m
mmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmm
Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag’ishlab o’tkaziladigan
tadbir ssenariysi
Tadbir o’taziladigan zal va sahna bayramona bezatilgan.
Zal bo’ylab mumtoz kuy pastroq ovozda taraladi. Sahnaga milliy libosda tadbir tashkilotchisi va boshlovchilar chiqishadi.
O’qituvchi:
-Jahonki muqaddas nani ko’ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. (A.Oripov)
1-boshlovchi:
Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan,
Xalqim ta’zim etsangarzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom. (A.Oripov)
2-boshlovchi:
-Baytingga bir bora qovushgan har lab
Takrorlab ketgusi Mashrabgacha to.
Yaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto. (A.Oripov)
O’qituvchi:
Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz maktabdoshar!
.
O’qituvchi: -- Shu kunlarda o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san’at va adbiyot ahliga homiy, murabbiy va usto, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetik tarixchi, mohir hattot va dunyoga tanilgan komil inson- Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi jahon bo’ylab keng nishonlanmoqda.
Har yili 9-fevralni, ayniqsa, xalqimiz zo’r iftixor bilan kutib oladi. An’anaga aylangan ushbu kunda mamlakatimizning barcha ilm dargohlarida Navoiy hayoti va ijdiga bag’ishlanga, ilmiy anjumanlar, uchrashular , ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, navoiyxonlik va she’riyat kechalari bo’ib o’tadi. Shu munosabat bilan maktabimizda o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!
1-boshlovchi:
Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
2-boshlovchi:
Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi.
1-o‘quvchi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,
She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Yo‘ldasa bu yo‘li Nizomiy yo‘lim,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.
Navoiy o‘tirib ijod qila boshlaydi, shu payt sahna ortidan Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta’rifi aytiladi:
Parda ortida: "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog‘ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o‘sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bitganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi”.
Navoiy: Ne vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?
2- o‘quvchi: Sizdek dono ruhini shod etmak maqsadi,
Bizning yurtda har bir o‘zbek navoiyxon
Navoiy:
Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?
3- o‘quvchi: Navoiy nazmi bilan tili chiqar dilbandin,
Siz birla faxr etar har bir o’zbek farzandi.
Navoiy:
A’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?
4- o‘quvchi: Qur’ondek tavof etsa arzir sizning "Xamsa”ngiz
«Chor devon» kirmagan topilmas xonadon.
Navoiy:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni qakqalam (Navoiy siymosi baytni aytib sahnadan chiqadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |