SAKSONIYA – ANGALT
Poytaxti:Magdeburg
Maydoni: 20449kv. km
Aholisi:2287
Aholizichligi:111,84
Elba va Zal daryolari bo`yida joylashgan yеr bo`lib, uning iqtisodiy strukturasini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish tashkil etadi. Poytaxti Magdeburg. Saksoniya – Angaltdagi boy qazilma konlari xom-ashyo va kimyo sanoatini rivojlanishiga sabab bo`ldi. Shu bois bu hudud industrlashtirish eng erta boshlangan hudud hisoblanadi. Kimyo sanoati, og’ir mashinasozlik, sanoat uskunalari ishlab chiqarish, motorsozlik, po`lat vayеngil metallardan konstruksiyalar tayyorlash, temir yo`l transporti ishlab chiqarish hududning iqtisodiyot tarmoqlarini tashkil etadi. Bundan tashqari ekologik toza texnologiyalar sanoati, raqobatbardosh qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ham ishlab chiqiladi.[12]
Do'stlaringiz bilan baham: |