Tadbirkorlik faoliyati va ularning shakllari



Download 287,69 Kb.
bet3/10
Sana19.05.2023
Hajmi287,69 Kb.
#940739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tadbirkorlik-faoliyati-va-ularning-shakllari

Tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’i nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy foliyatdir, deyish mumkin. Tadbirkorlikka shart-sharoitlar zarur, shunda u rivojlanadi, uning asosida tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgartirishga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo’yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo’lishi kerak.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo’lishi kerak.
Uchinchidan, xo’jalik yuritish yo’lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyatini real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratish zarur.
To’rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o’zlashtirish turli-tuman shakllari va o’zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlikning o’zi ob’ektiv hodisa bo’lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo’lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo’yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo’lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Aytish mumkinki, ko’rsatib o’tilgan shart-sharoitlar mavjud bo’lsa tadbirkorlik shakllanadi va rivojlanadi.
Tadbirkorlik xo’jalik yuritish ko’lamiga qarab, yirik, o’rta va kichik turlarga bo’linadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bo’lgan, o’rta tadbirkorlik esa 20 - 500 kishi band bo’lgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 - 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va o’rta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, ko’p sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xo’jaligi, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan4.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo’lib, biznes nomini olgan. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilar biznesmen deyiladi. Keng ma’noda bironta ish bilan shug’ullanib, pul topishdan iborat faoliyat biznes deb ataladi.
Tadbirkorlik biznesning asosiy unsuridir. Ammo biznesda tadbirkorlikka aloqasi yo’q ishlar ham bor, masalan o’z mulkini ijaraga berish, pulini bankka qo’yish yoki yashirin yo’l bilan sudxo’rlik qilish. Bu ishlar pul topish yo’li, lekin tadbirkorlik emas
Tadbirkorlik deganda moddiy va pul mablag’larini foyda topish yo’lida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni etkazib, kishilarga naf ksltiruvchi, ularning hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi.
Tadbirkorlik - bu o’z mulkini ishlatib yoki o’zga mulkidan amalda foydalanib, tovarlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatish. Undan kutilgan maqsad esa pul topish. Bu ishni aholining maxsus toifasi - tadbirkorlar olib boradilar. Tadbirkorlik maxsus tayyorgarlik va iste’dod talab etadi. Tadbirkorlar sinfi bor, ular foydani ko’zlab ishlaydi, o’ziga to’q va farovon yashovchi guruhni tashkil etadi.
Bozor iqtnsodiyotiga o’tish davrida bo’lgan O’zbekistonda tadbirkorlar ishchi, xizmatchi va dehqonlar hisobidan vujudga kela boshladi. Bu yerda tadbirkorlar kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanuvchilardan, fermerlardan, tomorqa xo’jaligi sohiblaridan, hissadorlik jamiyati a’zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan iborat. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi, chunki u bozorga tovarlar va xizmatlarni muntazam yetkazib beradi, bozordagi talabni to’ldiradi.
Tadbirkorlik faoliyati – mavjud qonunlar doirasida, mulkiy ma’suliyat ostida va foyda olish maqsadida tahlika bilan amalga oshirilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining vazifalari:
Ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarni birlashtirish;
Biznesni yuritish bo’yicha asosiy qarorlarni qabul qilish;
Ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini va biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishda tashabbuskorlik ko’rsatish
Tahlikaga borish.
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart – sharoitlari:
Tadbirkor faoliyati uchun ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo’lishi lozim;
Tadbirkor mulkchilik huquqiga ega bo’lishi (mol – mulkni va foydani tasarruf qilishda) zarur;
Erkin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ta’minlaydigan iqtisodiy muhit va ijtimoiy – siyosiy shart – sharoitlar yetarlicha bo’lishi kerak.
Bozor munosabatlari sharoitida mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy etishining asosiy omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iborat. Bozor va tadbirkorlik o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir.
Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarning sotuvchilari va xaridorlarini bir joyda birlashtiradigan har qanday institut yoki mexanizm5.
Bozor (inglizcha – market, ruscha – rыnok) – tovarlar bilan pullarning harakatini ta'minlovchi ishlab chiqarish va iste'mol o’rtasidagi munosabatlar tizimidir. Demak, bozorda tadbirkorlik sub'ektlari o’rtasida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishdagi erkin munosabatlar amalga oshiriladi. Bozor tadbirkorlik sub'ektlarining erkin faoliyat olib borishlari uchun keng shart- sharoitlar yaratib, erkin raqobat muhitining, eksport va import imkoniyatlarining bozor qonuniyatlari asosida amalga oshirilishini ta'minlaydi.
“Bozor iqtisodiyotiga o’tish muammolariga tik ko’z bilan qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak. Bozorga, ayniqsa uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o’sishi, pulning qadrsizlanishi, ko’pgina korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo’lishi, aholining moddiy ta'minot jihatidan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to’g’ri yechimlar topa bilish kerak”6.
Xo’sh, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarni birinchi bo’lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo’llagan. Uning fikricha, tadbirkor – tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) “Siyosiy iqtisod risolasi” kitobida (1803) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta'riflagan edi.
Tadbirkorlik (inglizcha – enterprise, enterprising, ruscha - predprinimatelstvo) – foyda olish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning o’z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir.
Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o’zaro bog’liq tushunchalar bo’lib, bir birini to’ldiradi.
“Biznes” - so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik sohasida biznes foyda beradigan iqtisodiy faoliyat bo’lib, ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi shaxslar biznesmen sifatida mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga, yalpi ichki mahsulotning ko’payishiga, aholi faravonligining oshishiga xizmat qiladi.
Biznesmen (tadbirkorlik) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u “mulk egasi” degan ma'noni bildirgan.
Hozirgi kunda biznesmen – bu o’z mulki yoki boshqa shaxslar mulkidan foydalangan holda o’z ishbilarmonligi va tajribasiga hamda tavakkalchilikka asoslanib, foyda olishni ko’zlab ish olib boruvchi shaxsdir.
Biznes (inglizcha – business; ruscha – delo, anterprenerstvo – ish, mashg’ulot) – tavakkalchilik va o’zining javobgarligi ostida xususiy yoki qarzga olingan vositalari hisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maqsadi foyda olish va o’z faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor iqtisodiy faoliyatdir.
Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug’dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo’nalishidir.



Download 287,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish