Tabiiy geografiya



Download 41 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi41 Kb.
#452548
Bog'liq
Ibragimova R., Xudoynazarova M.A


Ibragimova Rana Alimbaevna
O’zbekiston Milliy universiteti “Tabiiy geografiya” kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi,
Xudoynazarova Mavluda Abduvoxid qizi
O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti magistri


BAXMAL TUMANI REKREATSION RESURSLARI VA ULARNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI

Mamlakatning iqtisodiy jihatdan taraqqiy topishi uning har bir tarkibiy qismiga bog’liq. Jizzah viloyatining Baxmal tumani ham O’zbekistonning bir bo’lagi sifatida uning rivojlanishiga ma’lum darajada hissa qo’shib kelmoqda. Baxmal agrar tuman hisoblanib, aholisining asosiy qismi qishloq xo’jaligida band.


Tumanda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari katta. Ayniqsa, tumanning boy tabiiy sharoiti va betakror tabiati turli-tuman rekreatsion-turistik obyektlarning shakllanishiga olib kelgan. Bu o’z navbatida hududda rekreatsion, sog’lomlashtiruvchi dam olish, tog’, diniy va ziyorat, ekstremal, ekoturizm, ovchilik, tarixiy obidalar turizmi kabi yo’nalishlarni rivojlantirishda va tuman iqtisodiyotini ko’tarishda qo’l keladi.
Baxmal tumani Jizzax viloyatining janubiy qismida, asosan Turkiston tog` tizmasida joylashgan. Turkiston tog` tizmasi Sangzor daryosining boshlanish qismida Chumqor va Morguzar tog`lariga bo’linib ketadi [2, B.43]. Ular orasida, Sangzor vodiysi vujudga kelgan. Tumanning asosiy chegaralari tabiiy obyektlardan o’tadi. Baxmalning aynan joylashgan o’rnining turizmni rivojlantirishda ham ijobiy ham salbiy tomonlari mavjud. Ijobiy tomoni shovqinli shaharlardan uzoqda, tog’ yonbag’rida joylashganligi turistlarni o’ziga jalb qilib tursa, uning yirik avtomagistrallardan biroz uzoqdaligi noqulayliklarni ham tug’diradi. Lekin turizmni rivojlantirish maqsadida Zomin, Baxmal tumanlari va Samarqand viloyatini bog’lovchi yirik magistral yo’l aynan tumanning qoq markazidan o’tkazilishi yuqoridagi noqulay vaziyatni bartaraf etadi.
Baxmal tumanining yer usti tuzilishining o’ziga xosligini shundaki, tuman hududida turli xil relyef shakllarini uchratishimiz mumkin. Shulardan eng ko’p maydonni egallagan relyef shakllari tog’li hududlar, tog’ yonbag’irlari va tog’ oldi qirlaridir. Tumanning qolgan qismlarida esa baland tekisliklar (adirlar) mavjud.
Tumanning katta qismini egallovchi Turkiston tog` tizmasining davomi hisoblangan Chumqor va Morguzar tog`lari rekreatsion-turistik resurslarga boy. Ushbu hudud alpinizm, ekstremal turizm, seplioturizm kabi yo’nalishlarni rivojlanrirish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, Morguzar tog’dagi nayzasimon cho’qqilar, chuqur daralar ekstremal turizm uchun juda mos keladi.
Chumqor tog`i Turkiston tizmasining g`arbida joylashgan bo`lib, sharqdan g`arbga tomon cho`zilgan. U Sangzor va Zarafshon daryolari orasida suvayirg`ich vazifasini o’taydi. Uning shimoliy qismigina tuman hududiga qaraydi. Chumqor tog’i tumanning eng tabiati go’zal hududlaridan hisoblanadi. Chumqor tog’i mana shu hududda joylashganligi tuman iqlimini, tabiiy sharoitini shakillanishining bosh omili hisoblanadi. Bundan tashqari tumanning rekreatsion-turistik imkoniyatlarini ham belgilab beruvchi bosh omil hamdir. Ushbu tog’ g’arbdan keladigan nam havo massalariga ochiqligi tufayli Jizzax viloyatining eng ko’p yog’in tushadigan hududlaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham tog’ yonbag’irlaridan bir qancha soylar oqib tushadi. Ushbu gidrografik obyektlar Baxmal tumanining rekreatsion imkoniyatlarini yanada oshiradi. Chumqor tog’ining tabiati o’zgachaligining yana bir yaqqol dalili dong’i ketgan Baxmal olmalarining aynan mana shu joyda yetishtirilishdir.
Tumanning yozi qir va tekisliklarda issiq, tog’ va tog’ yonbag’irlarida biroz salqin bo’ladi, qishi sovuq, yog’ingarchiliklar ko’p kuzatiladi. Yoz oylarida tog’ yonbag’irlaridagi salqin havo kishilarni o’ziga jalb qilib turadi. Aynan yoz oylarida juda katta oqimda turistlar, asosan mahalliy turistlar tashrif buyuradi. Tog’li hududlar shifobaxsh buloqlarga boy, bu esa dam olish maskanlari qurish imkoniyatini beradi.
Jizzax viloyatining tog’ va tog’ oldi hududlarida 209 ta buloqlar ro’yxatga olingan [1, B.37]. Ushbu buloqlarning asosiy qismi Baxmal tumani tog’larida joylashgan. Tumanda “O’smat ota”, “Novqa ota”, “Qizilsuv”, “Teshiktosh”, “Ko’rbuloq”, “Jarbuloq” (aynan shu buloq nomlari bilan ataluvchi aholi punktlari hm mavjud) kabi bir qancha buloqlar mavjud. Ushbu buloqlarning o’ziga xosligi shundaki, ularning ham shifobaxsh xususiyatlarga ega, ham uzoq o’tmishga borib taqaladigan tarixi mavjud, ham qadimgi diniy shaxslar bilan bog’langan. Shu sababli buloqlar orqali turizm va rekreatsiya sohazini rivojlantirish uchun imkoniyat katta.
Umuman olganda, tuman juda katta tabiiy resursga ega. Iqtisodiyotni rivojlantirishda tumanning rekreatsion-turistik imkoniyatlaridan samarali va oqilona foydalanishga katta e’tibor qaratish zarur.

Adabiyotlar



  1. Атлас родников Узбекистана. Ташкент, 2006.

  2. Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. Тошкент, 1996.

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish