Tabiiyot-geografiya fakulteti


Biologiya darslarida didaktik o`yin texnologiyalaridan foydalanish



Download 0,59 Mb.
bet22/46
Sana02.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#120162
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

2.3. Biologiya darslarida didaktik o`yin texnologiyalaridan foydalanish
Biologiya darslarida didaktik o`yin texnologiyalaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ma`lumki, o`quvchilarning bilish faoliyati o`yin faoliyati bilan uyg`unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deyiladi. Didaktik o`yinli texnologiyalar o`quvchilarning bilim olish faoliyatini o`yin faoliyati bilan qo`shib olib borishdan iborat. Didaktik o`yinlar musobaqa, raqobat, o`zaro yordam, hamkorlik tarzida olib boriladi. Buning uchun o`qituvchi didaktik o`yindan ko`zda tutilgan maqsad, uni amalga oshirish yo`llari, o`yin mazmuni va ishtirokchilari faoliyatini aniqlab oladi. Didaktik o`yin darslari ta`lim va tarbiya berish, o`quvchilar faoliyatini yo`naltirish, kasbga yo`naltirish, o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish, ular bilimlarini chuqurlashtirish va shaxsni rivojlantirish vazifasini bajaradi.

Didaktik o`yinli darslarni mazmuniga ko`ra sahnalashtirilgan rolli o`yinlar, ijodiy ishbilarmonlik o`yinlari, konferensiya va o`yin mashqli darslarga ajratish mumkin. Didaktik o`yinli darslarning syujetli-rolli, ijodiy, ishbilar­monlar, konferensiyalar va o`yin mashqlar kabi turlari bor. Mazkur darsga hamma o`quvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat`iy nazar qizqin tayyorgarlik ko`rishi lozim.

Didaktik o`yinlarni amalda qo`llash shart- sharoitlari. Didaktik o`yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o`yin mashg`ulotlariga o`ziga xos xavfsizlik talablari qo`yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to`liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e`tiborida bo`lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik o`yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini turli belgilash va unga rioya qilishning o`ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo`llash talab qilinadi.

Didaktik o`yin turlarini tanlash mezonlari:



  • ishtirokchilar tarkibi bo`yicha - o`g`il bolalar, qiz bolalar, o`smirlar, katta yoshdagilar uchun o`yinlar;

  • ishtirokchilar soni bo`yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o`yinlar;

  • o`yin jarayoni bo`yicha - fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan o`yinlar;

  • vaqt me`yori bo`yicha - dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`olib yoki g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o`yin­lar.

Har bir didaktik o`yin jarayonida o`ziga xos vositalar turlari qo`llaniladi va mashg`ulot jarayonida ulardan turli, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • kanselyariya tovarlari - turli o`lchamlardagi oq va rangli qog`ozlar, skotch, flomasterlar, ruchka, qalam, chizg`ichlar, qaychi, elim va boshqalar;

—texnika vositalari - proektor, mikrofon, kompyuter; videokamera, videomagnitofon, televizor va boshqalar;

  • o`quv asbob-uskunalari - o`quv laboratoriya va ustaxona jihozlari, o`lchov asboblari, o`quv priborlari, moslama, mexanizm, model va boshqalar;

  • mahalliy va tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.

Didaktik o`yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni ta`minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim.

Maktabda har bir o`qituvchi ayrim turdagi didaktik o`yin mashg`uloti o`quv materiallarini amalda qo`llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda o`qituvchilar o`z mutaxassislik fanlari bo`yicha o`zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik o`yin turlaridan foydalanib o`tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg`ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o`tkazib borilishi tavsiya qilinadi.




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish