TABOBAT ILMINING SULTONI
Sevinch Omonova
QarDU talabasi
O’z davrining eng mashhur tabiblaridan biri bo’lgan Abu Ali Ibn Sinoni biz Sharqda “Shayx Ur-Rais”, G’arbda esa “Avetsenna” nomlari bilan ataymiz. Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga kelgan. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq , Falsafa, Fiqh va Riyoziyot ilmlarini o’rganadi. Inson o’z sohasining yetuk vakili bo’lishi uchun ko’p ustozlardan ilm olishi, tajriba yig’ishi kerak bo’lagnidek, Ibn Sino ham tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o’rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr Ar Roziyning asarlarini puxta o’rganadi.
Bobomiz nafaqat tibbiyot, balki turli fanlar bo’yicha Sharq va g’arb olimlarining ilmiy asarlarini puxta o’rganadi. Ibn Sino 17 yoshdanoq mohir tabib sifatida tanildi. O’sha kezlarda hukmdor Nuh Ibn Mansuni davolaydi. Evaziga esa u saroy kutubxonasidan foydalnish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki Somoniylarning kutubxonasi o’sha davrda butun O’rta va yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan biri bo’lgan.
Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037- yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik «Al-qonun fit-tib» («Tib qonunlari») nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
Ibn Sinoning doimo turli fanlar bilan shug’ullanishi, izlanishi uchun har doim ham imkoniyat bo’lmagan. Chunki davlatlar o’rtasidagi urushlar, kelishmovchiliklar bunga yo’l bermagan. Ammo u doimo harakatda bo’lgan. O’z to’plagan ilmlarini yosh avlodga qoldirish uchun turli kitoblar, qo’llanmalar yozgan.
Shu bilan birga Ibn Sinodan bizgacha turli hikmatli so’zlar ham yetib kelgan. “Bekorchilik va aysh –ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi. Ayni vaqtda kasallikning tug’ilishiga ham sabab bo’ladi,” degan hikmatli so’zlari inson doimo harakatda bo’lishi, kitob o’qishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishi kerakligi, bekorchilik esa insonni yomon yo’llarga yetaklashi haqidadir.
Ibn Sinoning hozirgi kunga ham tibbiyotga qarashli o’z tasdig’ini topmoqda. Bobomiz o’z tibbiyotiga doir kitoblarida tozalikka rioya etish, shaxsiy gigiyena qoidalariga bo’ysunish kabi fikrlarni yozib qoldirgan. Bu fikrlar esa hozirda eng muhim hisoblanadi. Chunki butun insoniyat boshiga kelgan kasallik Koronavirusdan faqatgina shu yo’llar bilan himoyalanish va kurashish mumkin.
U Ibn Sino buyuk ziyoli va zamonaviy tibbiyotning otasi boʻlgan, deya taʼkidlaydi. Buyuk ajdodimiz tibbiyot va astronomiyadan tortib, matematika va ilohiyotgacha boʻlgan koʻplab sohalarda katta tajriba toʻplagan. Gʻarbda u Avitsenna nomi bilan tanilgan. Yirik olim sifatida ming yil avval xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda beqiyos rol oʻynagan. Buyuk mutafakkir oʻzining “Tib qonunlari” asarida yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirish uchun 40 kunlik karantin zarurligini taʼkidlagan.
Keyingi yillarda “Tib qonunlari” zamonaviy tibbiyotning asosiga aylandi. Qariyb 600-yil davomida dunyo tibbiyot hamjamiyati ushbu kitobdan darslik sifatida keng foydalanib keldi.
Ibn Sino birinchi boʻlib mikroblar turli kasalliklarni keltirib chiqarishini aniqlagan. U, shuningdek, odamlarda yuqumli sariq kasalligi va kuydirgi kabi jiddiy bakterial infeksiyalarning paydo boʻlish sabablari va jarayonlariga oydinlik kiritgan.
Inson ichki aʼzolari faoliyatiga jiddiy xavf soladigan baʼzi kasalliklarni davolashda u sedatsiya (sunʼiy koma) texnikasini qoʻllagan. Shuningdek, olim siydikda qand miqdorini oʻlchash orqali diabetga tashxis qoʻyish usulini ixtiro qilgan.
Koʻpgina tarixchilarning taʼkidlashicha, Ibn Sino barcha tibbiy xizmatlarini bepul amalga oshirgan.
Buyuk italyan shoiri Dante oʻzining “Ilohiy komediya”sida (La Divina Commedia) Ibn Sino haqida soʻz yuritgan. Bugun dunyoning koʻplab tibbiyot oliygohlari devorlarida buyuk ajdodimizning surati osilgan. Oyning orqa tomonidagi bir kraterga uning nomi berilgan. Bir qancha davlatlar Ibn Sino xotirasiga esdalik tangalar va medallar chiqargan.
Ibn Sinodan biz o’rnak oladigan xislatlar juda ko’p. bobomizning sabr-matonati, izlanuvchanligi har qanday to’siqlarga qaramay ilm egallanganligi, donoligi biz uchun o’rnakdir. Ammo ana shu bobolarimizga munosib avlod bo’la olyapmizmi, degan savol tug’iladi. Ularga munosib bo’lishimiz uchun bilim olishimiz, ko’p o’rganishimiz, turli yomon g’oyalar ta’siriga tushib qolmasligimiz, kimlarning avlodlari ekanligimizni anglashimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |