O’quvchilar jismoniy rivojlanishini gigienik baholash
Maqsad: Antropometrik ko’rsatkichlarini tekshirish usullarini o’rganish va olingan natijalar asosida o’quvchilar rivojlanganligini gigienik baholash.
O’quv jihozlari: Tarozi, bo’y o’lchagich, santimetrli lenta, spirometr, qo’l dinamometri.
Laboratoriya ishining nazariy qismi:
Antropometrik ko’rsatkichlar somotoskopik, somotometrik va fiziometrik tekshirish o’tkazish orqali aniqlanadi.
1. Somotoskopiya (tashqi kuzatish)da terining elastikligi, skelet muskullarining rivojlanganligi, skelet (ko’krak qafasi, oyoqlar qomat)ning normada rivojlanganligi aniqlanadi? bunda:
terini elastikligi bosh va ko’rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo’yib yuborish yo’li bilan aniqlanadi, ya’ni terini qo’yib yuborganda terida hech qanday iz qolmasa elastikligi yaxshi hisoblanadi;
skelet va muskullarning rivojlanganligi ko’z orqali aniqlanadi, ya’ni
skeletda normadan chetlanishlar bo’lmasa, muskullar shakli bilinib tursa (teridan bo’rtib chiqqan bo’lsa) rivojlangan hisoblanadi;
v) ko’krak qafasining shakli ko’z orqali kuzatilib, silindrsimon, konussimon,
yassi shakllari aniqlanadi;
g) oyoqlar shakli tizza va to’piqning tegib turishi orqali aniqlanadi, ya’ni son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib tursa normal, to’piqlar bir-biriga tegib turganda boldirlar tegmasi O shaklidagi oyoq va tizzalar tegib turganda boldirlar hamda to’piq tegmasa X shaklidagi oyoq hisoblanadi;
yassi oyoqlilik oyoq izi shakliga qarab aniqlanadi, ya’ni oyoqning chetlarining izi tushib, o’rta qismini izi tushmasa normal, barcha qismining izini tushishi yassi oyoqlilik hisoblanadi;
qomatning shakli ko’z orqali kuzatilib, normal, egilgan (boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan), lordoz (umurtqaning bel qismi normadan ko’proq oldinga bukilgan qorin chiqqan), kifoz (kuraklar qanotga o’xshash ko’tarilib turadi, bukir holat), skolioz (elkalarining biri past, biri baland) qomat shakllari aniqlanadi.
Somotometriyada bo’yning balandligi (tik va o’tirgan holda) vazni, ko’krak qafasining aylanasi, bosh aylanasi o’lchanadi.
Fiziometriyadafiziologik ko’rsatkichlar aniqlanadi? bunda:
spirometr yordamida o’pkaning tiriklik sig’imi o’lchanadi va quyidagi
jadval bilan solishtiriladi:
-
Havo turi
|
Havo miqdori (ml)
|
Nafas olish havosi
|
500
|
Qo’shimcha havo
|
1500
|
Rezerv havo
|
1500
|
O’pkaning tiriklik sig’imi
|
3500
|
qo’l dinamometri yordamida muskullar kuchi o’lchanadi va quyidagi jadval bilan solishtiriladi.
Yosh
|
O’ng qo’l
|
Chap qo’l
|
O’g’il
|
Qiz
|
O’g’il
|
Qiz
|
6
|
9,2
|
8,4
|
8,5
|
7,7
|
7
|
10,7
|
9,9
|
10,1
|
9,2
|
8
|
13,4
|
11,2
|
11,7
|
10,5
|
9
|
14,3
|
13,8
|
13.5
|
12
|
10
|
16,5
|
14,6
|
15,6
|
13,7
|
11
|
18,8
|
16,5
|
17,7
|
15,5
|
12
|
21.2
|
18.9
|
19.7
|
17,8
|
13
|
24.4
|
21.8
|
22.5
|
20,4
|
14
|
28,4
|
24,8
|
25,2
|
22,9
|
15
|
33,4
|
27
|
30,9
|
24,9
|
Kattalar
|
49,3
|
29,7
|
45
|
37,7
|
Do'stlaringiz bilan baham: |