Hujjatlarga ob’ektlarni o‘rnatish
Microsoft Word 2010 xujjatida ob’ektlarni o‘rnatish uchun Вставка varaqasini Илюстрации (Illustrasiyalar)
guruhiga mansub Рисунок (Rasm), Картинка (Tasvir), Фигуры (Figuralar), SmartArt, Диаграмма,Снимок (Su’ratga
olish) buyruqlaridan foydalaniladi.
Buyruqning vazifasi. Вставка varaqasini Рисунок (rasm) vazifasi kompyuterdagi tasvirli fayllarni joriy xujjatga o‘rnatishdan iborat.
Вставка varaqasidan Рисунок (rasm) buyrug‘i beriladi;
Вставка risunka muloqot oynasi chiqariladi;
Вставка рисунка muloqot oynasi.
Вставка рисунка muloqot oynasidan operatsion tizimga oid Изображения, Документы yoki foydalanuvchiga tegishli papkalar faollashtiriladi va tasvirli fayllar tanlanib, Вставить buyrug‘i beriladi.
Вставка varaqasini Картинка buyrug‘ini bilan ishlash
Вставка varaqasini Картинки buyrug‘ini vazifasi xujjatlarga: kliplar, fototasvirlar, tovushlar, rasmlar, filmlar o‘rnatishdan iborat.
Вставка varaqasini Картинки buyrug‘i berilganda oynani chap toponiga Картинка paneli o‘rnatiladi.
Картинка panelini Искать darchasida izlanayotgan faylni kengaytmasi yoziladi, masalan, *.png yoki *.gif va Начать tugmasi bosiladi.
Natijada Картинка paneli darchasida topilgan faylarni keraklisi sichqoncha bilan ajratilib faollashtirilsa tanlangan faylda tasvir xujjatga o‘rnatildi.
Фигуры (figuralar) buyrug‘i bilan ishlash Bu buyruq berilganda chiziqlar, to‘g‘ri
to‘rtburchaklar, asosiy figuralar, figurali
strelkalar, blok sxemalar, yulduzlar va varaqali tasvirlar guruhlari iborat menyu ochiladi.
Bu tasvirlarni xujjatga o‘rnatish uchun:
Вставка varaqasidan Фигуры (figuralar) buyrug‘i beriladi;
Ochiladigan menyudagi tasvirlardan keraklisi sichqoncha ko‘rsatkichi bilan faollashtiriladi. Natijada sichqoncha ko‘rsatkichi + (plyus) ko‘rinishini oladi;
Sichqoncha ko‘rsatkichi bilan joriy xujjatni figura chiziladigan joyi tanlanadi va sichqonchani chap tugmasi bosib turgan holda harakatlantiriladi.
masalan, blok-sxema guruhiga mansub bo‘lgan perfolenta figurasini xujjatga joylashtirilgan ko‘rinishi rasmda keltirilgan kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
Xujjatga o‘rnatilgan figura sichqoncha bilan faollashtirilsa u rasmda keltirilgan ko‘rinishni oladi. Shu holatda figurani o‘lchamlari kerakli yo‘nalishda o‘zgartiriladi;
Figura ichiga matn yozish uchun u faollashtiriladi va kontekst menyudan Добавить текст buyrug‘i beriladi. So‘ngra figura ichiga matn yoziladi yoki boshqa ob’ektlar qo‘yiladi;
Matnga joylashtirilgan figura faollashtirilganda ilova oynasining varaqa nomlari keltirilgan satrida kontekstli varaqa deb nomlanuvchi Формат: Средства рисования (Chizish vositalari) varaqasi o‘rnatiladi;
Matnga joylashtirilgan tasvir faollashtirilganda ilova oynasining varaqa nomlari satrida va Формат: Работа с рисунками (Rasmlar bilan ishlash) kontekstli varaqa o‘rnatiladi.
Ilova shablonlaridan foydalanish Microsoft Word 10 faol
bo‘lganda yangi xujjat tuzish:
Панел быстрого доступа (Tez murojaat qilish) panelidan Создать buyrug‘i beriladi
Файл varaqasidan Создать buyrug‘i bilan ochiladigan oynani Новый документ (Yangi xujjat) panelidan Создать buyrug‘i beriladi
Файл varaqasini Создать buyrug‘i. Bu buyruq foydalanuvchiga turli xil shablonlar va formatlarda yangi hujjatlar yaratish imkoniyatini beradi.
Создать buyrug‘i bilan ochiladigan oyna Доступные шаблоны (Mumkin bo‘lgan shablonlar) va Новый документ (Yangi xujjat) kabi ikkita paneldan iborat bo‘ladi.
Доступные шаблоны (Mumkin bo‘lgan shablonlar) oynasida Новый документ , Запис блога, Образы шаблонов, Мои шабллоны kabi shablonlar keltiriladi. Masalan, Образы шаблонов (Shablon namunalari) buyrug‘i berilsa oynaga shu guruhiga oid shablonlarning turlari ochiladi
Ilova shablonlariga ko‘ra yangi xujjat tuzish ketma-ketligini misolda keltiramiz: Файл varaqasidan Создать buyrug‘i beriladi► Доступные шаблоны panelidan
Образы шаблонов buyrug‘i beriladi► Ochilgan oynadan kerakli shablon tanlanadi
(masalan, Обычное писмо (Oddiy xat)) ► Создать buyrug‘i beriladi. Natjada rasmларda keltirilgani kabi Обычное письмо shablonida yangi xujjat tuziladi.
Обычное письмо shablonida oddiy xat formati keltirilgan bo‘lib uning kerakli maydonlarda keltirilayotgan ko‘rsatmalarga muvofiq matnlar yoziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |