Reja:
Tabiiy gazlarning guruhlari.
Uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko’ra guruhlari.
Gaz gidratlari hosil bo’lishi.
Gaz kondensatlari va ularning fizik-kimyoviy xossalari.
Tabiiy yoqilg’i gazlar metan qatori uglevodorotlari aralashmasini o’zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar – geliy va argon(H 2 S,CO,N2 ,O2 ,He, Ar )) bo’ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug’laridir.
Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin:
I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo’ladi.
II guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar normal sharoitda gaz ko’rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o’tadi.
III guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori molekulali uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo’lib, benzin tarkibiga kiradi.
Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini (92-99 %) metan CH4 tashkil etadi va qolgan qismini uglerod (II) oksidi (CO), yonuvchi vodorod, azot, is gazi, suv buqlari, oltingugurtli vodorod, ammiak (Н 2 ,N2 ,H 2O, Н 2S,NH3 ) va boshqalarni tashkil qiladi.
Sun`iy gazlar qattiq va suyuq yonilg’ilarni qayta ishlash jarayonida olinadi, jumladan, sanoat gazi (domna, koks, yorituvchi, kanalizatsiya gazlari), generator gazi (qattiq yonilg’ilarni gazga aylantirishda) va boshqalar. Ularning tarkibi va xossalari, shu jumladan, yonish issiqligi keng ko`lamda o`zgaradi. Odatda, ular turli hiddagi yonuvchi va inert gazlarning aralashmasidan iborat. Ularning tarkibiga yonuvchi gazlar: metan, propan, butan CnHm formula (СН 4 ,С2 Н 6 ,С3 Н8 ,С4 Н10 ,Н 2 ,СО)li boshqa uglevodorodlar, vodorod, is gazi va shuningdek, inert gazlar va ifloslantiruvchi moddalar (karbonat angidrid, azot (СО2 ,N 2 ), namlik, smola holidagi moddalar, mexanik zarralar, oltingugurtli birikmalar va boshqalar) kiradi.
Gazsimon yonilg’ilar siqilgan va suyultirilgan ko`rinishda ishlatiladi. Kritik arorati havo haroratidan yuqori bo`lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan suyuq holatga o`tadi. Bunday gazlar - suyultirilgan gazlar deyiladi. 20°C haroratda propanni suyuq holatga o`tkazish uchun 0,85 MPa, butan uchun 0,2 MPa bosim talab qiladi1.
Siqilgan gazlar kritik harorati havo haroratidan past bo`lgan uglevodorodlar hisoblanadi. Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi bo`lgan metanni suyuq holatga o`tkazish uchun - 82°C harorat talab etiladi. Atmosfera bosimida esa metan - 161°C haroratda ham suyuq holatga o`tadi. - 82°C haroratdan yuqori bo`lganda har qanday yuqori bosimda ham metan suyuq holatga o`tmaydi.
Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yo’qotish, so’ngra bu gazlardan I va II guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir.
Ma`lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko’ra ularni uch guruhga bo’lish mumkin:
Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo’lgan bo’lib tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;
Yo’ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;
Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil bo’ladigan gazlar.
Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yoqilg’i sifatida keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu mahsulotlar asosan vodorod, acetilen, formal’degid, xloroform Н 2 ,С2 Н 2 ,СН 2О,СНСl3 va boshqalar.
Yo’ldosh gazlar kommunal ehtiyojlar va avtotransportlarda yoqilg’i uchun qo’llaniladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham foydalaniladi.
Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko’ra bir– biridan farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to’yinmagan uglevodorodlarga boy bo’ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil bo’ladi.
Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga egadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |