Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui.
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriyalar sifatida qator funksiya va vazifalarni bajaradi-ki, ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta' minlaydi:
- takror ishlab chlqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish;
- ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish,
- milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash,
- uning sifati va hajminini oshirish;
- ijtimoiy sohalarni (sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa.) rivojlantirish;
- aholi farovonligini ta'minlashda muhim bo'lgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, elektr energiya bilan ta'minlash muammolarini hal etish va hokazo.
Qo'yiladigan resurslarning turlariga qarab investitsiya resurslari quyidagi shakllarda bo`ladi.
- pul va boshqa moliyaviy mablag'lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar;
- ko'char va ko'chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar moddiy boyliklar) hamda ularga doir mulk obyektlari, jumladan, hujjatlar tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, boshqa bilimlar majmuyi, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau; va boshqalar.
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.
Investitsiyalash maqsadlarini to'rt guruhga ajratish mumkin:
yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni tashkil etish;
ishlab chiqarishni yoki xizmat ko'rsatishni kengaytirish;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
davlat tashkilotlari talabini qondirish, mahsulot xizmatlar bilan ta'minlash.
12-мавзу: YOSHLAR TADBIRKORLIGI
YOSHLAR TADBIRKORLIGINING AHAMIYATI VA ZARURLIGI
Tadbirkorlik faoliyati bilan, yoshidan qat’i nazar, muomala layoqatiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar shug‘ullanishi mumkin. Biroq, shu bilan birga, davlat imkon qadar yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Chunki yoshlar jamiyatning katta kuch va g‘ayrat sarflashga qodir, harakatchan, barcha yangi hodisalarni tez qabul qiluvchi va o‘zlashtiruvchi faol qismi hisoblanadi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etishga imkon yaratadi.
Yoshlar tadbirkorligi – mamlakatda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayoni.
YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda Prezidentimizning «Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni va «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhim o‘rin tutadi.
Yoshlar tadbirkorligi ko‘lamini yanada kengaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar majmuyi amalga oshiriladi:
– yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini ommalashtirish;
– ularni tadbirkorlikka ommaviy jalb etish;
– biznes yuritish malakasini shakllantirish;
– biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;
– bozordagi faoliyatini olib borishda har jihatdan ko‘maklashish.
YOSHLAR TADBIRKORLIGI KLASTERLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi «Yoshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Iqtisodiyotda faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, masalan, xomashyo va materiallar yetkazib beruvchi, infratuzilma xizmatlari ko‘rsatuvchi, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar guruhining muayyan hududga jamlanishi klaster deb nomlanadi. Klasterning tashkil etilishi mazkur tashkilotlarning faoliyat natijalarini yaxshilab, raqobatdoshligini oshiradi.
Klaster – muayyan hududda jamlangan o‘zaro bog‘liq tashkilotlar guruhi. Yoshlar tadbirkorligi klasterlari – muayyan hududda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda imtiyozli xizmatlar va qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlashga qaratilgan o‘zaro bog‘liq tashkilotlar guruhi. Yoshlar tadbirkorligi klasterlari respublika tuman markazlari va shaharlarida yuridik shaxs tashkil etilmasdan yaratiladi.
Klasterlar o‘ziga xos biznes-inkubator sifatida ishlab, yoshlarga tadbirkorlik bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tashda ko‘maklashadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, amaliy maslahatlar berish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatiladi. Biznes-inkubator – yosh tadbirkorlarni biznes-g‘oya ishlab chiqishdan tortib to uning amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot.
Klasterda joylashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari xodimlari shtatida 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ulushi 70 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
13-мавзу: KLASTERLAR FAOLIYATINI
Файласуф Конфуций ҳақида шундай ҳикоят бор: у ёшлигида балиқчининг олдига борибди. Балиқчи унга балиғидан тутқазибди. Шунда у балиқчига қараб, “Менга ёрдам бермоқчи бўлсангиз, балиқ берманг, балки тутишни ўргатинг. Шунда мен бу ҳунар билан оиламни боқаман, ундан ортса, қўшниларимга, ундан ҳам ортса, халққа бераман”, дебди.
Яқинда нашрдан чиққан “Кластер — интеграция, инновация ва иқтисодий ўсиш” китобини ўқиб чиқсангиз, бу ҳикматнинг моҳиятини янада теран англайсиз. Негаки, бугун тилимизга янги атама — кластер кириб келди. Унинг моҳиятини амалиётга биринчилардан бўлиб татбиқ этаётганлар ниҳоятда яхши билишади.
Klaster biznesni rivojlantirishning zamonaviy vositalaridan biridir. Bitta sanoatda yoki tegishli segmentlarda faoliyat yurituvchi turli kompaniyalar o'z mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surish uchun birlashtirilganda. Masalan, mamlakatimizning tovar baliq yetishtirish rivojlangan hududlarida baliqchilik klasterlari mavjud. Yoki turoperatorlarni, mehmonxona egalarini, turli dam olish markazlari vakillarini va boshqalarni birlashtirgan turistik klaster.
Do'stlaringiz bilan baham: |