Tadbirkorlik turi Aksiyadorlik jamiyati Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati



Download 219,17 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi219,17 Kb.
#544819
  1   2   3
Bog'liq
aksiyadorlik jamiayati


Mavzu: Aksiyadorlik jamiyati

Reja:


  1. Tadbirkorlik turi

  2. Aksiyadorlik jamiyati

  3. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati

  4. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati

  5. Xulosa



Tadbirkorlik turi-bu o‘z elementlari, ularning aloqalari va munosabatlarini mujassamlashtirgan xossalari va xususiyatlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlik yo‘nalishidir.
Tadbirkorlik shakli -bu tadbirkorlikning (alohida turining) yaxlit tashqi ifodalanishi va strukturasi, elementlari, aloqalari va munosabatlarining barqaror muayyanligi va tipidir.
Shuni tahkidlash joizki, tadbirkorlik turlari va shakllarining o‘zaro chalkashtirib yuborish asosiy sabablaridan biri ikki bir-biriga yaqin tushunchalarning yaqqol ajratilmagani hisoblanadi. Bu tushunchalardan biri tadbirkorlikning o‘z turlari, ikkinchisi esa tadbirkorlik shakllarining turlaridir. Bunday anglashilmovchilikni bartaraf etishga tadbirkorlik shakllari ierarxiyasini aniqlash va tahlil qilish yordam beradi. Bu ierarxiya umumiylik, xususiylik, ayrimlik, alohidalik kabi to‘rt darajadan iborat tizimdir. Unda tadbirkorlik shakllarining tahlili yuqori, umumiylik darajadan boshlanib, xususiylik va ayrimlik darajalari orqali quyi ayrimlik darajasiga qarab chuqurlashib boradi.
Tadbirkorlik turli sohalarda amalga oshiriladi va turli yo‘nalishlarga ega. Tadbirkorlikning o‘z xossalari va xususiyatlari bilan ajralib turadigan nisbatan mustaqil yo‘nalishlari uning turlari bo‘lib hisoblanadi. Tadbirkorlik turlari murakkab bo‘lib, ularni turlicha tartibga solish va tasniflash mumkin.
O‘zbekistonda tadbirkorlik yuridik maqomiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik. Respublikadagi qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda ham, tashkil etmagan holda ham amalga oshirish mumkin. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlikni korxonalar, firmalar, tashkilotlar, muassasalar, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa ko‘rinishdagi sub’ektlar tashkil etadilar va olib boradilar. Yuridik shaxs deganda egaligida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaru-vida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balansga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalar hamda ularning mustaqil bo‘linmalari tushiniladi. Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar hisob-lanadilar va davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng tadbirkor maqomini oladilar. Lekin shuni ham aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan faqat yuridik shaxsni tashkil etgan holda shug‘ullanish mumkin va, demak, tadbir­korlik faoliyatining bunday turlari bilan yakka tartibda shug‘ullanish taqiqlangan. Ular Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan.
Tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z oldilariga qo‘ygan umumiy maqsadiariga ko‘ra ham tadbirkorlikning ikki turi ajratiladi: tijorat va notijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligining asosiy maqsadi foyda olish, daromad ko‘rish hisoblanadi. Bunday tadbirkorlik faoliyati nati-jasida olingan daromad (foyda) uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi va o‘z xohishlariga ko‘ra ishlatiladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismi tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanadilar va ular tijoratchi tadbirkorlar hisoblanadilar, yuridik shaxslar esa tijorat tashkilotlari deb ataladi. Notijorat tadbirkorligining asosiy maqsadi foyda olish emas, balki notijorat tusiga ega bo‘lgan vazifalarni amalga oshirish hisob­lanadi. Bunday tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar notijorat tashkilotlari deb ataladi.



Download 219,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish