Nazorat savollari
1. Kosmologiya haqida tushuntiring?
2. Samoning yaratilish va rivojlanishi haqidagi modellar haqida
tushincha bering.
3. Nisbiylik nazariyasining ikki postulati nimalardan iborat?
4. Kengayayotgan samo modelining asosiy qismi nimadan iborat?
5. Nisbiylik nazariyasi bo‘yicha kengayayotgan samo modelining
ikki xil varianti haqida tushintiring.
6. Qadimgi Gretsiya olimlarining nazariyasi qanday boMgan?
7. Yangi tabiiy fanlar yutuqlari nimalardan iborat?
8. Ijtimoiy jarayonlam i modellashtirish haqida tushuncha bering.
9. Fizika va reduksionizm prinsipi nima?
10. Nisbiylik nazariyasi haqida tushuncha bering.
11. O 'zaro ta ’sir kuchlari haqida m a’lumotlar bering.
49
IV bob. HOZIRGI ZAMON TABIIY BILIMLARI VA
TALQINI
4.1. Fizika va reduksionizm prinsipi
Fizika (grekcha “fyuzis” - “tabiat”) - tabiiy fanlar ichida yetakchi
hisoblanadi. U butun samo uchun birday o'rinli bo‘luvchi fundamen
tal qonuniyatlarning tadqiqoti bilan shug‘ullanadi [7].
Bundan tashqari fanda
reduk-
tsionizm prinsipinmg
amal qili-
shi ham fizika fanining mazrnun-
mohiyatini yanada aktuallashtira-
di: tabiatda mavjud bo4gan, bu
tun borliqning o‘ta murakkab
tizimlardagi
taraqqiyot
bilan
bog‘liq murakkab qonuniyatlami
sodda tarkib va unga tegishli sod
5-rasm.
da qonunlar asosida o ‘rganish mum
kin va darkor.
DNK va RNK molekulyar tuzilishi.
Masalan, genetikada hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi DNK
va RNK molekulalarining o ‘zaro ta ’sirlashuvi sifatida -
molekulyar
tuzilish
darajasida o ‘rganiladi (5-rasm). Moddiy dunyoning turli
qismlaridagi qonunlarning o ‘zaro mosligi (tatbig‘i) bilan molekulyar
biologiya, biofizika, bioximiya, geofizika, geoximiya kabi chegaraviy
fanlar shug‘ullanadilar.
Fizika - samodagi hech bir jisrn butun olam tortishish qonuniga
bo‘ysunmasligi mumkin emas, deb tasdiqlaydi. Agar jism ning hara-
kati (fe’l-atvori)da bu qonundan chetlashish kuzatilsa, demak bu hol
da boshqa qonuniyat ham o ‘z kuchini ko‘rsatayotgan bo'ladi. Reaktiv
harakat tufayligina samolyot yerga qulab tushmaydi. kosmik kema
yerning tortishishini “yengadi”, samolyot, kosmik kemaning parvozi
gravitatsion tortishishni inkor etmaydi, balki uning ta ’sirini neytral-
lashtiruvchi faktorlar ishlatilganini anglatadi [8].
50
Aytaylik, falsafa qonunlarini, mistik mcfjizalarni inkor qilish
mumkin va bu odatiy bir hoi deb qabul qilinadi. Fan qonunlari, masa-
lan butun olam tortishish qonunini inkor qiluvchi insonga shubha bi
lan qarashadi. Shu m a’noda, fizika qonunlari borliqni ilmiy anglash-
ning asosida yotadi deb aytish mumkin.
Zamonaviy fizikani tushunishga to'sqinlik qiluvchi ikkita faktor
mavjud:
• oldindan, ataylab o ‘rganish lozim bo‘lgan murakkab matemati-
kaviy apparat.
• fizikaviy obyektni to ‘la-to‘kis va oydin tarzda “ko‘rish” (tasav-
vur qilish) imkoniyatining yo'qligi.
Masalan, fazoning egilishi, bir paytning o'zida to ‘lqin deb ham
olinuvchi zarracha.
Fizika (va umuman barcha fanlar)ning taraqqiyoti - bevosita
ko'rish (kuzatish)dan asta-sekin voz kechish bilan bog‘liq tarzda so
dir boMmoqda. Bu xulosa, birinchi qarashda fizika fani eng avvalo
eksperimentga asoslanishi lozim, bu tajriba va inson tomonidan
nazorat qilinadigan sharoitlarda istalgan paytda bajarilishi istalgan
marta takrorlanishi mumkinligiga qarama-qarshi keladigan, fikrdek
tuyuladi.
Lekin borliqning ba’zi jihatlarini yuzaki kuzatuv orqali payqash im-
koniyati mavjud emas. U hatto yanglish xulosalarga olib borishi ham
mumkin. M a’lumki, Aristotel mexanikasi quyidagi prinsipga asos
langan edi: “jism - uni surib borayotgan kuchning ta’siri yo'qolishi
bilan to‘xtaydi”. Jismni harakatdan mahrum qiluvchi omil — ishqa-
lanish ekanligini nazardan chetda qolganligi sababli, yuqoridagi fikr
haqiqat deb, qabul qilingan. Bu masalada to ‘g ‘ri xulosaga kelish uc
hun real tajribaga emas (chunki uni amalga oshirishni aslo iloji yo‘q),
balki ideal (xayoliy) eksperimentga murojaat qilishga to ‘g ‘ri keldi.
Buning uchun buyuk italyan olimi Galileo Galiley ishqalanish mut-
laqo mavjud boim agan ideal silliq jism va shu jism harakatlanadi-
gan ideal silliq yuzadan foydalanadi. U o 'zi o'tkazgan hayoliy tajriba
natijasida Nyuton klassik mexanikasining asosida yotuvchi quyidagi
xulosa (inersiya qonuni)ga keldi: agar harakatdagi jism ga hech nima
51
(boshqa jism lar) ta ’sir etmasa, u o ‘z harakat holatini abadiy davom
ettiradi. Mana shu xayoliy eksperiment tufayligina dunyoning yangi
mexanikaviy tasviri yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |