1. Halqa hosil qilishni tugallash.
Tugallash operatsiyasi bajarilishi jarayonida eski halqa ilgak ostidan igna o’zagi bo’ylab pastga siljitiladi. Siljitilgan masofa igna ilgagi uchi bilan eski halqa oralig’iga yangi ipni qo’yish imkonini berishi kerak (2.1-rasm). Yangi halqa hosil qilish uchun eski halqani 1 holatdan II holatga siljitish zarur.
2. Ipning ignaga qo’yilishi.
Bunda ip yurgizgich (nitevod)ning ignalarga nisbatan siljishi natijasida yangi ip ignalarning o’zagiga ketma-ket qo’yiladi. 2.2-rasmda ipni to’g’ri chiziq shaklida igna o’zagida qo’yilgani ko’rsatilgan.
3. Ipni egish.
Bunda ignaga qo’yilgan ip igna o’zagida egiladi (2.3-rasm). Halqa hosil qilish jarayonining trikotaj usulida halqaning katta-kichikligi shu operatsiyaga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |