«tabiyot fanlari» fakultеti «Gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari mavzusini o’qitish



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/46
Sana11.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#347139
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Bog'liq
urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovutlari

Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari mavzusini o’qitish 

metodikasi. 

3.1 “Urbanizatsiya jarayoni va shaxarlarning rivojlanishi” mavzusini 

o’qitishda mintaqaviy tafovvutlar masalasini yoritish. 

      Bugungi  kunda  pedagogik  texnologiya  asosida,  qaysikim  о‘quvchilarning 

mustakil  fikrlash,  ijodiy  faoliyat  kо‘rsatishlariga  e’tibor  kuchayganda  о‘quvchi 

ta’lim  sub’ktiga  aylangan  bir  davrda  muammoli  о‘qitishning  ahamiyati  kuchaydi. 

Zero  muammoli  ta’lim  ilmiy  bilish,  pedagog  tomonidan  yaratilgan  muammoli 

vaziyatlar  va  ularni  yechishga  qaratilgan  о‘quvchining  mustakil  faoliyati,  ijodiy 

qobiliyatini  о‘stirish  orqali  о‘quv  natijalarini  maqsadli  о‘zlashtirishga  qaratilgan 

ta’limdir.  Muammoli  ta’limni  tashkil  qilish  yordamida  о‘quvchining  tadqiqot, 

о‘quv-biluv  faoliyatini  yо‘lga  kо‘yish  va  shu  asosida  о‘quv  predmetidagi 

ma’lumotlarni, xulosalarni mustaqil tahlil kilish yangi bilimlarni ijodiy mushohada 

qilish, xulosa chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladi.

 

Biz o’rganayotgan bitiruv 

malakaviy  ishi  mavzusi  bo’yicha  umumta’lim  maktablarining  9-sinf    Jahon 

iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi darsligida “Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning 

rivojlanishi”  mavzusini  o’qitishda    mintaqaviy  tafovutlar  masalasini  muammoli 

ta’lim  texnologiyasi  metodlaridan  foydalanib,  tashkil  etilganda  yuqori  samara 

beradi.  Muammoli  о‘qitishda  о‘quvchi  faoliyatining  mazmuni  shundan  iborat 

bо‘ladiki,  u  eng  murakkab  tushunchalarni,  faktlarni  tushuntira  borib  zarur 

daqiqalarda  muammoli  vaziyatni  vujudga  keltiradi  va  muammoni  hal  qiladi. 

Muammoni  yechishga  о‘quvchining  о‘zini  yо‘llaydi.  Oqibat,  natijada  о‘quvchilar 

faoliyati shunday tashkil qilinadiki, bunda ular faktlarni tahlil kilish orqali mustaqil 

ravishda  xulosa  chiqaradilar,  umumlashmalar  hosil  qiladilar.  Jahon  iqtisodiy-

ijtimoiy geografiya fanini о‘qitishning muammoli, faol metod va usullari bilan bir 

qatorda  geografik  о‘yin  darslarini  keng  kо‘lamda  qо‘llanilishi  o’quvchilarning 

darsga  bo’lgan.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyani  о‘qitishda  о‘yin  darslarini 

tashkil etish bir qator vazifalarni bajaradi:  

1.

 

О‘quvchining ijodiy faoliyatini shakllantiradi. 



2.

 

Muammolarni kо‘ra bilishga о‘rgatadi. 




65 

 

3.



 

Mustaqil fikrlash qobiliyatini о‘stiradi. 

4.

 

О‘z-о‘zini boshqarish hususiyatini о‘rgatadi va hokazo. 



Bu holat hozirda butun bir ta’lim jarayonini qamrab olmoqdaki, buning asosiy 

sabablaridan  biri  mashg‘ulotlarni  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etish 

kо‘zlangan  aniq  natijaga  erishishni  kafolatlaydi.  Dars  mazmunidan   kеlib  chiqqan 

хоlda  uning  vazifalari  ham bеlgilanadi.  Dars  vazifalari  o`quvchilarga  aniq 

еtkazilishi  lоzim.  Ular  darsda  nimalarni  egallashlarini  tasavvur  qila  оlsalargina 

ko`zlagan maqsadga erishishi  mumkin. Dars vazifalari o`quvchilarga qisqa va aniq 

hоlda bеrilishi  kеrak. Masalan: IX sinfda "Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning 

rivojlanishi" 

mavzusida 

о‘tkaziladigan 

dars 

mashg‘ulotini 



о‘qitishning 

noan’anaviy  usullaridan  «Tarmoqlanish  usuli»  (klaster)dan  foydalanib,  о‘tish 

mumkin.  Mashg‘ulotni  boshlashdan  avval  guruhdagi  o’quvchilarni  qur’a  tashlash 

yо‘li  bilan  kichik  guruhlarga  chizmada  kо‘rsatilgandek  bо‘lib  olish  maqsadga 

muvofiq: 

Muammoli  darslar  ko’pincha  “Tafakkur  bo`roni”,  “Miyaga  hujum”,  “Fikrlar 

to`qnashuvi”,  “Fikrlar  jangi”,  “Aqliy  hujum”    nomlanadi.    Hozirda    ko’pincha  

darslarda  aqliy  hujumdan  ko’p  foydalaniladi.  “Aqliy  hujum”  quyidagicha  tashkil 

etiladi: 

 1  Psixologik  jihatdan  bir-biriga  yaqin  bo`lgan  o`quvchilardan  teng  sonli  kichik 

guruhlarni shakllantirish; 

2.  Kichik  guruhlarga  muammoli  savollardan  iborat  bo`lgan  o`quv  topshiriqlarini 

tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.  

3. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish. 

4.  O`quvchilarning  muammoli  vaziyatlarni  hal  etish  bo`yicha  axborotlarini  

tinglash. 

5. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkazish 

6. Umumiy xulosa yasash. 

  

 “Aqliy  hujum”da  o`quvchilar  avval  o`zlashtirgan  bilimlarini  yangi 



vaziyatlarda  qo`llab,  bilimlarini  kengaytiradi,  chuqurlashtiradi,  aqliy  faoliyat 


66 

 

usullarini  egallaydi.  O`quvchilarning  bilish  faoliyatining  bu  tarzda  tashkil  etilishi 



ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi. 

   


Quyida  biz  “Urbanizarsiya  jarayoni  va  shaxarlarning  rivojlanishi” 

mavzusida o`tkazilgan muammoli darsning borishini yoritamiz. 

  Darsning tashkiliy qismidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarni teng sonli guruhlarga 

ajratadi va har bir  guruh sardorini belgilaydi. O`quvchilarning faoliyatini bilishga 

yo`naltiruvchi  bir  nechta  muammoli  savollar  yozilgan  quyidagi  kartochkalarga 

qaratadi: 

    1.  Atlasdan  foydalanib,  millioner  shaharlarni  nomini  hududlar  miqyosida 

toping? 


    2. Jahonda mavjud shahar aglomeratsiyalarini eng yirigidan boshlab yozing? 

    3.  Jahon mamlakatlari Urbanizatsiya darajasiga qarab nechta guruhga bo’linadi? 

    4. Megasiti tushunchasiga ta’rif  bering? 

Guruhdagi  o`quvchilar  shu  savollar  yuzasidan  maslahatlashib,  o`z  fikrlarini 

umumlashtiradi. Har bir guruh sardori guruh fikrini bayon etadi. 

 O`qituvchi  guruhlar  bayon  etgan  fikrlarni  umumlashtirish  dars  yakunida  amalga 

oshirilishini e`lon qiladi va navbatdagi muammoli savollar yozilgan kartochkalarni 

tarqatadi: 

1. Ekologik vaziyati murakkab bo’lgan region va shaharlarni aniqlang. 

a) Qanday omillar ta’sirida vujudga kelgan? 

b) Qanday chora-tadbirlar qilinmoqda? 

v) Sizningcha qanday ishlarni amalga oshirish zarur? Javobingizni izohlang.  

 O`quvchilar  guruhi  biz  savollarga  javob  topgandan  so`ng,  o`qituvchi  o`quvchilar 

diqqatini  megasity  va  megalapolis  tushunchalariga  qaratib,  bu  ikki  tushuncha 

o`rtasida aloqadorlikni  izohlab berishni  ta`kidlaydi.  Shundan so`ng  shaharlarning 

mintaqaviy  tafovutlari  bo’yicha  o`rganishga  kirishiladi.  O`qituvchi  o`quvchilarga 

avval o`zlashtirgan bilimlari  va darslikdan  foydalanib, quyidagi jadvalni to`ldirish 

va izohlashni topshiradi. 

 



67 

 

                



  Qit’alar  

Millioner shaxar 

Aglomeratsiya 

Megasiti, Meglapolis 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  O`qituvchi  shaharlarning  hududiy  tafovutlari  yuzasidan  o`quvchilar  javobini 



baholab,  ularning  diqqatini  aholi  soni  bo’yicha    jahondagi  eng  yirik  shaharlarga 

qaratadi: 

№  Davlatlar 

 Shaharlar nomi 

Aholisi soni (mln. kishi) 

 

 



 

 

 



 

 

 



                

   O`quvchilar  jadvalni  to`ldirib,  javoblarini  izohlaganlaridan  so`ng,  o`qituvchi 

o`quvchilarning diqqatiga quyidagi savollarni havola etadi: 

1.

 



Hozirgi  zamon  urbanizatsiyasiga  xos  birinchi  jihat  mazmuni  nimadan 

iborat? 


2.

 

Ekologik  vaziyatlar  murakkab  bo’lgan  region  va  shaharlarni  aniqlang  va 



sababini izohlang. 

   Siz  qanday  fikrlarni  bildirasiz?  Sizningcha  yana  qanday  chora-tadbirlarni 

amalga  oshirish mumkin? 

    O`quvchilar  javoblaridan  so`ng,  o`qituvchi  darsni  umumiy  yakunlaydi.  Faol 

ishtirok  etgan o`quvchilar  reyting asosida baholanadi.  


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish