Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:
ikki oy muddatda potensial investorlarni qidirib topish va ular bilan mazkur qarorda belgilangan davlat-xususiy sheriklik shartlarida markazlarni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzishni;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda markazlarni tashkil etishda qatnashishga jalb qilish, jumladan, grant va homiylik mablag‘larini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida markazlarga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, jumladan, davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda har tomonlama ko‘maklashadigan Markazlar ishlanmalarini tijoratlashtirish yagona markazini tashkil etish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazishni ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mazkur qaror shartlarini qo‘llagan holda tuman (shahar)larda markazlarni tashkil qilishga ruxsat etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda davlat va xususiy sheriklarning murojaatlari bo‘yicha markazlarni tashkil qilish uchun yer uchastkalari yoki bo‘sh binolarni, jumladan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari optimallashtirilishi hisobiga bo‘shaydigan binolarni ajratishni ta’minlasin yoxud ularni namunali loyihalar bo‘yicha quriladigan davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirishni nazarda tutsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ishbilarmonlik dunyosi texnologiya rivojiga qodir emas. Shunga ko'ra, ushbu jarayonda yangi innovatsion biznes g'oyalar paydo bo'ladi, ular o'z navbatida o'zlarining hayot aylanishiga ega. Bularning barchasi natijasi shundaki, g'oya muvaffaqiyatli bo'lgan taqdirda bozorda yangi mahsulot paydo bo'ladi. Innovatsiya tushunchasi takomillashtirilgan, yangi yoki ixtiro qilingan narsalarga ishora qiladi. Va bugungi kunda bu har qanday sohaga, shu jumladan biznesga ham tegishli bo'lishi mumkin. Dastlab bunday atama ilm-fan va ishlab chiqarishda paydo bo'lgan, ammo keyinchalik o'zaro ta'sir va interpenetratsiya inson faoliyatining turli sohalarini tobora ko'proq qamrab oladigan zamonaviy turmush tarzi tufayli u ham ish terminiga aylandi. Yangi g'oyalarni izlash va ularni hayotga tatbiq etish yangilik deb ataladi. Hamma narsa allaqachon ixtiro qilinganligi sababli, ular qaerdan paydo bo'ladi?
Mundarija sahifasiga qaytish
Do'stlaringiz bilan baham: |