Xususiyatli belgilari
|
Tadbirkorlik turlari
|
Ishlab chiqarish tadbirkorligi
|
Tijorat tadbirkorligi
|
Moliyaviy tadbirkorlik
|
Sug‘urta faoliyati
|
Moddiy resurslarga talab darajasi
|
Yuqori (3)
|
Past (1)
|
Past (1)
|
Past (1)
|
Moliyaviy resursga talab darajasi
|
Ahamiyatli (2)
|
Yuqori (3)
|
Yuqori (3)
|
Yuqori (3)
|
Risk darajasi
|
Past (1)
|
Ahamiyatli (2)
|
Ahamiyatli (2)
|
Yuqori (3)
|
Maxsus bilim va ruxsatnomaga talab darajasi
|
Ahamiyatli (2)
|
Past (1)
|
Yuqori (3)
|
Yuqori (3)
|
Umumiy daraja
|
8
|
7
|
9
|
10
|
Masalan, ishlab chiqarish tadbirkorligida moddiy resurslar (bino, inshoot, texnologik liniya, stanoklar, xomashyo va materiallar)ga talab qolgan tadbirkorlik turlariga nisbatan yuqori bo‘ladi. Moliyaviy resursga bo‘lgan talab ham ahamiyatli darajada, biroq tijorat, moliyaviy va sug‘urta tadbir- korligiga nisbatan pastroq bo‘ladi. Shu tarzda har bir tadbirkorlik turining xususiyatli belgilari bo‘yicha hosil qilingan ballar yig‘indisi ular murak- kabligining turli darajalarini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, siz ham xususiyatli belgilarini baholash orqali o‘zingiz shug‘ullanishingiz mumkin bo‘lgan tadbirkorlik turini tanlashingiz mumkin.
TADBIRKORLIK SHAKLLARI
Tadbirkorlik turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik shakllarini ham to’g’ri tanlash muhim hisoblanadi. Tadbirkorlik shakli — faoliyat yuza- sidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir.
Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning holati va tadbirkor ixti- yorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. Tadbirkorlikning asosiy shakllariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ tadbirkorlik kiradi. Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga xos xususiyat- larini keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.
BU BU QIZIQ...
Berto Jekobs va uning ukasi Jon hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatni ham sotish mumkin degan qarorga keldilar. Buning uchun ular «Life is good» brendini yaratdilar. Dastlab 1984-yilda 48 ta futbolkaga shun- day shiorli logotiplar bosildi. Ular Boston shahrida to‘g‘ridan to‘g‘ri avtofurgonda sotila boshlandi. 45 daqiqa ichida barcha kiyimlar soti- lib bo‘ldi! Shunda aka-uka kishilarga optimizm ulashish ham boylikka olib borishi mumkinligini tushunib yetdilar.Bugungi kunda «Life is good» brendi mahsulotlari AQSHning o‘zida 4500 ta savdo shoxob- chasida sotiladi, dunyoning 27 ta mamlakatida uning filiallari mavjud. Jami do‘konlari soni yuzga yaqin. Kompaniyaning foydasi 2007-yilda 100 million dollarga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |