Ikkinchi bosqich (70 va 80-yillarning o‘rtalari). Bu davr YeI tarixiga asosan turg‘unlik davri sifatda kirdi. Bu davrda YeIga a’zo-davlatlar Yevropa valyuta hamkorligi dasturi, tashqi siyosiy konsultatsiyalar mexanizmini qabul qilishga muvaffaq bo‘lsalarda, vujudga kelgan salbiy jihatlar g‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasining jiddiy inkiroziga olib keldi. Bu inqiroz “evroskleroz” nomini oldi. 70 va 80- yillarning boshida YeI davlatlari o‘rtasida rivojlanish darajasi bo‘yicha farq o‘sib bordi. 1981 yilda YeIga Gresiyaning kirishi bilan bu farq yanada kuchaydi, chunki ushbu davlat iqtisodiyoti hamjamiyatning boshqa ishtirokchi davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan juda past darajada rivojlangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |