Harakatlantiruvchi tanlanish.
Muhit sharoiti o‘zgargan taqdirda u yoki bu turga kiruvchi individlar orasida irsiy o‘zga ruvc hanlikka, shu bilan yangi sharoitga anchagina mos keladigan belgi-xossalarga ega organizmlar saqlanib qolib, o‘zgarmagan organizmlar nobud bo‘ladi. Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning
46-rasm. Tabiiy tanlanish formalari:
Stabillashtiruvchi (A), harakatlantiruvchi (B) va dizruptiv (C) tanlanish- ning ta’sir etish sxemasi. F—avlodlar. Populyatsiya to‘lqinidagi qirilib ketgan variantlar shtrixlar bilan ifodalangan. Bir avlod ichidagi tanla nishning aylana yoy ko‘lami uning reaksiya normasiga mos.
ko‘pligini uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko‘ta rilmay, turli yoriq, kovaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean orollarida hasharotlarning uzun qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli va qanotsiz individlarining kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi.
Dizruptiv tanlanish. Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individlar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohida shakli bo‘lgan dizruptiv tanla- nish natijasidir. Chunonchi, ikki nuqtali tugmachaqo‘ng‘izning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo‘lib, yoz oylarida esa kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qattiq qa- notli formalilari qishda past haroratga bardosh berolmay, ko‘p- roq nobud bo‘ladi va yoz oylarida esa ko‘p nasl beradi. Demak, yilning turli fasliga moslashish orqali bu ikki xil tugmacha qo‘ng‘iz guruhi o‘z naslini asrdan asrga saqlab kelmoqda.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |