О‘zbekistonda keng kо‘lamli bozor о‘zgarishlarini amatga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g‘oyat muhim vazifa, eng avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qо‘llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bо‘lgan mana shu ijtimoiy turni, uning faoliyat sohalari shakllarini о‘rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruriyat ham shart qilib qо‘ymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |