Askar: (Yo‘ldoshev) Nima uchun tashlamaysan qani aytchi, bu bilan sen eskicha fikrlaydigan kimsalar ochiq dunyoni ko‘rasanlar, erkaklar bilan teng huquqli bo‘lasanlar, tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy hayotga kirib borasanlar. Garchi arzimasanglar ham, senlar uchun maxsus klublar, artellar, do‘konlar, savodxonlik kurslari ochilyapti.
Qiz: (Yulduzxon) Siz va partiyangiz qabul qiladigan qarorlarni bizga keragi yo‘q. Sizlar qabul qilgan zulmkor qaror tufayli hatto 10—15 yashar qizlarni ham erga berib yuborish hollari ro‘y bermoqda. Joylarda xotin-qizlarni o‘ldirish hollari ko‘payib ketdi. Otalar, akalar bu isnodga chiday olmay o‘z qizlarini, singillarini bo‘g‘ib o‘ldirish, yoqib yuborish hollari ko‘p kuzatilmoqda. 1927—1928-yillarda 2,5 mingdan ortiq begunoh ayollar sizlarning qabih siyosatingizning qurboni bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |