Tasviriy ko`rgazmali vositalar
Tabiiy ravishda barcha amaliy mashg`ulotlarda o`simliklar, hayvonlar va boshqa tabiiy ob`ektlarni ko`rsatib bo`lmaydi. Ko`pgina xayvon, o`simliklarni,
tirik tabiatning rivojlanish jarayonlari, qonuniyatlar maxsus tayyorlangan tasvirli ko`rgazma qurollar yordamida tushuntiriladi.
Tasviriy ko`rgazmali vosita nihoyatda xilma-xil. Ulardan mulyajlar, statik, dinamik modellar, rangli jadvallar, rasmlar, didaktik kartochkalarni ko`rsatib o`tish o`rinlidir.
Mulyajlar – tabiiy ob`ektlarning aniq ko`chirilgan nusxasi bo`lib, undan o`qituvchi amaliy mashg`ulot mavzusini tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni nazorat qilish va baholashda foydalanishi mumkin.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida Janubiy Koreyadan keltirilgan jihozlar ichida odam tanasining anatomik tuzilishi, odam skeleti, odam asab tizimi, ko`zning tuzilishi, yurakning tuzilishi, quloqning tuzilishi, nafas olish tizimi, qon aylanish, ayirish organlari, ovqat hazm qilish, bosh miyaning tuzilishi, ko`payish organlarining mulyajlari mavjud.
O`qituvchi ushbu mulyajlardan nafaqat amaliy mashg`ulot mavzusini tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni nazorat qilish va baholash, balki talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda ham foydalanishi mumkin. Buning uchun o`qituvchi talabalarning mustaqil ishlari uchun o`kuv topshiriqlarini didaktik kartochka sifatida tayyorlashi lozim.
Masalan, “Ovqat hazm qilish organlar sistemasi” mav zusini o`rganishda talabalarga quyidagi topshiriqlarni tavsiya etish mumkin:
Ovqat hazm qilish organlar sistemasining ahamiyatini aniqlang.
Ovqat hazm qilish organlar sistemasiga kiradigan organlarni aniqlang. Ularning ketma-ketligini sxematik tasvirlang
Mulyajni ko`rib chiqing, har bir organning tuzilishi va funktsiyasini aniqlang.
O`rganilgan materiallar asosida quyidagi jadvalni to`ldiring.
“Ovqat hazm qilish organlar sistemasi”
№
Organlar
Tuzilishi
Funktsiyasi
Modellar tabiiy ob`ektlarning tasviri bo`lib, uning nusxasi emas, balki asosiy xususiyatlarini sxema tarzida ifodalaydi. Modellar yassi, hajmli, statik va dinamik bo`lishi mumkin.
O`qituvchi ushbu modellardan nafaqat amaliy mashg`ulot mavzusini tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni nazorat qilish va baholash, balki talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda foydalanish mumkin. Buning uchun o`qituvchi talabalarning mustaqil ishlari uchun o`kuv topshiriqlarini didaktik kartochka sifatida tayyorlashi lozim. Masalan, “Nuklein kislotalar” mavzusini o`rganishda talabalarga quyidagi topshiriqlarni tavsiya etish mumkin:
Nuklein kislotalarning turlari, ularning tuzilishi va funktsiyasini aniqlang.
DNK tuzilishidagi o`ziga xoslikni aniqlang.
Sizga berilgan nukleotidlarning modelidan foydalanib, DNKning qo`sh zanjirini tiklang.
O`rganilgan materiallar asosida quyidagi jadvalni to`ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |