Qozi: Hukmimga shubha bo’lmasligi uchun ikkita guvoh olib kel.
Kampir: Agar iki guvoh kerak bo’lsa: bular- shohning o’z adolati va insofidir.
Shoh: Men adolat va insof yuzasidan o’z aybimga iqrorman.
Qozi: Unday bo’lsa, buning uchun xun to’lashingiz yoki mazlum sizdan qasos olishi maqbuldir.
Shoh: Shariat shunday hukm qilgan ekan, payg’ambar shariatining hukmiga jonimni qurbon qilaman. (qiyiq bilan bo’ynini bog’ladi, hamyonidan oltinlarni to’kib qo’ydi, ampirning qo’lia qilichtutqazdi )
Shoh: Qasos olaman desang, mana boshim; maqsading tirikchlikka pul olish bo’lsa, mana pul. O’g’lingni o’ldirish haqida buyruq berganimda, boshqa ilojim qolmagan edi. Mana, nima qilsang qil, ixtiyor senda!
Kampir uzr so’rab shohning oyog’iga yiqildi: Ey, yulduzlarcha askarlarga ega bo’lan podshoh! Yo‘q menga joning ham, oltinning ham kerak emas. Men bir o‘g‘limni yo‘qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o‘z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo‘lgin. Agar bolam sening yo’lingda qurbon bo’lgan bo’lsa, men qariya senga jonimni berishga tayyorman. Agar iztirobga solgan bo’lsam, yaxshilikcha kechir, men yengildim.
Boshlovchi: Vah, bu odamni qanday hijolatga solish bo’ldi.? Bunisi qanday lutf-u adolat o’zi?! Kampir o’zining da’vo-yu dostonidan kechib, hatto o’g’lining qonidan, o’zining jonidan ham o’tdi. Qizig’i shuki, odil podshoh uni o’sha vaqtda boy ham qildi. Yulduzlardek ko’plab oltin-kumushlar uni ko’hna falakdek yoshartirib yubordi. Kumushning kuchidan u kumushdek bo’ldi. Xalq unga “Tilla kampir” deb laqab qo’ydi.
Alisher Navoiy "Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. "G‘oziy” so‘zi "G‘olib” degan ma’noni beradi.
Parda ortidan: "Farhod va Shirin”, "Hamsa”ning ikkinchi dostoni bo`lib, asar 1484- yilda yozilgan. 59 bob, 5782 baytdan iborat.
(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).
Shirin: Ey, nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili ofoq ichinda.
Ayon holingda ko’p, ko’p bul ajabliq.
Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq.
Ne sen o’xshab jahonda bir kishiga,
Ne qilg’an ishing o’xshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,
Bag’oyat ko’nglimizni shod etibsen.
Bo’lur erduk husuli ichra ojiz,
Hunar emas, qo’ling ko’rguzdi mo’jiz.
Agar yuz qarn uzroyin bo’loli,
Netib bir kunchalik uzring qo’loli.
Ishqing uzrida yuz bizdek o’tangay,
Ne bizdin, Tengridin ollingg’a yong’ay.
Farhod:Jonparvar anfosingdin o’ldim,
Uningdin, umr ranjidin qutuldim
Ne anglaykim, qayu mahro ekansen?!
Meni g’urbat aro bechora etkan,
Diydor-u mulkdin ovora etkan,
Chiqib jonim unungdin bo’lg’ch ogoh,
Yuzungni ko’rmay o’ldum yuz ming oh!
Parda ortidan: "Layli va Majnun” "Xamsa”ning uchinchi dostoni bo‘lib, 1484- yilda yozilgan, 36 bob, 3622 baytdan iborat. Mazkur doston sevgi haqidagi dostonlari orasida eng g‘amgin va dardlisidir.
(Sahnaga "Layli va Majnun”chiqadi).
Majnun:Yo‘q seni malak desam g‘aribi,
Kim yo‘q senga ishqdin nasibi.
Mandekni erur malak demak rev
Kim ko‘rsa meni quroq mutar der.
Ishq o‘rtadi ul sifat vujudim.
Kim o‘ldi nobud barcha budum.
Layli:
Ishqingda menga bu erdi maqsud,
Kim ko‘rsam o‘zimni anda novud.
Davron bu murodima yeturdi
Ne istagim, olima keturdi.
Ishqingda ne orzuki ettim
Ul nav’ki komil erdi ettim.
Tushti mening olima ajab yo‘l,
Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo‘l.
Parda ortidan: "Xamsa”ning 38 bob, 5000 baytdan iborat to‘rttinchi dostoni "Sab’ayi sayyor”dir. Bu asar "Hikoya ichida hikoya” usulida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |