbirkorda mayiz eksport qi­
lish g ‘oyasi paydo bo‘ladi. Bu g‘oyani ishlab chiqish natijasida uning 
quyidagi amaliy yo‘nalishlari aniqlanadi:
1) bir gektar bog‘ni ijaraga olib, 25 t uzum yetishtirish, undan 6 t 
mayiz tayyorlab, 5 t mayizni eksport qilish va 1 mln. so‘m foyda olish;
2) 25 t uzum sotib olib, undan 6 t mayiz tayyorlash va 5 t mayizni 
eksport qilib, 600 ming so‘m foyda olish;
3) 6 t mayiz sotib olib, 5 t mayizni eksport qilish va 300 ming so‘m 
foyda olish.
Tadbirkor g‘oyaning amaliy yo‘nalishlarini aniqlab olganidan 
so‘ng, ularni o‘z imkoniyatlari nuqtayi nazaridan baholab, eng maqbul 
yo‘nalishini tanlab amalga oshirishi mumkin.
Shuni ta'kidlash lozimki, hamma paydo bo‘ladigan g ‘oyalar ham 
amalga oshavermaydi. G ‘oyaning ro‘yobga chiqishi uchun u real, dol- 
zarb, istiqbolli, tijoratli bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik g ‘oyasini shakllan­
tirish va amalga oshirish bosqichlari umumiy ko‘rinishda 4 .1-chizmada 
keltirilgan.
G ‘oyalarning manbalari ko‘p bo‘lib, asosiylari iste’molchilar, bozor, 
oila, qarindoshlar, o ‘rtoqlar, tadbirkorlik uyushmalari, davlat organlari, 
yaratilayotgan yangiliklar, reklama va boshqalar hisoblanadi. Masalan, 
qo‘shnilar, hamqishloqlardan “qurilish materiallari shu qishloqqa yet­
kazib berilsa, yaxshi bo‘lardi”, degan istaklarini eshitib, tadbirkorda 
shu ish bilan shug‘ullanish g‘oyasi paydo b o iadi; tadbirkor bozordagi 
vaziyatni kuzatib, qanday tovar ishlab chiqarish yoki qanday xizmat 
ko‘rsatish to‘g‘risida aniq bir g ‘oyaga ega bo‘ladi; biror yangilik yara- 
tilganligi to‘g‘risida reklamadan bilib olgan tadbirkorda uni joriy etib, 
yangi mahsulot ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ilishi mumkin; tadbirkor­
ning oila a’zolari, yaqinlari, o‘rtoqlari beradigan takliflari, maslahatlari-
57


4. 1- chizma.
Tadbirkorlik g‘oyasini shakllantirish va amalga oshirish
bosqichlari.
dan ham foydali g‘oyalar kelib chiqadi; ayrim hollarda davlat organlari 
tadbirkorlikning ustivor yo‘nalishlarida nazarda tutilgan ishlar bilan 
shug‘ullanishni tavsiya etishlari mumkin.
G ‘oya va uning amaliy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash tadbirkorlik­
da katta rol o'ynaydi. Noto‘g ‘ri tanlangan g'oya yoki uning amaliy 
yo‘nalishi asosida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati m ag‘lubiyatga 
yuz tutishi shubhasiz. Chet el tajribasidan ma’lumki, tadbirkorlar, kor­
xonalarning sinish sabablaridan biri aynan g‘oyaning noto‘g‘ri tanlani- 
shi hisoblanadi. Shuning uchun g ‘oya tanlashga juda jiddiy yondashish 
zarur. Bundan tashqari, tanlangan g ‘oya va yo‘nalishni sinab ko‘rib, uning 
foydaliligi, istiqbolligi, jozibadorligiga ishonch hosil qilish lozim.
Tanlangan amaliy yo'nalishni ro‘yobga chiqarish uchun u har to- 
monlama asoslangan rejaga aylantirilishi, ya’ni puxta ishlab chiqilgan 
mukammal biznes rejada o‘z aksini topishi kerak. Biznes rejada tanlan-
58


gan yo‘nalishni amalga oshirish iqtisodiy, moliyaviy, texnikaviy, tash­
kiliy, insoniy va boshqa shart-sharoitlari nuqtayi nazaridan baholanadi. 
Tanlangan yo‘nalish ana shunday biznes reja va uning amalga oshirili- 
shi orqali ro‘yobga chiqariladi. Shuni aytib o ‘tish lozimki, tadbirkorlik­
da tanlangan g ‘oya va yo‘nalishni ro ‘yobga chiqarishda tezkorlik ham 
muhim rol o‘ynaydi.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish