“ Tabiiy va aniq fanlar ” ga ixtisoslashgan Respublika S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyining kimyo fani o'qituvchisi Nazarova Sh. M ning aniq yo'nalish 2-bosqich o'quvchilari uchun dars ishlanmasi.
Tuzlarning dissotsilanish tenglamasini ionlarning gidratlanishini hisobga olgan holda quyidagicha yozish kerak:
NaCl(k) Na1- (suvda) + СГ (suvda)
K3P 04(k) 3K+(suvda) + PO;}- (suvda)
Tarkibiga qarab tuzlarning quyidagicha turlari bo'ladi: o'rta tuzlar, nordon tuzlar, asosli tuzlar (gidroksituzlar); qo'shtuzlar
va kompleks tuzlar. Har qanday tuzni kislota bilan asosning o‘zaro ta’sirlashish, ya’ni neytrallanish reaksiyasi mahsuloti sifatida tasawur qilish mumkin. Masalan:
2Na0H+H 2S 0 4=Na2S04+2H20
Tajriba shuni ko'rsatadiki, o'rta tuzlar tarkibida vodorod ionlari ham, gidroksid ionlari ham yo'qligiga qaramay, ularning eritmalari ishqoriy, kislotali yoki neytral muhitli bo'ladi. Bu hodisani tuzlarning suv bilan o'zaro ta’siri orqali tushuntirish mumkin. Ishqoriy reaksiya beradigan natriy asetat CH3COONa eritmasini ко'rib chiqamiz. Natriy asetat suvda eritilganda kuchli elektrolit sifatida Na+ va CH3COO~ ionlarga to'liq dissotsilanadi. Bu ionlar suvning H+ va OH- ionlari bilan o'zaro ta’sirlashadi. Bunda Na+ ionlari OH- ionlarini bogiab molekula hosil qila olmaydi, chunki NaOH kuchli elektrolit bo'lib, eritmada faqat ionlar holida bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda asetat-ionlar H+ ionlarni bog'lab, kuchsiz elektrolit — sirka kislota molekulalari ni hosil qiladi, natijada H20 ning yangi molekulalari H+ va OH“ ionlarga dissotsilanadi. Bu jarayonlar quyidagicha muvozanat qaror topgunga qadar davom etadi:
c h 3c o o - + h += c h 3c o o h
h 2o = h ++ o h
Bir vaqtda sodir bo'ladigan jarayonlarning umumiy tenglamasi quyidagicha bo'ladi:
c h 3c o o ++ h 2o = c h 3c o o h + o h
Bu tenglama kuchsiz elektrolit (sirka kislota) hosil bo'lishi natijasida suvning dissotsilanishining ionli muvozanati siljishini va ortiqcha OH- ionlar paydo bo'lishini, shu sababli eritma ishqoriy reaksiya berishini ko'rsatadi. Tuz ionlarining suv bilan o‘zaro ta’sirlashib, kuchsiz elektrolit hosil qilishi tuzning gidrolizlanishi deyiladi.
Tuzlarning gidrolizlanish hollari. Har qanday tuzni kislota bilan asosning o‘zaro ta’sir mahsuloti sifatida qarash mumkin. Masalan, natriy asetat CH3COONa kuchsiz kislota CH,COOH bilan kuchli asos NaOH dan ammoniy xlorid NH4C1 — kuchsiz asos NH4OH bilan kuchli kislota HCI dan, CH3COONH4 — kuchsiz kislota CH3COOH bilan kuchsiz asos NH4OH dan, NaCl esa — kuchli asos NaOH bilan kuchli kislota HCI dan hosil bo‘lgan. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan hosil bo'lgan barcha tuzlar gidrolizga uchraydi. Ular eritmada ishqoriy m uhit hosil qiladi (pH>7). Ammoniy xlorid NH4C1 eritmasida teskari holat yuz beradi. Bu holda kuchsiz elektrolit NH4OH hosil bo‘ladi. Natijada OH~ ionlarning bir qismi NH4+ ionlari bilan bog‘lanadi. H+ ionlari esa ortiqcha bo‘lib qoladi. Demak, NH4C1 ning gidrolizlanishi natijasida shu tuzning eritmasi kislotali reaksiyaga (pH<7) ega bo'ladi. Uning gidrolizlanish tenglamasini* shunday yozish mumkin:
NH+,+H ,0=N H ,0H +H + A 2 4
yoki aniqrog‘i:
n h +4+ h 2o = n h 3 h ,o + h +
Kuchli kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar ham gidrolizlanadi. Ular eritmada kislotali m uhit (pH<7) hosil qiladi. Kuchsiz kislota kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlar yanada osonroq gidrolizlanadi, masalan CH3COONH4. Bu tuzning ionlari bir vaqtning o'zida H+ va OH- ionlarni bog'lab, suvning dissotsilanish muvozanatini siljitadi:
Bu holda eritmaning muhiti gidrolizlanish mahsulotlarining — kislota bilan asosning dissotsilanish darajasiga bog'liq bo'ladi; agar OH- ionlar ko'p bo'lsa eritma ishqoriy, agar H+ ionlar ko'p bo'lsa — kislotali, agar ularning soni bir xil bo'lsa — neytral bo'ladi.
Tuzning elektrolitik dissotsilanish natijasida hosil bo'ladigan ionlari suv bilan kuchsiz (каш d.iss9t§ilang(jigan) eletrolitlar hosil qila oladigan barcha hollarda tuzlar gidrolizlanadi.
Ko'pchilik tuzlar uchun dissotsilanish — qaytar jarayon. Gidroliz mahsulotlari chiqib ketadigan taqdirda gidroliz qaytmas bo'ladi, masalan:
Protolitik nazariya gidrolizni proton kislotadan asosga o'tadigan reaksiya sifatida qaraydi, chunki suv kislota rolini ham, asos rolini ham o'ynashi mumkin. Masalan, protonning akseptori hisoblanadigan asetat-ion suv bilan kislota ta’sir ettirilgandagi kabi reaksiyaga kirishadi:
Protonning donori hisoblanadigan ammoniy kationi NH+4 esa suv bilan asos ta’sir ettirilgandagi kabi reaksiyaga kirishadi:
NaCl + H20 = NaOH + HCI T
NH4 + H20 NH3 + Н30 +
kislota( asos2 asos! kislota2
Uyga vazifa: MAVZUNI O’QIB O’ZLASHTIRISH. O’TILGAN MAVZULAR BO’YICHA TEST SAVOLLARI TUZISH. O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINGIZNI ISH DAFTARINGIZGA YOZING. O’qituvchi: Nazarova Sh. E’tiboringiz uchun rahmat!