Insert - lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo`lib, o`quvchilar tomonidan o`quv materialidagi asosiy g`oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo`llaniladi.
O`quvchilarni insert yordamida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o`rganiladigan o`quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O`quvchilar har bir abzatsni o`rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi.
Agar abzatsda berilgan ma`lumot shu kungacha o`zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman” - V, agar ma`lumotlar tushunarli va yangi bo`lsa, u holda “Ma`qullayman” +, agar ma`lumotlar o`quvchilar o`zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “O`rganish lozim”-, o`quvchilar o`quv materiallarini o`zlashtirishda qiyinchilik xis etsa, u holda “Tushunmadim” -? belgisini qo`yadi.
Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
Abzatslar
№
|
“Bilaman”
-V
|
“Ma`qullayman”
+
|
“O`rganish lozim”
__
|
“Tushunmadim”
?
|
|
|
|
|
|
Ta`lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilinishi:
O`quvchilar kichik guruhga ajaratiladi, lekin insert vazifasida dastlab har bir o`quvchi yakka tartibda ishlaydi va jadvalni to`ldirishi, guruh a`zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan so`ng, fikrlarini taqqoslashi;
O`quv bahsi orqali kichik guruh a`zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bo`lishini ta`minlash, ya`ni jadvaldagi keyingi ikki ustuni bo`yicha bir xillikka erishish;
O`qituvchi o`quv materiali asosida tuzilgan savol-topshriqlari va kichik guruh a`zolarining jadvaldagi belgilari asosida o`quv bahsini tashkil etishi lozim.
Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a`zolari o`rtasida, so`ng kichik guruhlar bilan o`zaro o`quv bahsi o`tkazilishi, baxsda o`quvchilar tomonidan yo`l qo`yilgan kamchiliklarni to`ldirish, bilimidagi bo`shliqlarni to`ldirish yuzasidan o`qituvchi tomonidan berilgan axborot ta`lim samaradorligiga xizmat qiladi.
Insertdan foydalangan o`qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbai funksiyasi bir muncha kamayib, o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, o`qituvchi bu masalalarni puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta`minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim o`rin tutadi.
Klaster - cluster - ingliz tilida shajara degan ma`noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya o`quvchilar tomonidan o`zlashtirgan va o`zlashtiradigan g`oya, nazariya, qonuniyat va tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Biologiya kursi mazmunidagi muayyan g`oya doska yoki qog`oz o`rtasiga yoziladi;
Ushbu g`oya bilan bog`liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog`liq holati ko`rsatkich bilan belgilanadi, so`ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning faktik ma`lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi.
Avval o`rganilgan mavzu va o`rganiladigan mavzu o`rtasidagi bog`lanishlar haqida xulosa chiqariladi.
Klasterdan foydalaniladigan darslarda o`quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga o`quv topshirig`ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan so`ng, ular ajratilgan vaqt ichida fikrlarini jamlab, o`zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Klaster aniqlanadi, g`oliblar rag`batlantiriladi.
Klaster bitta mavzu yoki bob bo`yicha yaxlit tuzish o`quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosida asosiy g`oya yoki tushuncha o`rin oladi, masalan, genlarning o`zaro ta`siri bo`yicha quyidagicha tuziladi:
1-topshiriq. Genlarning belgilarga ta`siriga ko`ra guruhlarga ajrating.
1. To`liq dominantlik. 2. Komplementariya. 3. Oraliq irsiylanish. 4. Epistaz.
5. Polimeriya. 6. Pleyotropiya. 7. Ko`p allellik.
Klasterning javobi: Bir genning bir belgiga ta`siri- 1, 3, 7, bir nechta genning bir belgiga ta`siri- 2, 4, 5, bir genning ko`p belgiga ta`siri - 6.
Ta`lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qo`llaniladigan texnologiyalardan biri- Venn diagrammasi bo`lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djon Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammasi o`rganilayotgan mavzudan o`rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlarii tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun`iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun
kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Venn diagrammasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi tavsiya etiladi.
Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalarni o`qitishda “Keys”dan foydalanish yuqori samara beradi. “Keys” - case stadies ingliz tilidan olingan bo`lib, jarayon yoki vaziyat degan ma`noni beradi. Biologiyani o`qitishda dastur mazmunidagi evolyusion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek munozarali “O`simliklarning paydo bo`lishi va rivojlanishi”, “Hayvonot olamining paydo bo`lishi va rivojlanishi” kabi mavzularni o`qitishda foydalanish mumkin. Ta`lim-tarbiya jarayonida Keysdan foydalanish uchun o`qituvchi:
Dastur mazmunidagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni o`qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;
Dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga ko`ra yakka tartibda yoki o`quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni tashkil etilishini aniqlashi;
O`quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o`quv munozaralari orqali muloqotga kiritish yo`llarini rejalashtirishi;
Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o`quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim.
Biologiyani o`qitishda izohlashni talab etadigan biologik muammolar muhim o`rin tutib, o`quvchilarda ob`ektlarni tanish, ob`ektlar o`rtasida bog`lanishlarni aniqlashda ham Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud. Quyida botanikani o`qitishda Keys stadidan foydalanish imkonini beradigan muammoli masalalar berilmoqda:
masala. Lishayniklar tabiatda keng tarqalgan, hattoki dengiz va okeanlardagi suvdan chiqib qolgan qoyalarda ham o`sadi, lekin shaharlarda uchramasligining sababini aniqlang.
masala. O`rmonlarda qirqquloqlar juda ko`p uchraydi. Qirqquloqlarning ahamiyatini anglagan holda o`rmonchilar boshqa daraxtlarni kesib tashladilar. Natijada qirqquloqlar qirilib ketdi. Mazkur holatning sababini aniqlang va javobingizni sxema tarzida ifodalang.
masala. Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, qarg`a ham iste`mol qiladi. Chumchuq mevani cho`qiydi, qarg`a yutib yuboradi. Sizningcha bu qushlarning qaysi biri o`simlik uchun foyda keltiradi?
masala. Oq qayin o`rmondagi o`simliklarning 1-raqamlisi sanaladi, ya`ni dastlab oq qayin o`sa boshlaydi va o`rmon hosil qiladi. Lekin, oq qayinli o`rmon vaqtinchalik sanaladi. O`rmonda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni sxematik tarzda ifodalang.
masala. Ma`lumki, o`simlikning ildiz sistemasi uning o`sayotgan muhitga bog`liq. Botqoqlikda yoki cho`lda o`sayotgan o`simlikning ildizi nisbatan rivojlangan bo`lishini aniqlang.
O`quvchilar ushbu muammoli masalalarni hal etish jarayonida avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo`llashi, o`z javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil fikr yuritish ko`nikmalari rivojlantiriladi.
Quyida zoologiya darslarida Keys stadidan foydalanish uchun zarur bo`ladigan muammoli masalalardan namunalar berilmoqda.
masala. Nima sababdan qushlarda diafragma bo`lmaydi-yu, sut emizuvchilar uchun diafragma zarur?
masala. Faraz qiling sizga qushning skeleti berilib, uning qaysi muhitda yashaganligi va qanday oziq turi bilan oziqlanganligini aniqlash so`raldi. Siz avvalo nimalarga e`tibor qaratish lozimligi va qanday aniqlashni tavsiya etgan bo`lardingiz?
masala. Xasharotlarda yurak urushining chastotasi tana hajmiga bogliq emas. Buni qanday izohlash mumkin?
masala. Qushlarda tish bo`lmasligi qaysi organlarining o`zgarishiga olib kelgan? Siz bu holatni qanday izohlaysiz?
Masala. Odamni operatsiyaga tayyorlash jarayonida narkoz maskasi yuz tomoniga qo`yiladi. Hasharotlarni tinchlantirish uchun narkoz maskasini qaerga qo`yishni tavsiya etasiz?
Odam va uning salomatligini o`qitishda foydalaniladigan muammoli masalalar nafaqat shu o`quv fani balki avvalgi sinflarda o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo`llashi orqali fanlar o`rtasidagi aloqani amalga oshirish, shuningdek, bilimlarni tizimga solib, yaxlit tasavvur qilish, o`z javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalari rivojlantiriladi.
masala. 150g go`sht iste`mol qilinganda organizmda 150 kk energiya hosil bo`ladi, u 100 g nondan hosil bo`lgan 300 kkal energiyasiga nisbatan 2 marta kam bo`lishiga qaramasdan odamni to`q tutadi. Mazkur holatning sababini tushuntiring.
masala. Ko`zning to`r pardasida 2 tipdagi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlari bo`lgan hayvonlar, to`r pardasida bir xil tipdagi retseptorlar bo`lgan hayvonlarga nisbatan qanday afzallikka ega bo`ladi?
masala. Ko`z soqqasida suyuqlik bilan to`lgan shishasimon tanacha joylashgan. Mazkur shishasimon tanachaning suyuqlik bilan to`lganligining ahamiyatini tushuntiring. Agar shishasimon tanacha havo bilan to`lganida qanday o`zgarish sodir bo`lardi.
masala. Odam organizmining 1 minutda qancha energiya sarf qilishini yurak urushining chastotasi (puls) yordamida quyidagi formula yordamida:
Q = 0,2 xA- 11,3; aniqlash mumkin. Bu yerda Q- energiya miqdori;
A- yurak qisqarishining chastotasi (puls), qolgan kattaliklar o`zgarmas sonlar.
Agar odam yuragi tinch holatda 70 marta urayotgan bo`lsa, unda bir minutda qancha energiya sarf bo`ladi? Bir soatda-chi? Bir sutkada-chi?
masala. Odamning nafas olish organlari butunligiga qaramasdan uzunchoq miyaning zararlanishi nafas olish jarayonining to`xtashiga olib kelishining sababini tushuntiring.
“Biosfera evolyutsiyasi. Biogenez, Noogenez, Noosfera” mavzusida Keysni quyidagicha o`tkazish tavsiya etiladi.
topshiriq. Biosferaning noosfera bosqichida biosfera gomeostaz holatining buzilish sabablarini aniqlang. Yuzaga kelgan muammolarni tartib bilan yozing.
1-muammo:_________________________________
2-muammo:_________________________________
Muammoning namoyon bo`lish sabablari:
Muammoni hal etish yo`llari:
Muammoni barataf etish tadbirlarini rasmiylashtirishda tayanch atamalar asosida konspekt tuzing:
1-muammo: 2-muammo:
Muammoning namoyon bo`lishi
a) Insonning tabiatga salbiy ta`siri
|
b) Parnik effekti
|
v) Texnika progressi
|
|
|
|
Muammoni hal etish yo`llari:
1. 3.
4.
2-topshiriq. Biosfera gomeostaz holatining buzilishni oldini olish tadbirlarini belgilang.
Biosfera gomeostaz holatini saqlash tadbirlari
|
Davlat miqyosida
|
Aholi tomonidan
|
|
| 3-topshiriq. Insonning tabiatga ko`rsatgan salbiy ta`siri yuzasidan fikringizga asoslanib TAKIFMX jadvalini to`ldiring.
T — tahlil ; A — afzalligi; K—kamchiligi; I—imkoniyatlari;
FM— foydalanishdagi muammolar; X— xulosa
TAKIFMX — jadvali
O`quv jarayonida Keys stadi texnologiyasidan foydalanish bosqichlari berilmoqda.
Keys stadi quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:
- bosqich. O`qituvchining kirish so`zi. Keys qoidalari bilan tanishtirish. O`quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
- bosqich. Kichik guruhlarga muayyan jarayonni o`rganish maqsadida shakllantirilgan muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
- bosqich. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish.
- bosqich. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborotlarini tinglash.
- bosqich. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv baxsi va munozara o`tkazish
- bosqich. Umumiy xulosa yasash.
“Keys stadi” qo`llanilganda o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi, shaxs sifatida aqliy rivojlanishi va kasbiy tayyorgarligi ortadi. O`quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.
Ta`lim – tarbiya jarayonida o`quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o`zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o`rin tutadi, shu sababli o`qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar zanjiri” tizimiga keltirishi kerak.
“Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta`riflari bo`lib, ulardan o`qituvchi o`tgan mavzuni yakunlash, yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanganligi sababli lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |