2.2. Mehnat resurslari.
Toshkent viloyati aholi soni bo’yicha mamlakatimizda Samarqand, Farg’ona viloyatidan keyingi 3-o’rinda turadi. 1989-2013 yillar oralig’ida uning aholisi yaqin 526 mingga yoki o’rtacha har yili 23,4 ming kishidanga ko’payib borgan.
Qishloq tumanlari miqyosida aholi sonining o’sish su’rati Parkent, Bekobod, Bo’ka, Oqqo’rg’onda yuqoriroq4. Ko’rilayotgan 20 yildan ortiq davrda ularning aholisi 1,3-1,5 marta ko’paygan (viloyatda o’rtacha 123,4 %). Ayni vaqtda Quyichirchiq va Bo’stonliq tumanlarida demografik o’sish ko’rsatkichlari birmuncha pastroq bo’lgan. SHunga muvofiq aholi zichligi ham o’zgarib turgan. Hozirgi kunda eng yuqori zichlik Zangiota (876 kishi) tumanida kuzatiladi. Viloyat bo’yicha bu ko’rsatkich 170 kishiga teng bo’lgan holda, u Qibray, O’rtachirchiq, Yangiyo’l, Chinoz tumanlarida ham ancha yuqori. Tog’ va tog’ oldi hududlarni egallagan Bo’stonliq va Ohangaron tumanlarida esa, aholi ancha siyrak joylashgan: mos ravishda, 38 va 38 kishi 1 kv. km ga.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |