Poytaxti:Gamburg
Maydoni: 755,16 kv. km
Aholisi:1706
Aholizichligi:2260,05
Germaniyaning dunyoga chiqish darvozasi hisoblanadi. U mamlakatdagi eng katta port va eng muhim tashqi savdo maydonidir. Gamburg OAV markazi bo`lib, unda nemis press agentligi shtab kvartirasi, G`abiy Germaniyaning radiosi, ko`p sonli xususiy teleradiokompaniyalar, nufuzli gazeta va jurnallarning nashriyotlari joylashgan. Bundan tashqari shahar xalqaro yarmarkalar va kongreslar vatani hamdir. Shaharda dunyoda eng ko`p, 92 ta konsullik joylashgan. Myuzikxollar, ko`p sonli muzeylar, ko`gazmalar, konsertlar va 35 ta teatr Gamburgni madaniy markazga aylantiradi va uzoq o`lkalarni o`ziga jalb etadi. Gamburgning o`rtasiga oqib kiruvchi Alster daryosi va ko`p sonli hiyobonlar shaharni dam olish imkoniyatlariga boy yashil hududga aylantiradi. Gamburg shahar davlat bo`lib, uning parlamenti Shahar majlisi deb ataladi. Burgomistr boshchiligidagi Senat hudud hukumatini hisoblanadi. [17]
GESSEN.
Do'stlaringiz bilan baham: |