TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QO’LLAB-QUVATLASHNING XORIJ TAJRIBASI
Reja
1. Kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el tajribalarni o‘rganish
2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi
3. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini O’zbekistonda qo’llash
1. Kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el tajribalarni o‘rganish
Respublikada kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el tajribalarni har tomondan o‘rganish, yaxshi kuzatish va xulosa chiqarib, to‘g‘ri qarorga kelish va xususiy tadbirkorlar tomonidan o‘z shaxsiy ishini tashkil etish jarayoniga muvofiqlashtirish lozim.
Kichik biznesning davlat tomonidan ko‘llab-kuvvatlanishi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi kerak: budjet orqali bevosita yordam puli (masalan, AQSHda yordam puli yiliga 300 ming dollarga yaqin miqdorni tashkil qiladi). Pul hajmi kichik biznes sug‘urta qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak. Yordam puli innovatsiyaning xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Davlat bank kreditlarini olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda biznesga kredit olish ancha yengilrok; kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi kerak (Masalan, AKSHda soliqlar umumlashtirilganda foydaning 44 foizini tashkil etadi: 36 foizi milliy, 8 foizi - shtat solig‘i). Agarda firma ijtimoiy tarmoqka yoki ishlab chiqarishning rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ni ko‘paytirsa, soliq solinadigan ulush qisqartirilishi mumkin.
Masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada yosh tadbirkorlar yuqori chegirish bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirishi haqida, shuningdek bozorga qanday chiqish mumkin, ishbilarmon sheriklarini qanday topishi haqidagi maslaxatlarni tekinga olishi mumkin. Bundan tashqari u o‘zini qoniqtiradigan narxga ijaraga imorat va xususiy biznesni boshlash uchun kerakli asbob uskuna olib, amaliy ishda sinab ko‘rishi mumkin.
Germaniyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturi amalga oshiriladi. Unga muvofiq, tadbirkorlarga faoliyatning dastlabki ikki yilida foizsiz kredit beriladi. Keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlanadi.
Kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishida olingan tajribani umumlashtirish va ma’lum xulosa qilish va takliflar kiritish uchun ma’lum bir vaqt kerak.Biroq hozirdan kichik biznesning rivojlanish muammolari aniq. Bu muommolarni xal qilish maqsadida 2005 yilning o‘zida bir qancha me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Bu qarorlardagi ko‘rsatmalarning bajarilishi kichik biznes korxonalari faoliyatini yanada samarali amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi
Bugungi kunda kichik biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi
ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga
bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa mamlakatlarida
kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni rivojlantirish
uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari boshlangan edi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi mavqeni
egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy-iqtisodiy siyosatida ustivor bo‘g‘in sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan umumiylik belgilardan biridir.
Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin,
chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes
ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish
umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i
tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40-yillari oxirlarida
vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat qoshidagi kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib turiladi. AQSHda 1953 yili «Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib, unda: «Mamlakatning xavfsizligi va farovonligi kichik biznesning mavjud va salohiyatli imkoniyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi mumkin emas» - deb ta‘kidlangan edi
Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan milliy siyosatlar tizimida Janubiy
Koreya amaliyoti alohida e‘tiborga molik. Bu mamlakatda bir tomondan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat institutlari shakllantirilgan, ikkinchi tomondan, kichik biznesni rag‘batlantirish tizimi shunday takomillikka egaki,bunda kichik biznes sub‘ektlari o‘zlarida bozor sharoiti, raqobat muhiti uchun moslashish, ―immunitet‖ni shakllantira olmog‘i shart hisoblanadi. Shunga ko‘ra zamonaviy jahon xo‘jaligida kichik biznes mamlakatlar iqtisodiyotining eng dinamik rivojlanuvchi bo‘g‘inlaridir. Tashkiliy tuzilmalar orasida kichik biznes sub‘ektlarining texnik ta‘minoti shiddat bilan rivojlanib, ularning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorliklari tobora takomillashib bormoqda. Bunga mos ravishda ularning innovatsion imkoniyatlari ham kengayib, rivojlanmoqda. Pirovardda, ko‘pchilik o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun kutilgan natija namoyon bo‘ldi, bugungi kunda kichik biznes aholining o‘z ijtimoiy talablarini qondirishida yetakchi o‘rin tutmoqda. Jumladan, Markaziy va SHarqiy
Yevropa hamda MDH mamlakatlari uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni tashkil
etish – bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida asosiy hal qiluvchi element
hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda kichik biznes rejali iqtisodiyot sharoitida ustun
mavqeni egallagan yirik sanoat ishlab chiqarish majmualarining tanazzuli bilan yuzaga keldi va shu jihatdan ham kichik biznes – o‘tish davrining ―sinonimi sifatida tavsiflandi. Bunga yaqqol misol qilib, 1989-1994 yillarda birgina Bolgariyaning o‘zida kichik biznes sub‘ektlari soni 23000 dan 360000 taga yoki 15,7 martaga oshganligini ko‘rsatish mumkin. Bu holat Chexiyada yanada yuqori darajaga ega, ya‘ni, 1995 yilga kelib, mazkur mamlakatda kichik biznes mavjud xo‘jalik sub‘ektlarining 95 foizi, ayni paytda ijtimoiy mehnatda bandlarning 1/3 qismini o‘zida mujassam etgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ahamiyati haqida mulohaza yuritar ekanmiz, bu borada 2000 yilning 15 iyunida Italiyaning Boloniya shahrida 46 mamlakat ishtirokida o‘tkazilgan konferentsiyada qabul qilingan ―Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha Boloniya xartiyasida konferentsiya ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bir qator ahamiyatli jihatlari e‘tirof etilganligini ta‘kidlab o‘tish joiz. Ushbu Xartiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy hayotdagi eng muhim qirralari sifatida, uning yangi ish o‘rinlarini yaratish, mintaqaviy va mahalliy xo‘jaliklar rivojlanishida yetakchi mavqega egaligi, ijtimoiy hamjihatlikni ta‘minlash, tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy muammolar keskinligini yumshatish hamda aholi qo‘shimcha daromadlari manbai sifatida kambag‘allik darajasini pasaytirish kabilarga alohida urg‘u beriladi.
Umuman, ko‘pchilik xorij mamlakatlari iqtisodiyotida kichik biznesning
o‘rni va hissasi juda salmoqlidir. Bu birinchi navbatda kichik korxonalar soni, unda band bo‘lgan xodimlar soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining hissasi bilan aniqlandi.
Xulosalar:
Xulosa o’rnida ishonch bilan aytish mumkinki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’sishi bilan biz mamlakatimizda tayanchimiz bo’lganmulkdorlar o’rta sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ahli bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bo’g’inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo’lidan olg’a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi. Jahon amaliyoti rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kichik biznes ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, yangi ish o‘rinlarini barpo qilishda, bozor o‘zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlamoqda. Italiya tajribasi yuksak taraqqiy etgan iqtisodiyotni barpo etish uchun ishlab chiqarishni yirik korxonalar asosida qurishga hojat yuqligini yaqqol namoyon qilmoqda. Germaniyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturiga muvofiq, tadbirkorlarga faoliyatning dastlabki ikki yilida foizsiz kredit beriladi. Keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz O’zbekiston NMIU 2017 yil.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil.
3.Мирзиёев Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi . Toshkent”O’zbekiston 2017y.
4. I.A.Karimov O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. «O’zbеkiston» 1992 y. 5. I.A.Karimov «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» T.: «O’zbеkiston» 2010 y.
6.Boltabaev M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaeva SH.J., G’oyipnazarov 1;.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: AV1V MAZNK1UOT1, 2011 y.
7.G’oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov SH.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tnraqqiyotini yuksaltirish omili.-T.:Fan,2011 y.
8.Xodiev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -T.: TDIU, 2010 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |