Tadbirkorlik asoslari ц


OLINGAN AXBOROTNI TAHLIL QILISH



Download 0,82 Mb.
bet80/107
Sana20.09.2022
Hajmi0,82 Mb.
#849421
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107
Bog'liq
tadbirkorlik asoslari 11 2uzb www.ilmlar.uz

OLINGAN AXBOROTNI TAHLIL QILISH
Marketing tadqiqoti o‘tkazish natijasida olingan axborotlar tahlil qilib chiqiladi. Tahlil maxsus usullar orqali amalga oshirilib, keng ommaga tushunarli bo‘lishi uchun jadval, diagramma, grafik ko‘rinishlarida ras- miylashtiriladi.
TADQIQOT NATIJALARI BO‘YICHA
TAQDIMOT TAYYORLASH

Siz o‘tkazilgan marketing tadqiqoti natijalarini manfaatdor tomonlar- ga - rahbariyat, investorlar, biznes-hamkorlar, bank xodimlari va boshqa mutaxassislar e’tiboriga yetkazishingiz lozim bo‘ladi. O‘z fikr va xulosan- gizni tinglovchiga aniq, tushunarli va qiziqarli holda yetkazish - boshlagan ishingiz muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!

  1. Tadbirkorlik faoliyatida marketingning o‘rnini tushuntirib bering.

  2. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi mazmuni nimadan iborat?

  3. Marketingning maqsadini izohlab bering.

  4. Marketingning qanday vazifalari mavjud?

  5. Marketingning asosiy tamoyillarini hisobga olish nima uchun zarur deb o‘ylaysiz?


23-MAVZU
TOVARLARNI SOTISH VA REKLAMA
TOVARNI SOTISH SHAKLLARI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarni ishlab chiqarish asosiy muammo emas. Asosiy muammo - tovarni sotish hisoblanadi. Chunki kuchli raqobat sharoitida tovarni maqbul narx darajasida sotish uchun juda katta bilim, mahorat va tajriba kerak bo‘ladi. Buning uchun tovarni sotish shakllarini bilishingiz zarur.
Agar siz tovarlarni sotishni chakana savdo shoxobchasi orqali tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz, uni quyidagi sxemada ifodalangan shakllaridan foy- dalanishingiz mumkin.


ODDIY TOVARLARNI SOTISH SHAKLLARI
Agar siz kundalik ro‘zg‘orda ishlatiluvchi, standart yoki texnik jihatdan u qadar murakkab bo‘lmagan tovarlarni sotmoqchi bo‘lsangiz, u holda savdoni o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish shaklida tashkil etishingiz mumkin. Bunda xaridorlar maxsus peshtaxtalarga joylashtirilgan tovarlarni o‘zlari ko‘rib, tanlab, ularni sotib olish istagi bo‘lgan holatda hisob-kitob amal­ga oshiriladigan joyga olib keladilar. Buning qulay tomoni - xaridorning o‘ziga erkin tanlash imkoniyati yaratilib, unga bevosita xizmat ko‘rsatish vaqti tejaladi. Hozirda ko‘plab supermarketlarda tovarlarni sotish xuddi shunday shaklda tashkil etilgan.
Agar siz har doim ham sotuvda bo‘lmaydigan, cheklangan tovarlar bi­lan savdo qilsangiz, u holda mijozlardan tovarlarni oldindan buyurtma qabul qilgan holda sotishni yo‘lga qo‘yishingiz mumkin. Ushbu holatda xaridorlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan tovarni oldindan buyurtma qiladilar. Buyurtmalar kelishilgan muddatda magazindan olinishi yoki uy, ish joyiga yetkazilishi mumkin. Qulayligi: xaridor tovarni o‘z vaqtida va kafolatli tarzda sotib oladi; sotuvchi doimiy mijozga ega bo‘lgani holda, kafolatli sotish imkoniga ega bo‘ladi.
Murakkab va raqobat kuchli bo‘lgan sharoitdagi tovarlarni sotishda mijoz hurmatini qozonishning samarali yo‘li - yakka tartibda xizmat ko‘rsatishdir. Bunda siz tovar sotishni har bir xaridorga alohida xizmat ko‘rsatish shaklida tashkil etasiz. Xaridorga tovarlarni tanlashda yordam- lashib, tovardan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berasiz, tovarni qa- doqlab, xaridorga taqdim etasiz. Shuningdek, xaridor bilan hisob-kitob qilishning barcha shakllari, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, xaridor xohishiga ko‘ra manzilga yetkazib berish, tovar qaytarilgan holatda qabul qilib olishni ham yo‘lga qo‘yasiz.
Agar siz maishiy texnika vositalari, mebel va boshqa jihozlarni sot- moqchi bo‘lsangiz, erkin namoyishga qo‘ygan holda sotish shaklidan foydalanganingiz ma’qul. Savdo maydonchasiga qo‘yilgan tovarlar bilan xaridor mustaqil tarzda tanishib chiqadi, zarur hollarda siz u tanlagan to- varning sifatini tekshirib, maslahatlar berasiz, tovarni qadoqlab, xaridorga taqdim etasiz.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish