AQSHning Pensilvaniya shtatidan bo‘lgan 13 yoshli Neha Gupta ismli qiz 9 yoshidayoq «Empower Orphans» deb nomlangan o‘z lo- yihasini ishga tushirgan. Shundan buyon u o‘zi asos solgan notijorat loyihasi yordamida Hindistondagi yetim bolalar uchun 30 ming dollar jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Qiz asos solgan tashkilot qo‘l mehnati bilan tayyorlangan otkritkalarni sotish bilan shug‘ullanadi. Hozirda qizning oldida yana 20 ming dollar topish vazifasi turibdi. Biroq u bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Neha kelajakda xayriya soha- sida o‘zi uchun karyera qilib, maqsadlariga erishishni reja qilib qo‘ygan. BILASIZMI? Biznes-inkubatorlarning dastlabki ko‘rinishlari XX asrning o‘rtala- rida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Hozirgi tushunchadagi birinchi biznes-inkubatorga 1959-yilda asos solingan. Jozef Mankuso Bataviya shahridagi fabrika qoshidagi omborxonani sotib olib, Amerikada «Bata- via Industrial Center» deb nomlangan birinchi inkubatorga asos solgan. Uning maqsadi iqtisodiy tushkunlikka yuz tutgan shaharda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdan iborat edi. 1985-yilga kelib dunyoda 70 ga yaqin biznes-inkubator faoliyat ko‘r- satgan bo‘lsa, 1992-yilda ularning soni 470 taga, 1995-yilda esa 1100 taga yetib, ular biznes-inkubatorlar Milliy assotsiatsiyasiga birlashdilar. Biznes-inkubatorlarning eng ko‘p soni AQSHda tashkil etilgan bo‘lib, bunga shahar markazlari va hududlar iqtisodiyotini rivojlanti- rish, universitetlardagi innovatsion faoliyat va tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish, shuningdek, xususiy investorlar uchun qulay shart- sharoitlarni yaratish zarurati sabab bo‘lgan. BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Yoshlar tadbirkorligining ahamiyati va zarurligi nima bilan izohlanadi?
«Tadbirkor yoshlar safining kengayishi milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘lidan borishini ta’minlaydi» degan fikrni asoslab bering.
Mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha qanday cho- ra-tadbirlar amalga oshirilmoqda?