2-LABORATORIYa IShI
Mavzu: Bir ignadonli ko’p tizimli mashinalarda to’quv usulida halqa hosil qilish jarayoni
Ishdan maqsad: Bir ignadonli MS-9, «FUKUHARA» rusumidagi aylana to’quv mashinasida to’quv usulida halqa hosil qilishning har bir jarayonini o‘rganish
ISh BAJARISh TARTIBI
1. MS-5, «FUKUHARA» mashinalarining umumiy tuzilishi va halqa hosil qilish a’zolarining o’zaro joylashishi hamda ularning harakati bilan tanishing.
2. Halqa hosil qilish a’zolarining sxemalarini chizing va ularning ayrim qismlarining vazifalarini ko’rsating.
3. Igna va platinalarni harakatga keltiruvchi klinlar (ponalar) joylashgan zamok (zulfin) sxemasini chizing va ularning bajaradigan ishlarini ko’rsating.
4. MS-9, «FUKUHARA» mashinasida halqa hosil qilish jarayonini hamda kalava ipning egilish chuqurligini, yangi ipniing taranglik darajasini, to’qimani tortish kuchini halqa ipi uzunligiga ta’sirini o’rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |