Madaminbek: (Behruz) Birodarlarim, odimizda turgan muhim vazifa avval Farg‘onadagi, keyin Buxoro va Xivadagi musulmonlarni birlashtirishdir. Bu masalaga garchi, ayol kishi bo‘lsa ham, ortidan minglab yigitlarni ergashtira olgan Oyshaxon qo‘rboshining fikrini ham so‘rasak.
Oyshaxon qo‘rboshi: (Laylo) Tashakkur, Men O‘sh, Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1500 yigitni o‘z qaramog‘imga oldim. Men 1920-yil dekabrda islomlashkari qo‘mondoni Mahkam Hoji va Mulla Toji Mirzolardan qo‘rboshilik yorlig‘ini oldim. Akam Xolxo‘ja Eshonning yonidan turib Vatan uchun jonimni ham ayamayman. Agar akam janglarda shahid ketadurg‘an bo‘lsa, uning yigitlari ham mening hukmim ostiga o‘tgay. Muhammad Aminbek bizga nima xizmat buyursalar jon jigarimiz ila qilurmiz.
Madaminbek: Eshitishim bo‘yicha Buxoroda qo‘rboshilar o‘rtasida birdamlik yo‘q ekan. Buning boisi ne Davlatmandbek!
Do'stlaringiz bilan baham: |