Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi


-MAVZU: Paypoq mahsulotlarini tovon va uch qismlarini to’qish texnologiyasi



Download 17,19 Mb.
bet39/72
Sana13.09.2021
Hajmi17,19 Mb.
#173536
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Bog'liq
UMK-TMTJ 3-kurs

8-MAVZU: Paypoq mahsulotlarini tovon va uch qismlarini to’qish texnologiyasi

Reja: 1.Paypoq mahsulotlarining tovon qismini aylana ignadonli paypoq to’quv avtamatlarida to’qish jarayoni

2.Aylana ignadonli paypoq to’quv avtomatlarida paypoq maxsulotlarining uch qismini avtomatik yopib to’qish


8.1. Paypoq mahsulotlarining tovon qismini aylana ignadonli paypoq to’quv avtamatlarida to’qish jarayoni

Paypoq mahsulotlarini naysimon qismiga, tovon qismini tashkil etuvchi halqa qatorlari kiritilsa, ularning shakli yaxshilanadi. Maxsus halqa qatorlari, to’liqmas halqa qatorlaridan tashkil topgan bo’lib, ular avtomatik tarzida ignadonning ma’lum qism ignalarida hosil qilinadi. To’liqmas halqa qatorlari, ignadonni bir tomonlama aylanishida yoki aylanma-qaytma (revers) aylanishida hosil qilinadi. Vaqtinchalik to’liqmas halqalarni hosil qilishda, qatnashmayotgan ignalar, ilgariroq hosil qilingan halqalarini, igna ilgagi ostida tutib turadilar. Vaqtinchalik ishdan o’chirilgan ignalarning halqa ustunchalari halqalari kam bo’lganliklari sababli, ularning uzunliklari ham boshqa halqa ustunchalarnikiga nisbatan kaltadir. Natijada paypoqning naysimon qismi egilib, oyoq tovonining sferik shakliga yaqinlashadi.

Paypoq mahsulotlarining tovon qismini to’qish usuliga ko’ra, bir necha turi mavjud. Tovon qismini mumtoz usulda to’qishni ko’rib chiqamiz. Bu usulda paypoqning tovon qismini to’qish barcha bir ignadonli KAS, O3D, Sport, Lambda rusumli zamonaviy va mavjud mashinalarda qo’llaniladi.

KAS rusumli paypoq to’quv avtomatining zamonaviy takomillashgan turi bugungi kunda Rossiya va Hindistonda ishlab chiqarilmoqda. Takomillashgan KAS avtomatlarining o’ziga xosligi, avtomatni boshqarishda baraban va zanjir o’rniga kompyuterli dastur qo’llanilmoqda. Natijada avtomatning texnologik imkoniyati (naqsh samaradorligi) va ishlab chiqarish samaradorligi ortgan.

Mumtoz usulda to’qilgan tovon qismini tekislikda yoyilgan holatini olish uchun halqa ustunchalari bo’ylab AA chiziq bo’yicha, ko’ndalang yo’nalishda esa VV chizig’i bo’ylab qirqamiz (8.1. a-rasm). Tovon qismining tekislikdagi yoymasi 8.1. b - rasmda keltirilgandek bo’ladi. Tovonning trapesiyasimon qismi I, halqa qatorlarini birin ketin qisqarishi I/2 dan (nuqtalar v,g) I/5 yoki I/6 (nuqtalar a, b) ko’rinishga egadir.

8.1-rasm. Paypoq tovon qismining yoymasi


Bunda I ignadondagi ignalar soni, tovonning boshqa trapesiyasimon qismi II, halqa qatorlarini I/6 dan I/2 - 2 gacha ortib borgan halqalar soni bilan hosil qilingan. Tovon qismining halqa qatorlari, ignadon ignalarini aylanma-qaytma (revers) aylanishida to’qilgan. Ignadonning yarim ignalari (katta tovonchali) to’qishda qatnashmay, ignalarda shakllangan halqalarini saqlab qolishgan.

Tovonning birinchi qismi, ya’ni uning birinchi yarim kalta tovonchali ignalarda to’qila boshlanib, har bir halqa qatori boshlanishda ignalar soni bittaga qisqargan. Ignadonni aylanma-qaytma (revers) aylanishida bittadan igna o’chirilib, (halqalarni qisqartirish) piramidasimon shaklga erishilgan. Tovon qismining ikkinchi yarmi ham, ignadonni aylanma-qaytma (revers) aylanishida, ilgarigi o’chirilgan ignalarni ishga tushirish bilan hosil qilingan. Tovon qismini to’qish jarayoni tugagandan so’ng, ignadon ignalar bilan birgalikda bir tomonlama aylanishga o’tib, mahsulotni keyingi qismlarini, ignalarni to’liq ishga tushirish soni bilan davom ettiradi. Natijada tovon qismi to’liq bo’lmagan halqa qatorlaridan tashkil topganligi uchun, kerakli cho’ntak shaklga ega bo’ladi. Paypoqning tovon qismini hosil etishda xalqalarni bir-birlari bilan birlashishi, yuqorida ta’riflangan ignalarni o’chirish va ishga tushirishning ketma-ketligi natijasida, paypoqning “V” chok qismi xosil etiladi. Natijada paypoqning tovon qismi mumtoz usulda xosil etiladi. Paypoq to’quv avtomatida poypoqning tovon qismini to’qish jarayoni o’ziga xos bo’lib, u quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.



v

g

A

a

A

G


b


v

b

b

8.2-rasm. Aylanaignadonlipaypoqto’quvavtomatininghalqahosilqilisha’zolarinijoylashishisxemasi


8.2-rasmda KAS, LAMBDA, barcha zamonaviy bir aylana ignadonli paypoq to’quv avtomatlarining halqa hosil qilish a’zolarining umumiy shartli tuzilishi va joylashishi tasvirlangan. (8.2-rasm, a - reja, 8.2-rasm, b tekslikdagi yoymasi). Paypoqning tovon qismini to’qishgao’tish vaqti, ignadonni soat strelkasiga qarama-qarshi aylanishiga o’tishi bilan to’g’ri keladi. Igna, ignadonning aylanma-qaytma (revers) aylanishiga o’tishida, katta tovonchali ignalar tovon zulfi yordamida ishdan o’chiriladi. (sxemada qalin chiziq qilib belgilangan). Ignadon aylanishi o’zgargan holatda, zulf yo’llarida igna tovonchalari bo’lmasligi lozim. Chunki zulf va igna qurilmasi, igna tovonchalariga tasir etib, ularni shikastlantirib (sinib) ishdan chiqarishi mumkin. Shu sababli uzun tovonchali ignalar 2, tovon zulfi G yordamida ishdan o’chirilib,zulf ustida joylashib harakatlanadilar. Ignadonni boshqa tomonida joylashgan kalta tovonchali ignalar 1, ishchi satxda bo’lib, zulfning to’quv yo’lagidan tashqarisida (8.2.b - rasm) joylashgan bo’ladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish