16. 5. TADBIRKORLIK FAOLIYATINING MOLIYAVIY
HOLATINI BAHOLASH
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish - moli
yaviy ko‘rsatkichlar asosida uning moliyaviy holati, barqarorligi,
natijalari va to ‘lovga qodirligini aniqlash va kompleks baholashdir.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar koeffitsiyent yoki foiz ko‘rinishida
ifodala-
nadi. Asosiy moliyaviy ko'rsatkichlar, ularni hisoblash voMlari va
m e’yoriy darajalari 16.1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda shartli belgilar
quyidagilarni ifoda etadilar:
Aj, A2 - balans aktiv qismining 1 va 2 - boTimi;
Р г P2 - balans passiv qismining 1 va 2 - bo‘limi;
Bj -
balans jam i summasi;
Umqk - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar;
Vkfdq - muddati o‘tgan debitorlik qarzlar;
Pm - pul mablag‘lari;
Qq - qimmatli qog‘ozlar;
Sdq - sof debitorlik qarzlari;
Qmkq - qisqa muddatli kreditorlik qarzlari;
Mst - mahsulot sotishdan tushum;
Zo‘q - zaxiralaming o ‘rtacha yillik qiymati;
Mtn -
mahsulot tannarxi;
M s f - mahsulot sotishdan olingan foyda;
S f - sof foyda;
Am o‘q - aylanma m ablag‘larning o‘rtacha xronologik qoldiqlari.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tadbirkorning o‘zi va
uning mutaxassislari, korxona rahbari va mutaxassislari baholaydilar.
Bunday baholashga tashqaridan maxsus
yuqori malakali mutaxassis-
lami jalb qilish ham kengayib bormoqda. 0 ‘zbekistonda tadbirkor-
lik subyektlari (korxonalar) faoliyatini tahlil qilish va baholash bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar - auditorlar va auditorlik firmalari
shakl-
langan.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining muhim subyekti
boTib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish
maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar.
Audit -
xo‘jalik subyektlari (tadbirkorlar) faoliyatini mustaqil ekspertiza qi
lish, moliyaviy hisobotini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash
340
demakdir. Auditning asosiy vazifasi — tadbirkor (korxona)ning moli
yaviy va xo‘jalik operatsiyalarining to ‘g‘ri amalga oshirilganligi, to‘la-
to ‘kis va aniq rasmiylashtirilganligi, ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi
m e’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga, buxgalteriya
hisobini yuritish
tamoyillariga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi. Tadbirkorlar (kor
xonalar) ga auditorlik xizmatlarini auditorlik firmalari va auditorlar
shartnoma asosida amalga oshiradilar. Auditorlik firmalari, shuningdek,
menejment, marketing, huquq, hisob yuritish va boshqa sohalarda kon-
salting xizmatlari ham ko‘rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: