Tabiiy tanlanish Jinsiy tanlanish Harakatlanuvchi tanlanish


Tabiiy tanlanishning shakllari



Download 4,29 Mb.
bet8/9
Sana05.04.2022
Hajmi4,29 Mb.
#530902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
new. Jinsiy va tabiiy tanlanish turlari

Tabiiy tanlanishning shakllari




Stabillashtiruvchi tanlanish. Organizmlar yashayotgan muhit sharoiti davrlar o‘tishi bilan asta-sekin o‘zgara borishi yoki nisbatan o‘zgarmay qolishi mumkin. Har ikki holda ham muayyan sharoitda yashayotgan individlarning ba’zilarida mutatsion, kombinativ o‘zgarishlar bo‘lishi, boshqalarda esa oldingi avlodlarga o‘xshash belgi-xossalar saqlanishi tabiiydir. Muhit-sharoitning ko‘p va oz darajada doimiyligi natijasida bir turga mansub individlar orasidan tabiiy tanlanish avlodlarga xos belgi-xossalarga ega bo‘lgan, ya’ni shu sharoitga moslashgan individlarni saqlab, keskin irsiy o‘zgarishga ega individlarni nobud qiladi. Buning oqibatida, masalan, qadimgi panjaqanotli baliqlar avlodi latimeriya, sudralib yuruvchilardan gatteriya, sutemizuvchi hayvonlarning tuxumidan ko‘payuvchi, shuningdek, xaltali xillari, ochiq urug‘li o‘simliklardan — ginkgo biloba bir necha million yillar davomida deyarli o‘zgarmagan holda saqlanib kelmoq da. Tashqi muhitning deyarli o‘zgarmas mo‘tadil sharoitda avlod-ajdod belgilari o‘zgarmagan individlarning saqlanib qo lishi, o‘zgarganlarining esa qirilib ketishiga stabillashtiruvchi tanlanish deyiladi (46-rasm).
Tabiatda haqiqatdan ham stabillashtiruvchi tanlanish mavjud ekanligini ko‘pgina misollarda ko‘rish mumkin. Masalan, 1892yili Shimoliy Amerikada qattiq qor bo‘ronidan so‘ng Bempes tomonidan 136 ta o‘rtacha chalajon chumchuqlar issiqroq xona- ga keltirilganda, ulardan 72 tasi tirilgan, 64 tasi esa o‘lgan. Ular tekshirilganda tirik qolgan chumchuq qanotlari o‘rtacha uzunlikda, o‘lganlarning qanoti nisbatan uzun yoki qisqa ekanligi ma’lum bo‘lgan. Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2—3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi.



Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish