Tabiiy gipsli tosh va uning degidratsiya mahsulotining kimyoviy tahlili
Tabiiy gipsli toshda odatda gigroskopik namlik, gidratli (kristallizatsion) suv va ikkisuvli sernokislыyli kalsiy mavjudligi, gipsli bog‘lovchilarda esa gidratli suv miqdori, yarimsuvli va suvsiz sernokislыyli kalsiy (angidrit) mavjudligi aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha gipsli bog‘lovchilar va ularni tayyorlash uchun xom material sifatini etarli darajada aniq baholash mumkin.
Gips toshning kimyoviy tahlilini undagi gigroskopik namlikni aniqlash bilan boshlanadi, so‘ngra ikkisuvli sernokislыyli kalsiy miqdori aniqlanadi. Buning uchun tabiiy gipsli toshning №02 li elakdan to‘liq o‘tishigacha maydalangan kukuni olinadi.
Tabiiy gips toshning gigroskopik namligini % larda o‘rnatiladi, bunda quriguncha og‘irlik 61 va quritilgandan so‘nggi og‘irlik 62 farqi 25- 500S haroratli doimiy og‘irlik quruq og‘irligiga nisbatan olinadi:
N2Ogidr= 61 − 62 ∙100
62
Tabiiy gipsli toshda gidrat suvni aniqlash uchun, maydalangan gipsli toshli (1-2g) doimiy og‘irlikgacha 4000S li haroratda qizdiriladi. Gidratli suvning % dagi miqdori
N2Ogidr= 61 − 62 ∙100
62
ifoda bilan aniqlanadi, bu erda 61 va 62- mos ravishda
qizdirishgacha va qizdirilgandan keyingi namuna og‘irligida.
Xuddi shu tajriba tabiiy gipsli toshda ikkisuvli sernokislыy kalsiy miqdorini quyidagi ifoda bilan xisoblashga imkon beradi:
CaSO4 ∙ 2H2O2 =4,7785 61 − 62 ∙100
61
Gipsli bog‘lovchilarning kimyoviy tahlili uchun ikkita ko‘rsatgichni bilish zarur: yarimsuvli sernokislыy kalsiy va eruvchan angidrit suv.
Gipsdagi CaSO4 ∙ 2H2O miqdorini (% da) aniqlash uchun, 1b5-2g maydalangan gips 45-500S da doimiy og‘irlikkacha oldindan quritilib suv
bilan qoriladi.
Qotgan mahsulotni 45-500S da doimiy og‘irlikgacha quritiladi, og‘irligi o‘lchanadi, CaSO4 ∙ 2H2O tarkibi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
bu erda:
CaSO4 ∙ 2H2O=
5,37(62 − 61 ) ∙100,
61
– boshlang‘ich yarim suvli gips namunaning quruq holdagi og‘irligida;
– gips namunaning gidratatsiyadan qeyingi quruq xoldagi og‘irligida.
Gipsdagi eruvchan angidritni quyidagicha aniqlanadi. YArimsuvli gipsning 1,5-2gr li quruq namuna osh tuzining konsentrlashgan eritmasi 24-30 soat davomida ushlab turiladi. Keyin namuna yana quritiladi va CaSO4 % larda quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(CaSO4)eritma = 1,51(62 − 61 ) ∙100
61
bu erda:
(61 - 62)- namuna og‘irligining ortishi gr da.
Havoiy ohakning kimyoviy tahlili
Xavoiy ohakni bog‘lovchi modda singari sifatini baholash uchun, unda SaO va MgO larning qanchaligini va bu faol okislarning yig‘indisini bilish lozim.
Kalsiy okislar tarkibini aniqlash. Bu maqsad uchun shakarli usuldan foydalaniladi. Maydalangan so‘ndirilmagan ohakning namunasini (0,2- 0,25) hajmi 250 ml bo‘lgan konussimon kolbaga solinadi, 10% li shakar eritmasidan 5 ml qo‘shiladi va 15daqiqa davomida uzluksiz aralashtiriladi. Aralashtirishni yaxshilash uchun kolbaga avvaldan bir nechta shishasimon marjon solinadi. So‘ngra 2-3 tomchi 1% li fenolftalein eritmasi qo‘shilib, 1n tuzli kislota eritmasi bilan titrlanadi.
Titrlash tomchilar bilan, pushti rang yo‘qolguncha davom ettiriladi.
SaO kalsiyning faol okisining % dagi miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
bu erda:
% SaO= V ∙ 2,804k
G
V- titrlash uchun ishatilgan, 1n tuzli kislota eritmasi miqdorida, ml da; K- titrga 1n tuzli kislota eritmasiga tuzatish;
2,804-1 ml 1n tuzli kislota eritmasiga mos keluvchi kalsiy okisi miqdori, g da, 100 ga ko‘paytirilgan. G- ohak naveskasi g da.
Ohakdagi magniy okisi miqdorini KMK 9179-59 bo‘yicha aniqlash uchun trigonometrik usul tavsiya qilinadi: 0,5 g kukunlashtirilgan so‘ndirilmagan ohakni 200-250 ml xajmli stakanga solinadi, suv bilan yumshatilib, 30ml 1n tuzli eritmasi qo‘shiladi. Stakanni varonka bilan yopib, 8-10 daqiqa davomida qizdiriladi. So‘ngra soat shishasini distillangan suv bilan chayiladi, sovugandan so‘ng aralashmani o‘lchovli kolbaga ag‘darib, 250 ml belgigacha distillangan suv quyiladi.
Olingan aralashma aralashtiriladi va ma’lum vaqt to‘rgandan so‘ng pipetka yordamida 25 ml olinib, 50 ml distillangan suv, 5-10 ml ammiakli aralashma, 5-7 tomchi xrom to‘q-ko‘k indikatori qo‘shiladi va 0,1N trilon aralashmasi bilan kuchli aralashtirilib, aralashma rangli qizildan ko‘k- yashil yoki ko‘k bo‘lmaguncha titrlanadi.
25 ml aralashma konussimon 500 ml li hajmga ega kolbaga olinadi, 150 ml ga yaqin distillangan suv, 5-7ml 20% li NAOH yoki KOH eritmasi,30-50 ml mureksid aralashmasi qo‘shiladi.
MgO magniy okisi miqdori quyidagi ifoda bilan xisoblanadi:
MgO = (V1 − V2 )0,002015k ∙10 ∙ 100
g
bu erda:
V1- CaO+MgO okislar yig‘indisini titrlashga ishlatilgan hajmi ml da;
V2- CaO ni titrlash uchun ishlatilgan aralashmasi hajmi, ml da;
0,002015 – 1ml 0,1 n aralashmasiga mos keluvchi magniy okisi miqdori, g da;
k- 0,1 n aralashmasi titriga tuzatish;
10- 0,1 n aralashmasini qo‘shish darajasi; g- ohak namunasi, g da.
X
Do'stlaringiz bilan baham: |