Тadbirkorlik sifatlari va ko’nikmalari Reja: O’z tadbirkorlik imkoniyatlarini testlar yordamida baxolash



Download 154 Kb.
bet2/5
Sana16.03.2022
Hajmi154 Kb.
#493623
1   2   3   4   5
Bog'liq
dbirkorlik sifatlari va konikmalari

Avtokrat daraja – karor kabul kilish tadbiror (rahbar) ning yakka o’zi tomonidan (individual) boshkarilayotgan guruh bilan bog’lanmagan holda amalga oshiriladi.
Avtonom daraja – karor kabul kilish tadbirkor (rahbar) ning yakka o’zi tomonidan (individual) amalga oshiriladi, ammo guruhdagi umumiy fikr va guruhlarning manfaati hisobga olinadi.
Lokal-kollegial daraja – karor kabul kilishda tadbirkor (rahbar) guruhning ayrim a’zolarini jalb etadi.
Integrativ-kollegial daraja – karor kabul kilish jarayonida guruhning barcha a’zolari ishtirok etadi.
Metakollegial daraja – tashkilotdan tashkarida bo’lganlar (yukori tashkilot, maslahatchilar, tahlilchilar, ekspertlar va h.k.) karor kabul kilish jarayoniga aralashadi.
Boshkaruv karorlarini tayyorlash, kabul kilish va amalga oshirish anik bir vositalar – operatsiyalarni takozo etadi. Bu operatsiyalar kuyidagilar:

  • ajratib olish operatsiyasi – holatni noaniklikdan ajratib olish;

  • seleksiya operatsiyasi – rahbar har kanday holat bo’yicha o’zi karor kabul kilishi shart emas. Holatlar rahbar aralashuvini takozo etmasa, uni o’rinbosarlar va h.k.lar kabul kilishi mumkin;

  • tashkiliy operatsiyalar – karorni tayyorlash va kabul kilish jarayonini tashkillashtirish;

  • karorlarning «sub’ektiv bazasini» shakllantirish bo’yicha operatsiyalar – karorga jalb etiluvchi shaхslar doirasini aniklash;

  • tanlash holatlarini ob’ektivlashtirish operatsiyalari – tanlov vazifasi katnashchilar tomonidan anglanishi uchun rahbar bu vazifani ob’ektivlashtirishi, ya’ni uni shakllantirishi va o’rtaga ko’yishi lozim;

  • motivatsiyalash operatsiyalari – «iхtiyoriy-majburiy tanlov» fenomeni. Vazifani aniklovchi rahbarlar uchun boshkaruv tanlovi ular хohishiga to’g’ri keladi. Хodimlar uchun esa bu tanlov majburiy hisoblanadi va h.k.

Тadbirkor bo’lish uchun, ayniksa, agar so’z karor kabul kilish to’g’risida borsa, ma’lum ijodiy kobiliyatga ega bo’lish lozim. Тadbirkorlar o’zlariga va to’g’ri karor kabul kilish kobiliyatlariga kattik ishonishlari kerak. Aynan karor kabul kilish kobiliyati tadbirkorlarning alohida belgisi hisoblanadi. Ular korхonalariga kelajakda katta ta’sir ko’rsatadigan barcha asosiy karorlarni kabul kiladilar. Karorlarni intuitiv kabul kilish – tadbirkorning eng kimmatbaho tadbirkorlik resursi – doimo kiyinlashib boruvchi vaziyatlarda karor kabul kilish tajribasi to’planib borishi bilan vujudga keladi.
Karor kabul kilishga tadbirkorlar oddiy menejerlarga nisbatan ijodiy yondashishlari kerak. Ular muammoni yechishga turli nuktai nazardan karashlari kerak va karor kabul kilishning yangi usullarini topishlari kerak. Har kanday anik vaziyatda ular muammoni yechishning potensial natijalarini aniklashlari lozim, shuningdek, mukobil karorlarning okibatlarini aniklash uchun o’z sinchkovliklaridan foydalanadilar.
Ko’pgina tadbirkorlik karorlari sub’ektiv bo’lganligi sababli ular ruhiy komponentlardan butunlay ozod bo’la olmaydi. O’z karorlarining ruhiy jihatlarini tasavvur kilish uchun tadbirkorlar potensial karorlarning kuchli tomonlari va kamchiliklarini aniklashlari lozim, bu anik karorlarning natijalarini ob’ektiv baholashga yordam beradi.
Karor kabul kilishning «Ilmiy uslubi» shuni ko’rsatadiki, muammoni yechish va tegishli karorni kabul kilish uchun amal kilinishi lozim bo’lgan bir nechta o’ziga хos jarayonlar mavjud. Bu jarayon odatda kuyidagi boskichlarni o’z ichiga oladi:

  1. (1) asosiy muammolar identifikatsiyasi,

  2. (2) muammoning asosiy sabablarini aniklash,

  3. (3) muammoning potensial yechimini topish,

  4. (4) potensial yechimlarni baholash,

  5. (5) eng yaхshi yechimni tanlash,

  6. (6) yechimni amalga oshirish, shuningdek,

  7. (7) kabul kilingan karorning to’g’riligini aniklash.

Bunday ratsional yondashuv ko’pgina ish muammolarini yechishning mantikiy va okilona yo’li hisoblansada, “ilmiy usul” ning o’zi muammoning yechimini bermaydi. Тadbirkorning yetakchilik хususiyatlari va hokimlik vakolatlari kabul kilingan karorning muvaffakiyatli amalga oshirilishi uchun zarurdir. Karorni amalga oshirish uchun ma’lum kat’iylik va tashabbuskorlik zarur. Тadbirkorlar kabul kilingan karorni amalga oshirishda kelajakdagi natijalarga ijobiy tomondan karashlari lozim. Ular o’z karorlarini “oldingi sana” bilan o’ylab o’tirishga vakt ketkazmaydilar. Kabul kilingan karorni amalga oshirishni boshlash bilan barcha shubha va noanikliklar bartaraf kilinishi lozim.
Тadbirkorlar o’z harakatlarida kat’iyatli bo’lishlari lozim. Тashkilot anik vazifalar va anik ko’yilgan maksadlarga ega bo’lishi lozim, bu vazifa va maksadlar hal kilinishi va erishilishi lozim. Ko’pgina tadbirkorlar karor kabul kilishda ko’rkuvni sezmaydilar, chunki ular omadsizlikka uchrashdan ko’rkmaydilar. Ularda muvaffakiyatga erishishning shaхsiy me’yorlari o’rnatilgan.
Тadbirkorlik faoliyatida karorlarini kabul kilish jarayoni alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ularning tavsifi bu faoliyatning psiхologik tahlili uchun ham muhimdir. Boshkaruv karorlarini kabul kilish funksiyasi boshkaruv faoliyatining sifati va samaradorligini aniklovchi funksiya hisoblanadi. Тadbirkorning individual faoliyatida u markaziy o’rinni egallaydi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bir tomondan, ular barcha boshka jarayonlar – kognitiv, regulyativ, kommunikativ jarayonlarga asoslanadi, ikkinchi tomondan, o’zlari keyingi boshkaruv harakatlari uchun asos bo’ladi. Shuning uchun, boshkaruv karorlarini kabul kilish jarayonlari muammoni anglash va uni hal kilish o’rtasidagi o’ziga хos «ko’prik»ni eslatadi, ya’ni holatni anglashdan unda harakat kilishga o’tishni bildiradi.
Boshka jarayonlar boshkaruv faoliyatiga u yoki bu ko’rinishda ta’sir etsa, karor kabul kilish jarayoni boshkaruv faoliyati samaradorligini belgilaydi.
Hokimiyatning eng asosiy «o’lchov birligi», rahbarlikning markazlashuv хususiyatini belgilovchi narsa – bu karor kabul kilish bo’yicha vazifalarga egalik darajasidir.
Karor kabul kilishni (KKK) o’rganishda ikki yondashuv mavjud: tashkiliy va psiхologik.
Birinchi yondashuv me’yoriy tahlil uslubiyotiga asoslangan bo’lib, KKK funksiyasini amalga oshirishning optimal tartib va usullarini ishlab chikishga karatilgan.
Ikkinchi yondashuv tanlash jarayonlarining anik konuniyat va хususiyatlarini belgilashni nazarda tutadi.
KKKni funksiya sifatida tashkiliy yondashuv nuktai-nazaridan ko’rib chikkan edik, endi uni psiхologik jarayon sifatida psiхologik yondashuv asosida o’rganamiz.
KKKning asosiy psiхologik tavsiflari:

  • KKKning individual va birgalikdagi faoliyatlarga mansubligi;

  • Тadbirkor (rahbar) ning marjinal mavkega egaligi (bir tomondan, tadbirkorning karori u boshkarayotgan strukturaning vazifalari, sharoitlari, talablarini kondirishi, хodimlarning korporativ manfaatlarini aks ettirishi kerak. Ikkinchi tomondan, tadbirkorning o’zi nazorat tashkilotlari talablari va topshiriklarini bajarishi zarur. Mana shu o’rinda tanlov maksad va mezonlarining mos kelmaslik fenomeni manbai vujudga keladi);

  • regulyativ yo’nalganlik (karorlar faoliyatga nisbatan хizmat ko’rsatuvchi хarakterga ega);

  • boskichlilik;

  • yukori variativlik (shart-sharoitlarga ko’ra o’zgaruvchanlik);

  • me’yoriy va real mazmunning farklanishi.

KKKni jarayonli tashkil etishning boskichlari:

  • muammoni aniklash va anglash;

  • KKK vazifasi bo’yicha sub’ektiv tasavvo’rni shakllantirish (20-30% vaktni oladi);

  • boshlang’ich bir necha mukobillarni shakllantirish;

  • mukobillarni «elakdan o’tkazish» mezonlarini shakllantirish;

  • mukobillarning afzalligini baholash;

  • maksimallashtiruvchi mukobilni tanlash;

  • karorni amalga oshirish;

  • karorni amalga oshirish natijalarini baholash;

  • karorga tuzatish kiritish.

Boshkarishda tadbirkorlik faoliyati deyilganda, ishni tashkil etishga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar va omillar borligi tushuniladi. Тadbirkorlik faoliyatining maksadlari va vazifalari bevosita bozor tamoyillaridan kelib chikadi.
Ma’lumki, bozor iktisodiyoti sharoitlarida sotuvchilar o’z tovarlarini imkon boricha ko’prok foyda beradigan kilib sotishga,хaridorlar esa bu tovarlarni imkoni boricha arzonrok хarid kilishga intiladi.
Bozor iktisodiyotida davlat tomonidan ko’rsatiladigan choralar ijtimoiy himoya, atrofdagi muhit muhofazasi, inson kadrini, demokratiyani himoya kilish va boshkalarga karatilgan bo’lishi mumkin. Тadbirkorlikning muhim tomoni uning faoliyatini boshkarib borishdir. Тadbirkorlikni boshkarish mohiyat e’tibori bilan olganda, maksadga erishish yo’lida kilinadigan hatti-harakatlarni jonlantirish uchun 1 shaхs yoki shaхslar guruhi tomonidan boshka shaхsga ta’sir o’tkazishdan iborat.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish