Aim.uz
“ BIRINCHI QO’NG’ROQ” – “SALOM, MAKTAB!” BAYRAM
TADBIRI SENARIYSI
Maqsad: a) Mustaqillik va bilimlar kuni bayrami haqida tushincha berish;
b) oq’uvchilarni vatanparvar, aqlli, bilimli,ziyrak, dono bo`lishga chorlash, ularni o’qituvchi va tarbiyachilar mehnatini hurmat qilishga, kitoblar olamiga mehr qo’yishga chaqirish.
Maktab hovlisi bayramona bezatilgan. Devorlarga quydagi shiorlar osilgan. “Yangi o`quv yilingiz muborak bo`lsin!”, “Jarangla, ey birinchi qo’ng’iroq!”, “Salom, maktab!” Shu bilan birga yosh avlodni ilm-fan olamiga chorlovchi “Ilm-aql chirog’i”, “Bilim – kelajakning yo’li” kabi xalq hikmatlari bitilgan plakatlar, anvoyi gullar, turli shar va bayroqchalar bilan bezatilgan.
Tadbirga mahalla faollari, ota-onalar, faxriy o’qituvchilar, xalq talimi xodimlari, “Kamolot” ijtimoyi harakati vakillari taklif etiladi.
Maktabdagi birinchi sinf o’quvchilaridan tashqari barcha sinf o’qivchilari sinf rahbarlari boshchiligida sinfma-sinf saflanadi.
Maktab hovlisi uzra yoqimli musiqa taraladi. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari ya’ni tadbir boshqaruvchisi qarsak sadolari ostida davraga maktabga ilk marta tashrif buyirayotgan kichkintoy o’qil-qizlarni taklif etadi. Ular qo’llarida guldasta, chehralarida tabassum, qalblarida hayajon ila birinchi ustozlari bilan davraga kelib kirishadi.
Tadbir boshqaruvchisi maktabning eng namunali o’quvchisini minbarning o’ng tomonida o`rnatilgan tik yog’och (flagshtok) yoniga taklif etadi.
Tadbir boshqaruvchisi: Assalomu alaykum, aziz va qadrli mehmonlar, mehribon ustozlar, hurmatli o’quvchilar!
Barchalaringizni eng ulug’ va eng aziz ne’mat – Istiqlol bayrami va Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Mustaqillik va Bilimlar kuniga bag’ishlangan katta bayram tantanamizni ochiq deb e’lon qilaman.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha maktab o’quvchilari va tadbir qatnashchilari davlat madhiyasini xor bo`lib kuylashadi.
Madhiya ijro etilayotgan bir paytda faol o’quvchi tik yog’och simiga biriktirilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ini asta – sekinlik bilan tepaga ko’taradi. So’ng tadbir boshqaruvchisi tashrif buyurgan mehmonlarni yig’ilganlarga tanishtiradi. O’quvchilar ularga guldastalar taqdim etishadi.
Tadbir boshqaruvchisi: Azizlar! Bu yil prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasining mustaqil deb e’lon qilinganiga 22 yil to’ldi. Shu qisqa vaqt ichida Vatanimiz o’z taraqqiyot yo’lini tanlab, har tomonlama, jumladan, siosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan rivojlanib, kundan-kunga obod bo`lib, gullab yanshnamoqda. Ayniqsa, go’zal va mustaqil O’zbekistonimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, davlatimizning xalqaro maydonda obro’-etibori ortib boroyotgani barchamizni quvontiradi. Endi davramizni boshlovchi o’g’il va qizlarimiz boshqarib borishadi. Marhamat.
1- boshlovchi:
Bir ulug’ xalq senki, tog’dek qudrating, ko’ksing baland,
Bog’laring kim, kecha-kundiz yetkazurlar bol senga!
Do’stlik-u tinchlik bilan olamga mashhursan o’zing,
Ey, go’zal yurtim, muborak shonli istiqlol senga!
2 – boshlovshi:
Assalom, maktabim – ulug’ koshona!
Assalom, jon-tanim, Vatanim – ona!
Men seni sog’indim yurak-yurakdan,
Naqadar azizsan, oftob – nurxona!
1- boshlovchi:
Istiqlol davrining, gul bog’i – maktab!
Buyuk kelajakning chirog’i – maktab!
Har o’g’il, har qizga havoday zarur,
Pokiza tuyg’ular bulog’i – maktab!
2 – boshlovshi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli o’quvchilar!
1-boshlovchi:
Barchalaringizni bayramlarning eng buyugi va eng ulug’i bo`lmish Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuni bilan tabriklaymiz
(Iqbol Muhammadiev musiqasi, Mirzo Karim so’zi bilan aytiladigan “Madhingni kuylaymiz, ona diyorim!” ashullasi maktab to’garagi a’zolari ijrosida kuylanadi).
2 – boshlovshi:
Dastlabki tabrik so’zini maktab direktoridan eshitamiz.
Maktab direktori:
Aziz mehmonlar, hurmatli ustoz-murabbiylar, qadrli o’quvchilar! Barchalaringizga Mustaqillik va Bilimlar kuni bayrami muborak bo’lsin! Biz bugun O’zbekistonimizning 24 yillik to’yini yangidan-yangi zafarlar bilan kutub olmoqdamiz. Maktabimizda barkamol avlodning har tomonlama bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar va to`garaklarimiz bolajonlarimizga muntazir. Aziz o’quvchilar! Siz uchun eng qadrli shu dargohni hamisha avaylab, asrang. Kelajakda ilm cho`qqilarini egallab,buyuk davlatimizning komil insonlari bo’lib, hayotda o’z minosib o’rninggizni topishlaringizda omad tilayman.
1-boshlovchi:
Ustoz, ishlaringizda omad tilaymiz, doimo sog’ - salomat bo’ling.
(Havaskor o’quvchi ijrosida Iqbol Mirzo she’ri Bahrullo Lutfullaev ijrosida aytiladigan “Bugun bayram o’ynaymiz” ashulasi ijro e’tiladi ).
2 – boshlovshi:
Biz uchun bugun haqiqiy bayram. Bugun yangi o’quv yili boshlandi. Birinchi qo’ngiroq chalinadi. Ona maktabimiz o’z egalarini yana bag’riga oladi.
1 – o’quvchi:
Salom, qutlug’ dargoh, ey aziz maktab,
Ilm-u fan maskani, tabarruk makon.
Senda o’rganamiz bilim va odob,
Ular yetaklaydi yuksaklik tomon.
2 – o’quvchi:
Keldik o’qimoqqa, jonajon maktab,
Mehribon onadek och quchoqingni,
To’lib zavq-u shavqqa orzular yuksak,
Simirgali keldik fan bulog’ini.
3 – o’quvchi:
Sendan boshlanadi o’qish, o’rganish,
Bilim egallashning, eng avj pallasi.
Sen qutlug’ dargohsan, aziz maktabim,
Sendan boshladi yurtning ertasi.
4 – o’quvchi:
O’qib kelajakda bo’lamiz olim,
Ziyoli, muhandis, rahbar, shifokor,
Qay bir kasb – hunarni egallasak ham,
Hammasiga chuqur bilim, qunt darkor.
5 – o’quvchi:
Yurtga xizmat qilmoq bu – oily niyat,
Doimo a’lo o’qishdir shiorimiz.
Jahonga yuz tutsin shu ona – Vatan,
Go’zal O’zbekiston – gul diyorimiz!
1 – boshlovchi:
Bugun ko’pgina ukajonlarimiz, singiljonlarimiz maktab ostonasiga ilk marta qadam qo’ydilar. Ularning qalblari his – hayojonga limmo – lim. Ularning ota-onalari kamoli ishonch bilan kelajakka katta umid bilan mehribon, bilimli, jonkuyar ustozlar qo’llariga farzandlarini topshirmoqdalar. O’z navbatida ular ustozlariga minnatdorchilik izhor e’tadilar.
( 1-sinf o’quvchilari davragi taklif e’tiladi. Sahnaga kichkina qizcha oyisi bilan kirib keladi).
Qizcha:
Oyijon, meni maktabga olib borasizmi?
Onasi:
Ha,albatta, qizalog’im, nega buncha hayojondasan?
Qizcha:
Bugun 1 – sentabr.
Nega shoshmayin axir?
Oyijon, yuring tezroq,
Men maktabga boraman.
Onasi:
Qizalog’im, senga men
Atlas olib beraymi?
Qizcha:
Yoq.
Onasi:
Chamandagi alvonrang
Guldan terib beraymi?
Qizcha:
Yoq, yoq.
Onasi:
Nima bo’ldi, ayt, qizim?
Olaqolgin qo’g’richoq.
Qizcha:
Hay,meni sevsangiz, oyi,
Olib bering Alifbe.
Onasi:
Bo’pti, qizalog’im Alifbe olib berganim bo’lsin.
(Onasi “Alifbe” kitobini unga uzatadi).
Qizcha:
Rahmat, oyijon.
O’qishga boryapman, jajji jildimda,
Oppoq sahifali daftarlar to’la.
Zehnim osmonni aks e’ttirgudek,
Pok suvlarni tinitgan kabi sunbula.
O’qishga boryapman. Ona tilimning
Rangin kitobidan ilk bet ochaman.
Bilimlar bog’iga yo’ldir maktabim,
Alifbe – shu yo’lda birinchi chaman.
(Qizcha 1 – sinf o’quvchilari safiga kelib qo’shiladi, onasi esa ota-onalar uchun tayyorlangan o’rindiqqa borib o’tiradi).
1 – o’quvchi:
Bizni kutar ma’rifat, oliy qasrlar,
Biz ilming qal’asin olmoqqa keldik.
Baxtimizning sozini chalmoqqa keldik!
Salom, maktab! Salom, fan, iftixorimiz,
Bizni senga o’lladi gul diyorimiz
2 – o’quvchi:
Alifbeni o’rgatgan,
To’g’ri yo’ni ko’rsatgan,
Ilm-fanga dilimda,
Kuchli havas uyg’otgan,
Mehribon o’qituvchim.
3 – oquvchi:
Omon bo’ling, sochasiz ziyo,
Sochganidek quyosh doim nur,
Ustozimiz – mehri daryo
Sizga dildan ta’zim – tashakkur.
4 – o’quvchi:
Qo`lingizga tutib guldasta,
Sizga uzoq umr tilaymiz.
She’rdan tuzib jonli guldasta,
Qo`shiq qilib, dildan kuylaymiz.
(1 – sinf o’quvchilari ustozlariga guldastalar taqdim etishadi).
2 – boshlovchi:
Navbatdagi tabrik so’zini xalq ta’limi xodimidan eshitamiz.
Xalq t’alimi xodimi:
Aziz mehmonlar, ustozlar, o’quvchilar! Barchalaringizga qo’shaloq bayram muborak bo’lsin! Ayniqsa, bugungi tadbir maktabga ilk bor kelgan kichkintoy o’g’il-qizlarimiz xotirasida abadiy qoladi. Kelinglar, ularni yana bir bor qarsaklar bilan olqishlaylik. Hozir har yilgi ana’namizga muvofiq jajji o’g’il – qizlarimizga Yurtboshimiz nomidan President sovg’alari sifatida 12 turdagi o’quv qirollari va darsliklariga ega yangi o’quvchi sumkalarini topshiramiz.
(1 – sinf o’quvchilariga Prezident sovg’alari topshiraladi. Xalq ta’limi xodimiga o’quvchilar guldastalar taqdim etishadi. 9 – sinf o’quvchilari 1 – sinf o’quvchilariga estalik sovg’alari topshirishadi).
(“Ustozlar” ashulasi havaskor o’quvchi qiz Feruzaxon tomonidan ijro etiladi).
1 – boshlovchi:
Endigi tabrik so’zini 1 – sinf ota-onalari nomidan _________ eshitamiz.
_________________________
Maktab – ta’lim va tarbiya maskani. Biz, ota-onalar, farzandlarimizni ustoz qo’liga ishonib topshirar ekanmiz, bolalarimizning sog’ – salomat, bilimli,odobli bo’lib o’qishlarini istaymiz. Yurtboshimiz farzandlarimizning chuqur bilim olishlari uchun ularga barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Shuningdek, mana shunday unutilmas kunlarda berilgan Prezident sovg’alarini ko`rib biz, ota – onalar, behad xursand bo’ldik. Buning uchun davlatimizga, Prezidentimga o’zimizning cheksiz va samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
(O’quvchilar ota – onalariga guldastalar berishadi).
2 – boshlovchi:
Endi raqqosa qizimiz Dilbarxon ijrosidagi “Lazgi” raqsini sizlarga bayram sovg’asi sifatida taqdim etamiz.
(“Lazgi” raqsi ijro etiladi).
1 – boshlovchi:
Galdagi tabrik so’zini 9 – sinf o’quvchilaridan eshitsak
_____________________
Bizning jajjigina ukajonlarimiz, sizlarni bugungi tantana bilan qutlaymiz. Kelajakda aqlli,bilimli, odobli, barkamol avlod vakillari bo’lishingizni juda – juda istab qolamiz
2 – boshlovchi:
Endi Orif To’xtash so’zi, Afzalbek Xusanov musigasi asosida yaratilgan “Barkamol avlod” ashulasini ansamblimizning xushovoz xonandalari- ___________________ ijrosida tinglashga taklif etamiz.
1 – boshlovchi:
Aziz o’quvchilar! Mana, intiqib kutayotgan “Birinchi qo’ng’iroq” jarangini eshitish fursati ham yetib keldi. Hozir 9 – sinfning a’lochi o’quvchisi _______________ 1 – sinfga endigana kelgan ___________bilan birga “Birinchi qo’ng’iroq”ni chaladi.
1 – o’quvchi:
O’qutuvchim onamdir,
Maktab - bilim o’chog’im.
Tezroq kitob ochayin,
Jarangla, qo’ng’irog’im!
2 – o’quvchi:
Yutuqlar bo’lsin mo’l – ko’l,
Ochaylik tinchikka yo’l,
Vatan – suyangan tog’im,
Jarangla, qo’ng’irog’im.
Bayroqdor guruh chiqib ketadi. Chalinayotgan “Birinchi qo’ng’rioq” sadosi barcha o’quvchilarni yangi o’quv yilidagi eng birinchi saboq – Mustaqillik darsiga chorlaydi.
Musiqa sadolari ostida barcha o’quvchilar ustozlari boshchiligida o’z sinflariga yo’l oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |