Tabiiy huquq nazariyasi



Download 29 Kb.
Sana05.08.2021
Hajmi29 Kb.
#139412
Bog'liq
2 5233734309524802163


Tabiiy huquq nazariyasi

Tabiiy huquq - davlat va huquq nazariyasida insonning tabiatidan kelib chiqadigan va shu tufayli muayyan davlatda ularning qonuniy tan olinishi yoki olinmasligiga bogʻliq boʻlmaydigan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar yigʻindisini anglatuvchi tushuncha. Tabiiy huquq gʻoyasi Yunoniston va qad. Rimda paydo boʻlib, Sokrat, Aristotel, Sitseron, Ulpian va boshqa Rim yuristlarining nomlari bilan bogʻliqdir. Oʻrta asrlarda ilohiyshunos Foma Akvinskiy uni rivojlantirdi. Biroq, bu gʻoyalar mustaqil ilmiy maktab va tabiiyhuquqiy taʼlimot sifatida 17—18-asr burjua inkiloblari arafasida shakllandi. Uning koʻzga koʻringan namoyandalari: G. Grotsiy, T. Gobbs, J. Lokk, Volter, Sh.L. Monteskye, J.J. Russo, A. N. Radishchevlardir. Oʻzbek xalqining Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlari ham huquqni tabiat yoxud Alloh tomonidan insonlarga berilgan imkoniyatlar majmui deb tushunganlar.

Tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari jamiyatda ikki, yaʼni pozitiv va Tabiiy huquq mavjud, deb hisoblaydilar. Pozitiv yoki ijobiy huquq — muayyan davlatda rasman tan olingan va amalda boʻlgan hamda qonunlarda va davlat hokimiyatining boshqa huquqiy hujjatlarida, shu jumladan, davlat tomonidan sanksiyalangan odatlarda ifodalangan huquqdir. Tabiiy huquq maktabi vakillari feodal huquqini, ayniqsa, qirol absolyutizmi davridagi huquqni tanqid qilib, uning cheklanganligini, adolatsizligini, davlat hokimiyati qabul qiladigan qonunlar insonlarning ogʻir qaramlikdagi ahvolini, oʻzboshimchalik va zulmni mustahkamlashga xizmat qilganligini qoralaganlar.

Tabiiy huquq pozitiv huquqsan farq qilib, inson tabiatidan, mohiyatidan, adolat, axloqiylik kabi umuman olingan axloqiy tamoyillardan kelib chikali. Shu bois u oqil va adolatlidir, alohida davlatlarning chegaralari bilan cheklanmaydi, balki barcha dairlar va xalklarga tarqaladi. U inson tabiati va mohiyati kabi abadiy va oʻzgarmasdir. Undagi asosiy axloqiy va huquqiy gʻoyalar — insonning yashash, ozodlik, tenglik, erkin boʻlish, mehnat qilish, oila, mulk, xavfsizlik, zulmga qarshilik koʻrsatish kabilarga boʻlgan tugʻma ajralmas huquklarining mavjudligidir. Ularni muhofaza qilish va taʼminlash har qanday siyosiy tuzilmaning , birinchi navbatda, davlatning vazifasi boʻlishi kerak.

Tabiiy huquq nazariyasi XX asrning 2-yarmida yanada rivojlantirildi va butun dunyoda inson huquklari uchun olib borilayotgan umumiy kurashning nazariy asosiga aylandi. Tabiiy huquqlarni sof yuridik maʼnodagi xuquqlar deb atash qiyin, biroq u pozitiv huquq, yaʼni davlat oʻrnatadigan huquq yordamida real huquklarga aylanishi mumkin.

Tabiiy huquq nazariyasining asosiy gʻoyalari AQShning Mustaqillik deklaratsiyasida (1776 y.), Fransiyaning Inson va fuqaro huquqi va erkinliklari deklaratsiyasida (1789 y.) va boshqa davlatlarning huquqiy hujjatlarida oʻz ifodasini topgan. Insonning tabiiy, tugʻma huquqlari koʻp davlatlarning hozirgi zamon huquqiy tizimlarida konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlandi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ham insonning Tabiiy huquqlarini, adolat, haqiqat, ozodlik, mustakillik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda belgilamoqda. Jumladan, OʻzR Konstitutsiyasining 24moddasi "har bir insonning ajralmas huquqi" sifatida yashash huquqini mustahkamladi.

Madaniy jamiyatda tabiiy va pozitiv huquqni qaramaqarshi qoʻyish uchun asoslar yoʻq, chunki Tabiiy huquq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yagona umuminsoniy tizimini tashkil etuvchi inson Tabiiy huquqlarini mustahkamlaydi va himoya qiladi.

Ma’lumki, davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida etakchi o`rinlarni egallab keladi. Shu bois unga mamlakatimiz va xo`rijiy yuridik adabiyotda katta e’tibor beriladi. Davlat va huquq nazariyasi davlat hamda huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va namoyon bo`lishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi, ularni ilmiy talqin etadi, ilmiy ta’rif va tavsifini yaratadi.

Davlat va huquq to`g’risida nazariy bilimga ega bo`lish bu ikki hodisaning mohiyati va mazmunini, rivojlanish qonuniyatlarini, ularga ta’sir qiluvchi omillarni to`g’ri talqin qila bilish huquqni muhofaza etuvchi idoralarga mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy, moliya, mehnat huquqi kabi huquq sohalarining maqsadi, mazmun – mohiyatini bilish uchun davlat va huquq nazariyasi fani fundamental asos bo`lib, davlat va huquqning tushunchasi, rivojlanishi va ularning faoliyat qilish tamoyillariga oid nazariy masalalarni o`rgatadi.

Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy, serqirra, shu bilan birga murakkab, sirli olamiga kirishning kaliti bo`lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat – huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish – mazkur o`quv kursining asosiy vazifasidir. O`rganish hamda tadqiqot doirasiga “davlat”, “huquq”, “qonun”, “demokratiya”, “hokimiyat”, “siyosat” kabi jozibali, murakkab hodisalarni qamrab oluvchi ushbu kurs huquqshunoslikning o`ziga xos qomusi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqqa tegishli hodisa va jarayonlarining muhim, zaruriy va eng umumiy tomonlarini o`rganish orqali jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlarini tushuntirib berish, ijtimoiy hayot maqsadlarini aniqlash va ijtimoiy munosabatlarni davlat va huquq vositasida tartibga solish mexanizmlarini ochish, ularning rivojlanish istiqbollarini ko`rsatib berish masalalarini qamrab oladi.

Bugungi o`zbek jamiyati o`zi uchun huquqiy davlat, inson huquqlari va shaxs erkinligi, demokratik fuqarolik jamiyati, siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm), hokimiyatlar taqsimlanishi, qonun ustuvorligi, mustaqil sud hokimiyati kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Tan olish lozimki, jamiyat ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiy tamoyillar asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya katta rol’ o`ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tizimning mavjud bo`lishi, huquqiy munosabatlar oqilona tizimini tashkil etilishi ko`p jihatdan mamlakatimizdagi davlat – huquqiy institutlarning faoliyatiga bog’liqdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy islohotlar mustahkam huquqiy zaminga tayangan va qat’iy davlat – siyosiy ta’minlanish mexanizmlariga ega bo`lgan taqdirdagina samarali bo`lishi isbot talab etilmaydigan aksiomadir.

Ilmiy adabiyotda juda keng tarqalgan tabiiy

huquq nazariyasi qadim zamonlarda vujudga kelgan nazariyalardan biri

hisoblanadi. Tabiiy huquq nazariyasining paydo bo`lishi va uning rivojlanishi

Qadimgi Yunon, Rim va Xitoy mutafakkirlari faoliyati va ijodi bilan bog’liq.

Mazkur nazariyaning alohida qoidalari miloddan avvalgi V-IV asrlarda

Qadimgi Yunonistonda faoliyat yuritgan sofistlar tomonidan rivojlantirilgan.

Sofistlarning fikricha, insonlar paydo bo`lishlari bilan hech qanday qoidaga rioya

qilmasdan yashaganlar, ammo keyinchalik o`zlarining xavfsizliklarini ta’minlash,

o`zaro birlashib yashash uchun turli xil qoidalarni ishlab chiqishga majbur

bo`lganlar.

Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun va Arastularning nuqtai nazariga

ko`ra hamma qonunlar ham insonlar tomonidan qat’iy ravishda yaratilgan emas.

Insonlar tomonidan yaratilgan qonunlardan tashqari «insonlar qalbida joylashgan

ilohiy qonunlar ham mavjud». Boshqacha qilib aytganda, inson irodasiga bog’liq

ravishda yaratilgan qonunlar, ya’ni davlat tomonidan chiqarilgan qonunlardan

tashqari, inson xohish irodasiga bog’liq bo`lmagan qonunlar ham mavjud bo`lib,

ular tabiiy huquqdan iboratdir. Bu qonunlar asosida boqiy, ajralmas ilohiy tartib

hukmron bo`lib, ular nafaqat insonlar o`rtasidagi munosabatlarni, balki «butun



dunyoni yaratilishini tartibga soladi».
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish