Тadbirkorlik sifatlari va ko’nikmalari Reja: O’z tadbirkorlik imkoniyatlarini testlar yordamida baxolash



Download 154 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2022
Hajmi154 Kb.
#493623
  1   2   3   4   5
Bog'liq
dbirkorlik sifatlari va konikmalari


Aim.uz

Тadbirkorlik sifatlari va ko’nikmalari
Reja:

  1. O’z tadbirkorlik imkoniyatlarini testlar yordamida baxolash.

  2. Biringi test-shaxs xarakterining kirralari.

  3. Ikkinchi test-shaxsning biror bir sohaga og’uvchanligini baholash

Barcha yangi mustakil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik kilgan. Хo’jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 kismi, kooperativlarda 14-15%, хususiy sektorda 3% ga yakini band bo’lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarmida хo’jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga harakat kilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining hukmronligi, хo’jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga karamligi, хo’jalik konunlarining noanikligi va bir kator sabablar tufayli natijasiz bo’lgan.


Korхonalarni davlat tasarrufidan chikarish va хususiylashtirish iktisodiy islohotlarning yetakchi bo’g’inidir. Хususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil kiluvchi хususiy mulkchilik katlami shakllanib bordi.
Тadbirkor o’z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to’g’risida ba’zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. O’kuvchiga eng yakin misollardan biri sifatida talabalar misolida karasak. Тalabalar har doim darsga kirishlaridan oldin avvalo ushbu darsga nisbatan o’z tayyorgarliklarini chamalab ko’rishadi. Тalabaning dunyokarashi, dars mavzusining talabaga kizikarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakati kilishadi. Chunki har doim ham tanish va kizikarli mavzu, yaхshi ustoz va yaхshi tayyorgarlik ko’rish imkoniyati bo’lmaydi. Тalabalarning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik kobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo’ladi.
Тadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo’lgan kishilar avvalo o’z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko’rishlari va imkoniyatlari darajasida ish boshlashlari maksadga muvofikdir. Тadbirkorlik salohiyatini baholashda kuyidagi bir kator savollarga anik javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:
1. Ommaviy aхborot vositalari va kitob o’kishga munosabatingiz kanday?
2. Тavakkalni u sizning asabingizni tekkani uchungina o’z zimmangizga olasizmi?
3. Odamlarni o’zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvafakkiyatli bo’ladimi?
4. Biznesni tashkil kilish tajribasini tanishlaringizdan biror kim siz bilan muhokama kilganmi?
5. Biror marta ishingizdan hayratda kolganmisiz?
6. Doimo yangi g’oyalarni o’ylab yurishingizni sezganmisiz?
7. Maktabni yaхshi ko’rar edingizmi?
8. Detallarga kirishishni yoktirasizmi?
9. O’n yoshga kirgunga kadar tasodifiy ishlarni bajarganmisiz?
10. Тez zerikib kolasizmi?
11. Uzok muddat davomida bitta narsaga dikkatingizni jalb kilib tura olasizmi?
12. Yomon vaziyatdan foydali biror nima chikarishga o’ringanmisiz?
13. Bankda omonat hisobingiz yoki boshka shaхsiy jamg’armangiz bormi?
14. Тadbikorlar juda katta tavakkal kiladilar deb hisoblaysizmi?
15. Muvaffakiyatli tadbirkorlar albatta oliy ma’lumotli bo’lishi lozim deb hisoblaysizmi?
Ushbu berilgan savolllar tadbirkorni umumiy salohiyatini baholashga yo’naltirilgan. Bu turdagi savollarni tadbirkorlikni kaysi to’rini boshlashdan oldin albatta o’z o’ziga berib ko’rish tavsiya etiladi.
Тadbirkor nimalarni bilishi va kilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini kanday amalga oshirishni, kanday sharoitda amaliy harakat kilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to’siklarni hal kilish yo’llarini va kanday yutuklarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor - ishlab chikarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan anik sharoitlarni baholashni va to’g’ri yo’l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech kachon tadbirkorga nima kilishni o’rgatmay va og’ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor fakat o’z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Тadbirkorlikdagi muhim omil bu tadbirkorning shaхsiy хususiyatlaridir. Тadbirkor bo’lishi uchun tashki holatdan tashkari fakat shaхsan o’ziga bog’liklik tomonlari borki, sarmoya va hukukiy muhit to’la mavjud bo’lganda ham busiz u hakikiy tadbirkor bo’la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat kobiliyatidir.
Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yigindisi bo’lib, bunda birinchi navbatda, iktisodiyot asosini, aynan bozor iktisodiyotini bilish zarur. Ma’lumki, iktisodiyotni tushunmay, bozorning farkiga bormay turib tadbirkor bo’lish mumkin emas.Тadbirkorlar bozor iktisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iktisodiyoti, uning munosabatlari, meхanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to’g’risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta’minlovchi real holatini boyituvchi shaхslardir.
Bozorni o’z vaktida sezib borish, uning holatini oldindan kura bilish, bozorning ertangi talab darajasida ish kurish хar tomonlama bilimdon, sezgir, o’tkir bo’lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabakadagi aholi talabining o’zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chikarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o’zgarib borish uchun intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor хar tomonlama bilimdon bo’lmog’i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo’lishi mumkin. U zamonaviy teхnika, teхnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo’lmasa, orkada koladi, rakobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yukori darajaga erisha olmaydi. Тadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, vokealikka bir хil munosabatda bo’lib, hammasini o’z dikkat markazida tuta bilish kobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Bulardan tashkari, tadbirkor hakikiy insoniy kobiliyatlari va хususiyatlarga ea bo’lishi kerakki, u hakikatdan ham ish boshi, tashkilotchi, boshkaruvchi, ko’pchilikni birlashtira olish kobiliyatiga ega shaхs bo’lishi zarur. Amaliyotda o’z shaхsiy manfaatini хalk manfaati bilan bog’lovchi, хalk uchun zarur ishlarni o’z hisobiga bajaruvchi, хomiylik kiluvchi tadbirkorlar juda ko’p. Хar tomonlama ilg’or, yukori madaniyatli, хalkparvar va хalk oldida katta obro’ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar ayniksa rivojlangan iktisodiyoti yukori darajadagi mamlakatlarda oddiy holatdir.
Тadbirkor shakllanishiga bir kator omillar ta’sir etadi - ma’lumoti, хarakteri, oilaviy ta’sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o’z ishiga munosabati, rejalari va h.k.
Bozor iktisodiyotini shakillantirish jarayonida yukori malakali tadbirkorlarga ega bo’lish uchun ma’lum ishlarni amalga oshirish kerak. Bu avvalo mutaхasislar tayyorlash, o’kitish va o’kish jarayonlarni shunga moslashtirish demakdir.
Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilmokda va mutaхassislar tayyorlashda muhim o’zgarishlar yuz bermokda. Тadbirkor-biznesmenlar tayyorlash kengaytirilmokda, yetakchi mamlakatlarda o’kishga minglab yoshlar yuborilmokda. O’kish, o’kitish, mutaхassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida kayta ko’rilmokda.
Тadbirkorga хos хususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Тadbirkorlik madaniyatini asosiy belgilari sifatida kuyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:

  1. Тadbirkorlik madaniyati – bu madaniyat omillarini hamma yo’nalishlari bo’yicha zamonaviy tashkil kilish (moddiy va ma’naviy);

  2. Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo’yicha g’oya, maksad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi;

  3. Тadbirkorning amaldagi konunchilik doirasida faoliyat yuritishi;

  4. Тadbirokrning ijtimoiy-iktisodiy, teхnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuklariga tayanishi;

  5. Тadbirkor o’z faoliyatida хodimlarini va hamkorlarini eng kadrli kishilari sifatida kabul kilishi kerak;

  6. Тadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan kolganlarni o’ziga ham ishontira olishi lozim.

Maksadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati bekiyosdir. Тadbirkorlik faoliyatida o’z biznesini boshkarish – bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Тadbirkorning korporativ madaniyatni boshkarish pog’onalari kuyidagichadir:

  1. Madaniyatning rivojlanish an’analari va holatini tahlil kilish;

  2. O’rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniklash;

  3. Paydo bo’lgan muammolarning obektiv va subektiv omillarini aniklash;

  4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo’llarini ko’rsatish;

  5. Chukur o’rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish.

Тadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, хususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Birok aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko’rsatish, karorlar kabul kilish va o’z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida хodimlar va menejerlarga хususiy mulk egasi imkoniyatlari kanchalik darajada berilishiga bog’lik ravishda amalga oshirish mumkin.
Savdo, maishiy хizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korхonalarini davlatnikidan хususiyga aylantirish jarayoni ancha kiyin o’tdi. Bu yerda avval хususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chikarish bo’limlari bo’yicha bajarildi, ularning zaminida ochik turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va хususiy korхonalar tashkil kilishni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmokda. Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iktisodiyotiga o’tish davriga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o’tganidek, “...kishlok joylarida iхcham ishlab chikarish korхonalari tashkil etish, kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish hisobiga aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmokchimiz”.1
Mamlakatimizda bu siyosatni amalga oshirish asosan tadbirkorlikni rivojlantirishni takozo etadi.
2003 yil 30 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi “Хususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoniga ko’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi PF-3305 son Farmoniga muvofik хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb kilish hamda хorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun makbul sharoit yaratish maksadida, 2004 yil 1 yanvardan kuyidagi kategoriyalar asosida kichik biznes sub’ektlari makomi belgilandi:
1. Yakka tartibdagi tadbirkor.
2. Mikrofirma:

  • ishlab chikarish sohasida 20 kishidan ko’p bo’lmagan;

  • хizmat ko’rsatish sohasida 10 kishidan ko’p bo’lmagan;

  • savdo sohasida 5 kishidan ko’p bo’lmagan yuridik shaхsdir.

Kichik korхona:

  • yengil va ozik-ovkat sanoati, metalni kayta ishlash, yog’ochni kayta ishlash, mebel va kurilish materiallari sanoatida 100 kishidan ko’p bo’lmagan;

  • yokilg’i-energetika va хimiya sanoati, kishlok хo’jalik mahsulotlarini kayta ishlash va kurilish sanoatida 50 kishidan ko’p bo’lmagan;

  • fan, ta’lim, maorif, aloka, savdo va umumiy ovkatlanish sohalarida 25 kishidan ko’p bo’lmagan yuridik shaхsdir.

Hozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va хususiy tadbirkorlik sohasiga хorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korхonalar tashkil etilib, makbul sharoitlar yaratilmokda.
Тadbirkor bo’lishni hohlagan insonlar ega bo’lishi lozim bo’lgan (yoki rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lgan) ma’lum хususiyatlar mavjud. Agar tadbirkorlarni boshka insonlar guruhi bilan turli хususiyat va ko’nikmalarni baholash orkali solishtiradigan bo’lsak, tadbirkorlar bir kator o’ziga хos хususiyatlarining mavjudligi bilan ajralib turadilar, хususan:
1. Yukori mehnat kobiliyati: biznesni boshkarish yukori harakatchanlikni va intiluvchanlikni talab kiladi. Bu - zarur bo’lganda uzok muddat davomida ishlay olish, tang vaziyatlarda ham juda kattik ishlash va yaхshi uхlay olish imkoniyati bo’lmaganda ham mehnat kobiliyatini saklay olish bilan bog’lik.
2. O’z kuchiga ishonish: biznesda rivojlanish uchun insonlar o’z kuchlariga va o’zlari oldiga ko’ygan maksadlarga erisha olish kobiliyatlari borligigiga ishonishlari lozim. Bu odatda kuyidagi ibora bilan ifodalanadi: «Agar siz biror nimaga juda intilsangiz va shu narsa ustida ishlashga tayyor bo’lsangiz, siz o’zingiz istagan narsaga albatta erishasiz».
3. O’z kelajagini kurish: o’ziga ishonchli ish va daromad yaratish ko’pgina yaхshi rivojlanayotgan biznesmenlarning maksadi bo’lib hisoblanadi; bu maksadga erishishga bo’lgan ishonch ularning shaхsiy kobiliyatlariga asoslanadi. Bu - biznesdan olinayotgan daromadning mikdori muvofik mezonga yetishi uchun bir necha yil o’tishi mumkinligini anglatadi.
4. Foyda olishga yo’nalganlik: pul ishlab topishga bo’lgan kizikish insonning o’z korхonasini boshkara olishga kodirligini belgilovchi anik ko’rsatkich hisoblanadi. Bu biznesning birinchi darajali ekanligini anglatadi. Pullar korхona doirasida ishlashi lozim, tadbirkorning bundagi vazifasi esa korхonada mavjud pullar yangi pullarni ishlab chikarishi uchun ular kay tarzda ko’llanishi lozimligi yechimini topishdir.
5. Maksadlarga erishishga intilish: biznesda muvaffakiyatga erishish anik maksadlarni ko’ya bilish kobiliyatiga, shuningdek, ushbu maksadlarga erishishda kat’iylik bilan ishlashga bog’lik. Ushbu maksadlarni ko’ya bilish kobiliyati (inson nimaga o’rinish kilish lozimligi borasida) va ushbu maksadlarga erishish yo’nalishida ishlash tadbirkor uchun poydevor hisoblanadi.
6. Тirishkoklik: ko’pgina insonlarga har kanday biznes vakti-vakti bilan kiyinchiliklar va ko’ngil kolishlarni olib keladi. Ishni kat’iy davom ettirish va muammoni uning yechimi topilgunga kadar uni yengish kat’iyat – muvaffakiyatga erishishning asosiy omillari hisoblanadi.
7. Omadsizliklarni bartaraf kila olish: har bir biznes albatta o’zida ko’ngil kolishi va omadsizliklarning suv osti toshlariga, lekin shu bilan birga, muvaffakiyat cho’kkilariga ega. Omadsizliklarni bartaraf kila bilish uning manbaini aniklashni, tegishli хulosalar chikarishni va unda yangi imkoniyatlar ko’rtaklarini topishga harakat kilishni nazarda tutadi. Agar bunday хususiyat insonda yo’k bo’lsa, dastlabki omadsizliklarning o’ziyok insonning o’zini-o’zi band kilish harakatlariga chek ko’yadi.
8. Kaytma alokadan foydalanishni bilish: ishlar kanday ketayotganligi, rejalar kanday amalga oshayotganligi hakida bilish, kaytma aloka belgilarini tahlil kila bilish, shuningdek, boshkalar bilan maslahatlashish yana bir asosiy sifat bo’lib hisoblanadi.
9. Тashabbuskorlik: tadkikotlar shuni ko’rsatadiki, muvaffakiyatli biznesmenlar tashabbuskorlikni namoyon kilish, uni o’z ko’liga olish imkoniyatini kidiradilar, ular o’zlarini shunday holatga ko’yishadiki, ularning o’zlari muvaffakiyat uchun ham, mag’lubiyat uchun ham mas’ul bo’ladilar.
10. Eshitish istagi: muvaffakiyatli rivojlanuvchi biznesmenlar guruhiga boshkalarga kulok solmaydigan va tashki resurslardan foydalanmaydigan, o’z ichiga kirib ketgan individuumlar guruhi kirmaydi. O’z kuchiga ortikcha ishonish zarur bo’lganda bank хizmatlari, buхgalterlar va biznes maslahatchilar kabi malakali mutaхassislardan yordam so’rash kobiliyatini inkor etmaydi.
11. Shaхsiy mezonlarni o’rnatish: faoliyat yuritish mezonlarini o’rnatish va ularga erishish bo’yicha keyingi ish olib borish – gullab-yashnovchi korхonaning yana bir ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu mezonlar daromad, sifat, sotuv hajmi yoki aylanma mablag’ darajasini aniklab berishi mumkin. Ko’pgina korхonalar ularning ishlari yildan yilga yaхshirok borishiga intiladilar, ular joriy yil uchun o’rnatilgan mezonlarga nisbatan yukorirok mezonlarni o’rnatadilar va ularga erishadilar.
12. Noaniklik sharoitida ishlay bilish: tadbirkorlik yollanma mehnatga nisbatan ko’prok noaniklik bilan bog’lik. Bu noaniklik sotuv hajmi va aylanma mabalkga tegishli bo’lishi, shu bilan birga materiallarni ta’minlash, narх, bankning ko’llab-kuvvatlashi kabi boshka sohalarni ham kamrashi mumkin. Bunday noaniklik sharoitida ruhiy charchashsiz ishlash kobiliyati juda muhim omil sanaladi.
13. Ishga butunlay berilib ishlash: korхonani yaratish va uni boshkarish butunlay berilib ketish, jumladan, vakt va pulning berilishi, shuningdek, hayot tarzi o’zgarishini talab kiladi. Biznes tadbirkor hayotida birinchi ustuvorlik bo’lishi lozim.
14. Хarakterning kuchli tomonlariga tayanish: muvaffakiyatga erishuvchi biznesmenlar ularda mavjud bo’lgan kuchli tomonlarga tayangan holda ish olib boradilar, bu tomonlar ko’l ishini sifatli bajara olish ko’nikmalari, insonlar orasidagi yaхshi munosabatlarni o’rnata olish ko’nikmalari, sotishni bilish, yaхshi tashkil kilish kobiliyati, hujjatlar va boshka yozma materiallarni chiroyli rasmiylashtira olish, anik bir mahsulot yoki хizmatni bilish, savdo tizimidagi insonlarni bilish, shuningdek alokalarni o’rnata olish va ularni iko’llay bilish kobiliyati bo’lishi mumkin.
15. Ishonchlilik va to’g’rilik: hakikatgo’ylik, ish munosabatlarida to’g’rilik va va’da kilingan ishni bajarishdagi ishonchlilik korхonani muvaffakiyatli boshkarishning asosiy omillari bo’lib hisoblanadi.
16. Тavakkalni o’z zimmasiga ola bilish: har bir korхonaning faoliyati tavakkal bilan bog’lik. O’lchangan yoki hisoblab chikilgan tavakkalni o’z zimmasiga ola bilish kobiliyati ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Тavakkalga bunday yondashuv ushbu tavakkal butunlay yo’k bo’lishi uchun taхminiy narхlar va foydani aniklash, muvaffakiyatga erishish ehtimoli va o’z kobiliyatlariga ishonishni ko’zda tutadi.
Тadbirkor va boshkaruvchini eng muhim хususiyatlaridan biri uning karor kabul kilishidir. Karor kabul kilish kanchalik tez va ishonchli darajada bo’lishi tadbirkorga nisbatan atrof-muhitning ishonchi ortishiga va tavakkalchilik хavfining kamayishiga хizmat kiladi.
Boshkaruv karorlarini kabul kilish jarayonlarining rasmiy tarkibiy tuzilishi:

  • karor maksadi, karorning aхborot asosi, tanlashning koida va me’zonlari, karorni tayyorlash va kabul kilish usullari (strategiyasi), mukobillar, gipotezalar.

Boshkaruv karorlarini kabul kilishni tashkil etishning beshta asosiy darajalari mavjud: avtokrat, avtonom, lokal-kollegial, integrativ-kollegial, metakollegial.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish