Tabiqdagi xalqaro baholash dasturlari



Download 67 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi67 Kb.
#704351
Bog'liq
Terdu xalqaro baholash dasturlari


Xalqaro baholash dasturlari
(Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi Termiz davlat universiteti talabasi)
Annotatsiya
Maqolada mamalakatimizda joriy etish orqali yuqori samaraga erishish mumkin bo’lgan xalqaro baholash dasturlari, qo’llash yo’llari, PISA, TALES, TMMSS, PIRLS va ERMA EGMA haqida bayon qilingan.
Tayanch iboralar
Xalqaro baholash dasturlari, PISA, TALES, PIRLS, ERMA, EGMA, pedagog, ta’lim tizimi, pedagogik faoliyat, natijalarni baholash.

Bugungi kunda dunyo miqyosida ta’lim sifatini baholashda yangicha shakllardan foydalanilmoqda. Mamlakatimiz ta’lim sohasida o’quvchilar natijalarini xalqaro baholash dasturlaridan keng foydalanish tadbiq etilmoqda. Mavjud xorijiy baholash dasturlarini o’rganib chiqish, qiyoslash, ayni yo’nalishdagi xalqaro tashkilotlar ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilgan holda zamon talablariga javob bera oladigan munosib milliy baholash tizimini rivojlantirish muhim sanaladi.



  • .Xalqaro ta’lim sifatini baholash dasturlarida O’zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha o’rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta’minlash;

  • Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o’quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturini ” yaratish;

  • Ilm-fan yutuqlarining eng ilg’or natijalari va adabiyotlarining ingliz tilida nashr qilishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o’rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalalarini ko’rib chiqish.

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berishga mas’ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo’yish va bolalarning umumiy ta’limga yo’naltirilishini butunlay mas’ulligini qonun bilan belgilab qo’yish;

  • Maktabgacha ta’lim hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o’quvchilar sonining maksimal hamda minimal ko’rsatgichlarini belgilab qo’yish;

  • Psixologik testlar yordamida boshlang’ich sinflardagi iste’dodli bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisosolashgan sinflar tashkil etish.

Yuqoridagi talablarga asoslanib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 8-dekabridagi “Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g'risidagi” qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun maxsus tayyorgarlilar talab etiladi. Har bir yangi jarayonga o’tishda ommaviy-axborot vositalari roli ancha yuqori hisoblanadi. Shundan kelib chiqib soha mutaxassislari ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilib borishi targ’ibot ishlarini olib borish orqali yuqori natijalarda erishish mumkin. Bu jarayonda fan metodistlari, inspektor metodistlar, malaka oshirish tizimi, maktab rahbariyati, fan o’qituvchilari, ota-onalar va o’quvchilar ham faol bo’lishi talab etiladi.
Bu jarayonda quidagi ishlar olib borilishi zarur:

  1. Fan metodistlari o’qituvchilarga xalqaro baholash dasturlari haqida to’liq, to’g’ri va uzluksiz ma’lumot berib borishi;

  2. Maktab mashg’ulotlari mazmuni tatqiqotlarga tayyorgarlikka yo’naltirib borishi lozim;

  3. Ko’rik-tanlov, festival va turli tadbirlar tashkil etish va o’tkazib borishi talab etiladi;

  4. O’qituvchilar esa o’quvchilar natijalarini doimiy tahlil qilib borish,

  5. An’anaviy nazorat tuzilishlarini yangicha qoliblariga bosqichma-bosqichlikda o’zgartirib borilishi lozim;

  6. Malaka oshirish tizimida o’quv dasturiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish,

  7. .Mahoratli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturi bo’yicha ilmiy tatqiqotlarga jalb etish;

  8. Pedgoglarni xorijiy olimlar adabiyotlari bilan tanishtirib borish,

  9. Kurs yakunida baholash dasturlariga mos ravishda amaliy ishlar qabul qilish;

  10. Ota-onalar va jamoatchilik o’rtasida xalqaro baholash dasturlari to’g’risida targ’ibot olib borish;

Tashkil etilish lozim bo’lgan ishlardan ma’lumki ta’lim bilan bog’liq barcha sohalar hamkorlikda ishlashi talab etiladi. Maktab pedagog jamoasi va o’quvchilar o’rtasida ijodiy muhitni kuchaytirish, metodbirlashmalari faoliyatini takomillashtirish, ichki natijalarni pedagog kengashda muhokama qilib borish, fan o’qituvchisi dars jarayonida integratsiyani ta’minlash ham xalqaro baholash dasturiga o’tish sur’atlarini oshirish uchun ko’mak bo’la oladi.
Hozirgi davrda dunyo miqyosida qo’llanilayotgan quidagi xalqaro baholash tizimlari bilan tanishib chiqamiz.

  • PIRLS testlari

  • PISA

  • TMMSS

  • TALIS

  • EGRA va EGMA

PIRLS - (inglizcha – Progrogress in International Reading Literacy Study- matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining har xil yutuqlarga erishishiga sabab bo’luvchi ta’lim tizimida o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tatqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun kata ahamiyatga egadir.
Bu tatqiqotlarni Xalqaro ta’lim instutlari assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtirildi. PIRS lohihasi 4-sinf o’quvchilarining o’qish qobilyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo’yicha tashkil etiladi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha boshlang’ich maktabda maktab o’quvchilarining keyingi tarbiyasida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor qo’yilgan.PIRS tatqiqotining natijalari maktab o’quvchilarining o’qish va rivojlanishlaridagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota-onalarning qiziqishi va bolalarning o’qish madaniyatini shakllantirishda ishtiroki va boshqalar) ta’sir ko’rsatadigan omillarning regressiv tahlilini taminlaydi. PIRS tatqiqotida 3 ta davr (2001, 2006, 2011) uchun Gangkong (571) Rossiya federatsiyasi (568) va Singapur (567) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda. Qozog’iston ushbu loyihada birinchi marta 2016-yil aprelida ishtirok etdi. Ishtirokchilar soni 10256 nafarni tashkil etdi, ulardan 4-sinf o’quvchilarining 4925 nafari ulardan 4-sinf o’quvchilarining 4925 nafar ota-onalari, 234 ta boshlang’ich maktab o’qituvchilari, 172 nafar direktor ishtirok etdi. 2017-yil 5- dekabr kuni YuNESKO Boshqarmasi (Parij, Fransiya) PIRS-2016 qatnashadigan 50 dan ortiq mamalakat natijalarini e’lon qilgan.
“Xalqaro tadqiqot PIRS-2016” XEA ensklopedyasi eng yaxshi o’quv dasturlarini va yosh o’quvchilarning o’qish qobilyatini rivojlantirish tajribasi haqida noyob axborot materiallarini taqdim etgan. PIRS ga qatnashish O’zbekiston boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida o’qish qobilyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari O’zbekiston ta’limining ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning yetakchi ta’lim tizimlarining xalqaro hamjamyatiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Yurtimizda ham PIRS tadqiqotiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. O’quv qo’llanma, maxsus boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun daftarlar ham chop etish ishlari bosqichma-bosqichlikda amalga oshirilmoqda.
PISA - bu dastur asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchilar o’qis hsavodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar asosida savodxonlik darajasi turli testlar asosida tekshiriladi. Ushbu dastur 1997- yil joriy qilingan bo’lib hozirgacha 78 ta davlat ishtirok etgan . PISA har 3 yilda o’tkaziladi va har safar ma’lum fanga urg’u beriladi. 2000-yilda o’qish savodxonligiga urg’u berilga bo’lsa, 2021- yil matematik savodxonlikka urg’u beriladi. Ushbu sinovlarda 4 xil sinov usulidan foydalaniladi:

  1. Bir javobli testlar;

  2. Bir necha javobli testlar;

  3. Qisqa yoki batafsil javob beriladigan testlar;

  4. Biror muammo yechimi bo’yicha o’quvchi fikri.

TMMSS –mamalakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMMSS dasturi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (international Association for the Evaluation of educational Achievements ) tomonidan tashkil etilgan bo’lib, ushbu tadqiqot 4 va 8-sinf o’quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo’yicha ta’lim sifati,darajasi, fanga bo’lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRS tadqiqotiga o’xshab, o’quvchilar maktab ma’muriyati va o’qituvchilar orasida qo’shimcha so’rovnomalar o’tkazadi va fan sohasida to’sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o’sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini boshqa davlat bilan solishtirib ko’rish imkonini beradi. 2015- yil TMMSS tadqiqotlari natijalariga ko’ra AQSH, Singapur, gankong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko’rsatgichlarni egallagan. Shuni e’tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnalogiyalarni o’zlashtirish sanoatlashtirish va yuksak darajada taraqqiy etish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o’zlashtirishga alohida etibor qaratilib, unda o’quvchilar tug’ma iste’dod va qobilyatdan ko’ra o’z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o’qitishda guruh va sinfdagi o’quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQSHda ham mavjud bo’lib 1999-yildan boshlab bitta o’qituvchi 40 minutlik dars mashg’uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatga ega ekanligini inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta’lim muassasalarida guruhlarda o’quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
TALIS- (the Teaching And Learning International Servey – rahbar va o’qituvchilarning ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish) Ushbu tatqiqot birinchi bor 2008-yilda 24 ta davlat ishtirokida o’tkazilgan. Ikkinchi davrda 2013- yilda o’tkazilgan bo’lib, unda 3 davlat ishtirok etgan. Rossiya federatsiyasi ham shu yilda ushbu tatqiqotda qatnashgan. 2018- yil 46 ta mamlakat TALIS tatdimoti ishtirokchisiga aylandi. Tatqiqot asl mohiyati o’qituvchi va maktab rahbarlari bilan so’rovnoma o’tkazishdir. Direktor bilan o’tkazilgan so’rovnoma asosan maktabni boshqarish, o’qituvchi faoliyatiga baho berish, maktabdagi muhit, bajaradigan ishlaridan qoniqishi keng madaniyatli muhitdagi ta’lim haqidagi fikrlarni o’z ichiga oladi. O’qituvchilar bilan o’tkazilgan so’rovnomada esa kasbiy mahorat rivojlantirishga qaratilgan turli yo’nalishlarni, butun o’qitish faoliyatini, o’qituvchining ma’lum bir sinfdagi o’qitish faoliyatini amalga oshirish va maktab jamoasi bilan o’zaro ijobiy muhit o’rnatganligi o’z aksini topgan. Shuni ta’kidlash lozimki, TALIS yagona so’rovlar hamjamyati bo’lib ta’lim dargohida o’quv muhiti va o’qituvchilarning ish jarayonigi shart- sharoitlarni o’rganishga e’tibor qaratadi.
EGRA (o’qish) va EGMA(matematika) - mazkur tadqiqot boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirishini yaxshilash hamda ta’lim jarayonida kamchiliklarni aniqlashga yordm beradi. Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qo’llaniladi. O’tgan yilning 9-18- oktabr kunlarida ta’lim jarayoniga xalqaro tajribalarni tadbiq etish maqsadida respublika ta’lim markazida o’quv amaliy seminar teshkil etilgan. Mazkur seminarda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi loyihasini ishlab chiqish va bosqichma- bosqich joriy etish masalalari ko'rib chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari AQSHning USAID tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilmoqda.
Yuqoridagi xalqaro baholash dasturlari orqali samarali natijaga erishish uchun o’quvchilar ham qunt bilan bilim olishlari talab etiladi. O’z-o’zini doim rivojlantirib borish, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etishi, darsliklardan tashqari badiiy adabiyotlar o’qishi, uyida shaxsiy kutubxona tashkil etilishi, o’zlashtirishi ortda qolayotgan tengdoshlariga ko’maklashishi, axborot oluvchi manbalardan (kompyuter, telefon, televizor, internet) samarali foydalanish, darsdan tashqari vaqtlarda fan, sport hamda san’at to’garaklariga qatnashish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay ola bilishi zarur. Bu faoliyat jarayonida ota-ona farzandiga ta’lim olishga stimul va motivatsiya uyg’ota olish muhitini yaratib berishi lozim.
Umuman olganda mamalakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o’quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o’zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar ko’lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o’tkazib borish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda. Shuningdek, boshlang’ich va umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi o’qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
Shuni inobatga olgan holda quidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:
Bilimlarni nazorat qilib, baholab borish o’quvchi uchun ham rag’batlantirish ham xatolar ustida yanada ko’proq ishlashga turtki beruvchi vosita hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib mamlakatimizda bu tizimni yana takomillashtirish lozim. Bu yo’l bilan pedagoglarga yanada o’z ustilarida ishlashlarini talab etadi. Kelajak avlod farzandalarini yuqori salohiyatli, madaniyatli, ma’naviyatli, keng fikrlay oluvchi shaxs sifatida komol tobtirishga har bir fuqaro mas’uliyat bilan yondasha olishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.”Umumiy pedagogika” B.X.Xodjayev “Sano- sandart” nashryoti Toshkent -2017
2. uzeu.uz – O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-sayti
3. oecd.org/pisa/ - PISA xalqaro baholash dasturi sayti
4. timssandpirls.bc.edu – TIMSS va PIRLS xalqaro baholash sayti
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish