Xodim: Madaniy inqilob nima bo‘ldi? Men to‘g‘risi bu haqda bilmayman.
Rejissor: “Sotsializm qurishning lenincha plani”ga ko‘ra, u uch qismdan, ya’ni mamlakatni industrlashtirish, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirishdan iborat. Sodda qilib aytganda, eski tuzumdan meros qolgan madaniy qoloqlikni tugatish, sotsialistik ziyolilarni shakllantirish, madaniyatni partiya siyosatiga bo‘ysundirish va jamiyatda yagona mafkura — kommunistik mafkura hukmronligini qaror toptirishdan iborat. Sotsialistik madaniyat asosini marksistik mafkura tashkil etadi. Sotsialistik madaniyat proletariatning ya’ni ishchilarning sinfiy kurashi vazifalariga xizmat qilishi zarur.
Xodim: Ha sotsialistik mafkura haqida aytyapsizmi, men sotsialistik madaniyat xodimi sifatida uncha-muncha bilaman. Masalan, mafkura kadrlarini tayyorlash uchun 1918-yilda kommunistik universitet; 1921-yilda esa K. Marks va F. Engels instituti, Qizil professorlar instituti, Sharq mehnatkashlarining kommunistik universiteti; 1923-yilda V. I. Lenin instituti ochildi.
Rejissor: Ha, yashang bilarkansizku. Menga “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” ruhini tushinadigan kadrlar kerak. Talantlar «sotsialistik realizm» ruhida tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Bunday ijodkorlarni asosiy vazifasi mehnatkashlarni sotsialistik ruhda tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Milliy adabiyotlarda esa proletar internatsionalizmi g‘oyalari ustun turishi zarur edi.
Xodim: Shunday qilib artist qidirib yuribman deng. Bor, bor siz so‘ragan talantlar bizda bor. Marhamat, ro‘paralarida zo‘r talantlar:
Sartarosh qo‘shig‘i uchun 6 ta chol chiqib keladi.(Islombek,Xurshid,Og‘abek,Zuhriddin,Javohir,Norqo‘ziyev)
Kaminaning nomlari
Oh, mullo Ali, jon Ali,
Qo`llari gul, ishlari,
O`zlari dilu jon Ali.
Hey, hey do`stlarim
Yurtimning to`y-tomosho bayrami, (bayrami)
Xizmatida eh barakallo Ali. (jon Ali)
Hey, nomginam Ali,
Kasbi-ro`zim sartarosh. (sartarosh)
Jon bilan dilim san’at,
O`zim sartarosh. (sartarosh)
Ey, oromijon-ey, sarviravon-ey,
(Jon Ali jon-ey, sarviravon-ey.)
Husn elining ustozi, rassomiman, (o`zisan)
Rasmi-rusum, qoidasin koniman. (konisan)
Hey, qir desa, bas keksayu yosh, yoshli gul,
Gul bilan teng qiluvchi el joniman. (jonisan)
Hey, hey do`stlarim
Yurtimning to`y-tomosho bayrami, (bayrami)
Xizmatida eh barakallo Ali. (jon Ali)
Hey, nomginam Ali,
Kasbi-ro`zim sartarosh. (sartarosh)
Jon bilan dilim san’at,
O`zim sartarosh. (sartarosh)
Ey, oromijon-ey, sarviravon-ey,
Jon Ali jon-ey, sarviravon-ey.
Do'stlaringiz bilan baham: |