Qishloq xo‘jaligiga oid matnli, jadvalli, formulali va diagrammali hujjatlar yaratish usullari
Microsoft Wordda qishloq xo‘jaligiga oid matnli, jadvalli, formulali va diagrammali xujjatlar yaratishda Вставка varaqasini Таблица guruhiga mansub Таблица nomli buyruqdan foydalaniladi.
Таблица buyrug‘iga oid marker bosilganda muloqot oynasi ochiladi. Foydalanuvchiga bu oynada 10 ta ustun va 8 ta satrdan iborat jadval taqdim qilinadi. Bu jadval ustida sichqoncha ko‘rsatkichi harakatlantirilib kerakli o‘lchamlar ajratilsa (masalan 5 ta ustunli, 4 satrli) ajratilgan o‘lchamdagi jadval xujjatga o‘rnatiladi.
O‘lchami 10 ta ustun va 8 ta satrdan katta bo‘lgan jadvallar tuzish uchun Таблица/Вставить tablisu... buyrug‘i bilan ochiladigan Вставка таблицы (Jadvallar qo‘yish) muloqot oynasidan foydalaniladi. Bu oynani Число столбцов (Ustunlar soni) va Число строк (Satrlar soni) maydonlariga tegishli parametrlar o‘rnatilib OK tugmasi bosilsa, ko‘rsatilgan o‘lchamdagi jadval xujjatiga o‘rnatiladi (3.1-jadval).
3.1-jadval.
Jadval ustida amallar bajarish uchun uni to‘liq belgilash kerak bo‘ladi. Jadvalni to‘liq belgilash uchun, sichqoncha ko‘rsatkichi jadvalga keltirilib jadvalning chap tomonini yuqori qismida faol bo‘ladigan nishoncha bosiladi yoki kontekst menyudan Выделить:Таблица (Jadvalni belgilash) buyrug‘i beriladi.
Jadval ustida amallar bajarish uchun uning kontekst menyusi buyruqlaridan ham foydalanish mumkin.
Masalan, jadvalni chap tomonidan ustun qo‘shish talab qilinsa, kerakli ustun ajratilib, kontekst menyudan:
ВставитьВставить столбцы слева buyrug‘i beriladi.
Jadval kontekst menyusini buyruqlari bilan: kataklarni o‘chirish (Удалить ячейки... buyrug‘i bilan); jadvalni, jadval katagini, jadval ustunini, jadval satrini belgilash
(Выделить buyrug‘i bilan), ajratilgan satrlar, ustunlar va diapazonlarni birlashtirish (Ob’edinit yacheyki buyrug‘i bilan) mumkin va h.k.
Jadval faollashtirilganda Word oynasining varaqali satrida Работа с таблицамы: Конструктор (Jadvallar bilan ishlash: Конструктор) va Работа с таблицамы: Макет (Jadvallar bilan ishlash: Maket)kontekst varaqalar o‘rnatildi. Jadvallar bilan ishlashda qo‘llaniladigan barcha amallar shu ikkita kontekst varaqa buyruqlari asosida olib boriladi.
,
Endi Wordda tuzilgan jadvallar uchun qanday stillarni qo‘llash mumkin?- degan savolga to‘xtalamiz. Ilovada jadvallarni taqdim qilishni ko‘plab stillarini o‘rnatilgan. Bu stillar foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Stillar (jadval ko‘rinishini o‘zgartirish)ni qo‘lashni keltirilayotgan 3.2-jadval misolida qarab chiqaylik.
3.2-jalval
Tuman xo‘jaliklari bo‘yicha paxta yetishtirish va sotish bo‘yicha ma’lumot,t
Xo‘jaliklar
1-nav
2-nav
3-nav
4-nav
Bobur
435
290
320
180
Buston
520
310
239
156
Samarqand
356
234
300
210
Ilm
180
120
156
221
Jami
2411
1464
1451
977
Jadvallar ko‘rinishini stillar orqali o‘zgartirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Berilgan jadval ajratiladi. Natijada Word oynasining varaqali satrida Работа с таблицамы: Конструктор (Jadvallar bilan ishlash: Конструктор) va Работа с таблицамы: Макет (Jadvallar bilan ishlash: Maket) kontekst varaqalar o‘rnatildi.
Varaqa maydonidan Работа с таблицамы: Конструктор kontekst varaqa faollashtiriladi