4-LABORATORIYa IShI
Mavzu: Ikki ignadonli yassi fang, interlok, tanda to’quv mashinalarida to’quv usulida halqa hosil qilish jarayoni.
Ishdan maqsad: Ikki ignadonli yassi fang rusumidagi mashinada to’quv usulida halqa hosil qilishning har bir jarayonini o‘rganish
Ish bajarIsh tartibi
1. Mashinalarning umumiy tuzilishi, halqa hosil qilish a’zolarining o’zaro joylashishi va ularning mashinadagi harakati bilan tanishing.
2. Mashinalar zamoklarining tuzilishini o’rganing, ulardagi klinlarning vazifalarini aniqlang.
3. Mashinalarda halqa hosil qilish jarayonini o’rganing, ipning egilish chuqurligini, taranglik darajasi va to’qimaning tortish kuchini hosil qilinayotgan halqa ipi uzunligiga ta’sirini atroflicha o’rganing.
Hisobot yozish uchun kO’rsatmalar
1. Mashinaning texnik tavsifi, qaysi maqsadlarda qo’llanishi, ishlatiladigan ip va kalava iplarning turlari, chiziqli zichliklariga to’liq izoh bering.
2. Mashinada zamoklari sxemalarini chizib, klinlar vazifasini va ularni sozlash yo’llarini ko’rsating.
3. Mashinada halqa hosil qilish jarayoni operatsiyalarini chizib, har biriga qisqacha izoh bering, hisobotga mashinalarda to’qilgan to’qimalardan namunalar keltiring.
4. lastik, glad, fang va yarim fang, ikki ignadonda trubkasimon glad’, to’qimalari to’qilganda zamoklardagi klinlar holatini chizib ko’rsating.
Tekshirish uchun savollar
1. Igna tilchasini ochilishiga nima majbur etadi? Eski halqa igna tilchasidan igna o’zagiga tushganda tilchani yopilib qolishdan nima saqlaydi? Ikki ignadonli aylana to’quv mashinasida qanday ignalar qo’llaniladi, bu ignalar tovonchalari qanday vazifani bajaradi va ignalar ignadonga qanday joylashtiriladi?
2. Ip yurgizgichni joylashishi ipni qo’yish operatsiyasiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Ignadonlar orasidagi masofaning (zev) ahamiyati va uning to’qima sifatiga ta’siri qanday?
3. Mashinadagi cho’tkaning vazifasi, uning joylashishidagi nosozliklardan to’qimada qanday nuqsonlar paydo bo’ladi? Ikkinchi ignadon ignalariga ip qaysi vaqtda qo’yiladi va birinchi ignadon ignalari bu vaqtda qaysi operatsiyani bajarayotgan bo’ladi?
4. Ikkinchi ignadon ignalaridagi halqalar nimani hisobiga hosil qilinadi? Ignadon tishlarini vazifalari nimadan iborat?
5. Alohida sistemalarda to’qima zichligini qanday qilib o’zgartirish mumkin? Tugallash operatsiyasi bajarilayotganida eski halqani igna bilan birga ko’tarilmasligiga nima qarshilik ko’rsatadi?
6. Hosilali glad’ to’qimasini olish uchun hohlagan bir ignadonni o’chirib qo’yish mumkinmi?
7. Halqa hosil qilish jarayonining qaysi usulida (to’quv usulida ketma-ket taqsimlamasdan yoki taqsimlab) mashinada ko’p sistemalar (tizimlar) o’rnatish mumkin? Birlashtirish, tashlash va shakllantirish operatsiyalarini noto’g’ri bajarilishi trikotajda qanday nuqsonlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi?
8. Zamok klinlari yordamida trikotaj zichligi qanday qilib o’zgartiriladi va ipning egilish chuqurligi nima bilan o’lchanadi? Ipni egish operatsiyasi qanday va qaysi vaqtda bajariladi? Halqa ipi uzunligi nima yordamida aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |