«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


Viloyat  iqtisodiyotining  hududiy  tarkibi  va  asosiy  muammolar



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/40
Sana30.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#97848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
janubiy mintaqa iqtisodiyoti va uning oziga xos xususiyatlari qashqadaryo viloyati sanoati misolida

Viloyat  iqtisodiyotining  hududiy  tarkibi  va  asosiy  muammolar.  Qashqadaryo 

viloyatida, eng avvalo, ikkita shakllangan asosiy  ichki  iqtisodiy rayon ajratiladi. Quyi 

mintaqa  yoki  Qarshi  mintaqasi  paxta  va  g’alla,  chorvachilikka,  neft-gaz,  tog’-kon 

hamda elektr energetikaga ixtisoslashgan. Uning tarkibiga Qarshi shahri, Qarshi, Nishon, 

Muborak, Koson, G’uzor, Kasbi va Mirishkor tumanlari kiradi. 

Yuqori  yoki  SHahrisabz  mintaqasida  ko’proq  agrosanoat  majmuasi 

rivojlangan.  U  SHahrisabz,  Yakkabog’  va  Kitob  tumanlarini  birlashtiradi.  Bu 

ikkita - shakllangan rayonlardan tashqari Qashqadaryo geografi M.Yangiboev yana 

ikki  SHimoliy  (CHiroqchi  tumani)  va  Janubiy  (Dehqonobod  va  Qamashi 

tumanlari)  rayonlarni  ham  ajratgan.  Albatta,  bu  yangi  rayonlarda  hududiy  ishlab 

chiqarish  majmuasi  endi  shakllanib  bormoqda.  Balkim,  Dehqonobod,  G’uzor, 

Qamashi  va  CHiroqchi  tumanlarini  oraliq  yoki  O’rta  iqtisodiy  rayon  sifatida 

ajratish haqiqatga yaqin bo’lar.  

 

Viloyat  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishidagi  ichki  tafovutlar  qishloq  tumanlari 



miqyosida  yanada  aniqroq  ko’zga  tashlanadi.  Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  asosiy 

ishlab  chiqarish  sohalari,  ya’ni  sanoat  va  qishloq  xo’jaligi  bo’yicha  Muborak  va 

G’uzor  tumanlari  ajralib  turadi.  Ijtimoiy  sohalar  Kitob,  Muborak  hamda  Nishon 

tumanlarida  nisbatan  yaxshiroq.  Hozircha  eng  sust  rivojlangan  qishloq  tumanlari 

Dehqonobod va Chiroqchi.  



 

37

Yaqin  kelajakda  ishlab  chiqarishni  to’g’ri  hududiy  tashkil  etilishini 



takomillashtirish,  mehnat  resurslari,  rekreatsiya  hamda  turistik  imkoniyatlardan 

foydalanish, to’qimachilik va qurilish sanoati bazasini mustahkamlash, transport va 

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.  

So’nggi  yillarda  Tolimarjon  IES  va  Toshg’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on  temir 

yo’lining  qurilishi  mintaqaning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  muhim  omil  bo’lib 

xizmat qiladi. Ular viloyat iqtisodiy geografiyasiga katta o’zgarishlar kiritadi. SHu bilan 

birga, kelajakda yangi ichki temir va avtomobil yo’llarini qurish bunday katta hududga 

ega  bo’lgan  mintaqa  uchun  zarurdir.  Jumladan,  Yakkabog’  va  Ayritom  bekatlarini 

birlashtiruvchi  temir  yo’l  qurilsa,  viloyatning  ikkinchi  shahri  -  SHahrisabz  respublika 

markaziy  rayonlari  bilan  qisqaroq  masofada  bog’lanish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi  va 

transport  harajati  kamayadi,  Qarshi  stantsiyasining  “yuki”  biroz  yengillashadi. 

Qolaversa,  bu  yo’l  viloyatning  ichki  hududlarini  rivojlanishiga  turtki  beradi,  natijada, 

Qashqadaryoning  asosiy  iqtisodiy  o’zagi  (qovurg’asi)  Qarshi–G’uzor–Qamashi–

Yakkabog’  (SHahrisabz)–Chiroqchi–Ayritom    halqasi    yoki    to’rtburchagi    vujudga 

keladi.    Ayni  vaqtda  G’uzorning  transport  tuguni  sifatidagi  ahamiyati  kuchayadi, 

Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi faollashadi va u Qashqadaryoni 

Surxondaryo  viloyati  bilan  bog’lashga  xizmat  qiladi,  shu  asosda  yagona  Janubiy 

iqtisodiy  rayon  shakllanib  boradi.  SHaxrisabz  tugunining  rvojlanishi,  dovonning  ikki 

tomonida  joylashgan  Urgut  va  Kitob  tumanlar  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirish  esa 

Qarshi  –  Buxoro  –  Samarqand  uchburchagini,  respublikamiz  janubi-g’arbiy  qutbini 

yanada mustahkamlaydi. 

Demak, istiqbolda G’uzor, Yakkabog’, Ayritom, Qarashina, CHin, Kitob kabi o’sish 

nuqta  va  markazlari  vujudga  keladi,  Qarshi  va  uning  aglomeratsiyasi  takomillashadi, 

xuddi shunday aholi va xo’jalikni hududiy tashkil etish shakli SHahrisabz negizida ham 

paydo bo’ladi[12]. 


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish