Тадбиркорлик фаолияти ва уни ривожлантиришда иқтисодий таълимнинг ўрни



Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana19.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#457940
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishda iqtisodiy talimning orni

11.
 
Qutqaruv xizmati telefon raqamlarini yodda tuting: 01, 03, 05 
 
12.
 
Yong‘in vaqtida
1.
Oqilona va o`ylab tez harakat qiling
2.
O‘t o‘chirish xizmatiga xabar bering va kirishing 
3.
Gaz va elektr mabaini o‘chiring 
4.
Odamlar va hayvonlarni qutqarishga harakat bo‘lsa, ustiga qalin mato 
tashlab 
5.
Eshik va derazalarni ochmang, yong‘in kuchayadi 
6.
Yonayotgan binodan tezlikda chiqib keting 
7.
Elektr asboblaridan chiqqan yong‘inni o‘chiring. 


85 
Xulosa va takliflar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik keng faoliyat turlarini o‘z 
ichiga oladi: yangi mahsulotni yaratish, yangi texnologiyani ishlab chiqarish, yangi 
bozorlarga kirib borish, yangi iste’molchilar doirasini shakllantirish, ishlab 
chiqarishga yangi resurslarni, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va shakllarini jalb 
qilish, tashkiliy - boshqaruv yangiliklarini o‘tkazish, yangi kooperatsion 
munosabatlar, shu jumladan xalqaro munosabatlarni shakllantirish. 
Tadbirkorlikning rivojlanishini quyidagi asosiy omillar ta’minlaydi: 
- xalk xo‘jaligi tarmoqlarining bozor munosabatlariga o‘tishi va iste’mol 
bozorining yaratilishi: 
Bu manfat va talab doirasini yanada kengaytiradi hamda faqat ommaviy 
talabdagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni yaratibgina qolmay, shaxsiy 
talab bo‘lgan narsalarga ehtiyojni ham tug‘diradi. Bunday talab va ehtiyojlarni 
tez va sifatli qilib faqatgina kichik korxonalargina qondira oladi; 
v
tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfatlarining 
ximoyalanishiga huquqiy va davlat idoralari kafolatlarining mavjudligi; 
v
ishbilarmonlikning davlat tomonidan soliq, moliyaviy kredit va 
amortizatsiya siyosati orqali munosib qo‘llab-quvvatlanishi; 
v
davlat va munitsipal korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, 
xususiylashtirish, kichik firmalarni yaratish; 
v
kamdaromad, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarning 
inkirozga uchrashining anikligi va ular asosida kichik korxonalar ochish; 
v
davlatning ijtimoiy - siyosiy barqaror holati; 
v
tadbirkorlikning tashiliy - huquqiy shaklini to‘g‘ri tanlash; 
v
bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining tez rivojlanishi. 
Shunday qilib ishbilarmonlarni harakatlantiruvchi kuch - bu daromad olish 
ishtiyoqi bo‘lib bu daromad ularga ishbilarmonlik firmalarini rivojlantirish 
hamda o‘z ishini kengaytirish va unda ishlovchilarni moddiy rag‘batlantirish 
uchun kerak bo‘ladi. 


86 
Ammo tajribalarga ko‘ra bu asosiy sabab hisoblanmaydi. Balki 
tadbirkorning daromad olmasdan boshlagan ishini davom ettira olmasligi va 
korxonaning o‘zidan-o‘zi taraqqiy topmasligi avvaldan nazarda tutishi shart.
Xulosa shundan iboratki, agar ijtimoiy ishlab chiqarish nuqtai nazaridan 
tadbirkor faol sub’ekt rolida bo‘lsa, unda tadbirkorlik jarayonining o‘zi, uning 
samaradorligi va mazmuni nuqtai nazaridan iste’molchi faol rol o‘ynaydi va 
tadbirkor bu omilni inkor eta olmaydi. 
Men, “Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishda iqtisodiy ta’limning 
o‘rni” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimga xulosa o‘rnida quyidagilarni 
keltirmoqchiman. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o‘rta sinfni 
shakllantirishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Aynan mazkur 
sektorni rivojlantirish hisobidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot va demokratik tub o‘zgarishlar sari 
faol harakatlantiruvchi kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish 
masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy 
yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq 
topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga 
aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir 
qator mamlakatlarda yirik korxonalar o‘zlarining ichki bo‘linmalari bajargan 
avvalgi ko‘p funksiyalaridan voz kechishi va bu funksiyalarni kichik 
korxonalarga bosqichma-bosqich berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu 
sabablarga ko‘ra yirik sanoat korxonalarining soni qisqarib, kichik korxonalar 
soni o‘sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, 
yangiliklarga hozirjavob, bozordagi talab va uning o‘zgarishiga tez 
moslashuvchan bo‘lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O‘zbekistonning xorijiy 
mamlakatlar korxonalari bilan raqobatbardoshlik darajasi ko‘tarilishida eng 
muhim omillardan biri kichik korxonalar faoliyatini mustahkamlashga imkon 


87 
beruvchi qulay shart-sharoit yaratish orqali bozor munosabatlarida sog‘lom 
raqobat muhitini vujudga keltirishdan iborat. 
Aholi bandligi va daromadining o‘sishi kichik biznes hamda xususiy 
tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga bog‘liq. Bugun mamlakatimizdagi barcha 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 87 foizi nodavlat mulkchilik shakliga ega 
kichik va xususiy biznes korxonalaridir. Yalpi ichki mahsulotning 83,6 %dan 
ortig‘i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 90 %dan ko‘prog‘i, 
deyarli barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari, shuningdek, savdo va xizmat 
ko‘rsatish sohasi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlar, tizimli ravishda olib 
borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotni 
yaratishdagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Yaratilayotgan yangi ish 
o‘rinlarining katta salmog‘i ham aynan shu sohaga to‘g‘ri kelmoqda. Birgina 
kichik biznes sub’ektlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit 
mablag‘lari hajmi 5 trln.
 
346 mlrd. so‘mni tashkil etdi, shu jumladan: 
Ø
48,5 mlrd.so‘m – kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o‘z biznesini 
ochish hamda olingan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish 
uchun; 
Ø
80,1 mlrd.so‘m – yosh oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va 
rivojlantirish uchun; 
Ø
618,0 mlrd.so‘m – xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojini yanada 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
uchun; 
Ø
491,7 mlrd.sum – ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va 
ularning faoliyatini rivojlantirish uchun. 
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga “2012 yil –Mustahkam 
oila yili”da 618,1 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Meva-sabzavotchilikni 
rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 33,3 mlrd. so‘m miqdorida 
kreditlar ajratilgan.


88 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy 
islohotlarning asosiy maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni 
yaratish va shuning hisobiga aholi turmush farovonligini doimiy oshirib borish 
hisoblanadi. Shuning uchun mamlakatimiz rahbari zamonaviy bozor 
mexanizmlari, ya’ni kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
samaradorligini oshirishni ta’minlashga asoslangan barqaror bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishning muhim sharti ekanligiga alohida e’tibor bermoqda. 
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining 
o‘sib borishi ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to‘ldirishning 
zamonaviy talablarini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasi kengayishi, 
jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko‘payishi, yangi ish o‘rinlari 
yaratishda, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning va shu asosda aholi 
daromadlari, turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi.
Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo‘lida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni 
bartaraf etish, kichik biznesga yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy 
qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois 
so‘nggi yillarda bir qator qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, 
bularning to‘liq ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini 
berdi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, 
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
to‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari 
to‘g‘risida”gi qonunlari shular jumlasidandir.
O‘tgan yili sohada ruxsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, 
litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilingani, moliyaviy 
hisobot topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar qisqartirilgani 
davlatning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi tubdan qisqarganining 
amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yilda ham davom ettirilib,


89 
1 yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shakli 
bekor qilingani e’tiborga molik. 
Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish, ularni 
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovarlarini bojxonada 
rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Ayni 
paytda, biznesni ro‘yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki 
kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga 
to‘la mos keladi. Xususan, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 
iqtisodiyotimizda xo‘jalik faoliyatining oilaviy korxonalar shaklidagi xalqimiz 
mentaliteti va an’analariga to‘liq mos keladigan yangi tashkiliy-huquqiy shakli 
joriy etildi. Ularga keng imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar berildi. Buning 
natijasida qonun qabul qilingan paytdan boshlab o‘tgan yarim yil mobaynida 
mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona tashkil etildi. 
“Obod turmush yili” davlat dasturida tijorat banklari tomonidan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun jami 
269,6 milliard so‘m hajmida, ya’ni 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobar ko‘p 
kredit ajratish ko‘zda tutilgani diqqatga sazovor. Jumladan, oilaviy, xususiy 
tarbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 110,1 milliard so‘mlik 
kreditlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish hamda qoramollar sotib olish uchun 106 milliard 
so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Kollej va litseylarning 15 ming nafardan ortiq 
bitiruvchisi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun jami 53,5 milliard so‘mlik 
kreditlarga ega bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki yuqoridagilarni inobatga 
olgan holda men tadbirkorlikni kasb – hunar kollejlaridan emas balki 
maktablarda boshlashni maqsadga muvofiq deb o`ylayman va quyidagilarni 
tavsiya o‘rnida kiritmoqchiman. 
Tadbirkorlikka doir o‘quv uslubiy qullanmalar va tadbirkorlikka doir 
ma’ruza matnlarini ko‘plab chop etishni yo‘lga qo‘yish. Kerak bo‘lganda o‘sha 
fanlarni maktablarimizning yuqori sinf o‘quvchilariga darslik sifatida joriy etish. 


90 
v
salmokli huquqiy va ma’muriy tartibga asoslangan bozor iqtisodiyotiga 
yo‘nalgan siyosatini ishlab chiqish; 
v
boshlovchi tadbirkorlarni o‘qitish dasturlarni ishlab chiqish; 
v
mablag‘dan unchalik katta bo‘lmagan yangi korxonalar ham foydalana olishini 
ta’minlovchi tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini yo‘lga 
qo‘yish; 
v
kichik tadbirkorlik tuzilmalariga respublika tovar bozorlarini to`ldirish, 
chetdan keltiriladigan tovarlar o`rnini bosish va chetga chiqariladigan tovarlar 
o`rnini kengaytirish, yangi ish o`rinlarini barpo etish uchun moliyaviy yordam 
ko‘rsatish; 
v
kichik tadbirkorlik tuzilmalari innovatsiya faoliyatini qo‘llab quvvatlash, 
raqobatga bardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirish; 
v
O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlar bankini vujudga keltirish va biznesni 
tashkil etib, rivojlantirish borasida axborot huquqiy xizmatlar ko‘rsatish; 
kichik biznesning kamyob xalk iste’moli buyumlari ishlab chiqarish va 
xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalari hamda, dasturlari 
uchumoliyaviy mablag‘lar ajratishdan iborat .


Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish