TABIIY FANLARNI O’QITISHDA INTERFAOL METODLAR
Tinishova Uralay Sherali qizi
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
9 – maktab kimyo fani o’qituvchisi
Agamuratov Atamurat Charyarovich
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
9 – maktab fizika fani o’qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada tabiiy fanlarni o’qitishda interfaol metodlar haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: interfaol metodlar, uchta to’g’ri bitta noto’g’ri metodi.
Hozirgi vaqtda taʼlim jarayonida oʼqitishning zamonaviy metodlari keng qoʼllanilmoqda. Oʼqitishning zamonaviy metodlarini qoʼllash oʼqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Taʼlim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
Аnʼanaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman taʼlim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish taʼlim oluvchilarning oʼzlashtirish darajasining koʼtarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, taʼlim beruvchi tomonidan taʼlim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning taʼlim jarayonida faolligi muttasil ragʼbatlantirilib turilishi, oʼquv materialini kichik-kichik boʼlaklarga boʼlib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yoʼnaltiruvchi matn, loyiha, rolli oʼyinlar kabi metodlarni qoʼllash va taʼlim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-taʼlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, taʼlim jarayonining markazida taʼlim oluvchi boʼlgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qoʼllanilganda taʼlim beruvchi taʼlim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Taʼlim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Uchta to`g`ri va bitta noto`g`ri
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan mavzu bo`yicha uchta to`g`ri fikr va bitta noto`g`ri fikrni yozadi. Ishtirokchilar juftliklarga to`planadilar, varaqlar bilan almashadilar va qaysi fikr noto`g`ri bo`lgan ekanligini aniqlaydilar.
Foydalanish doiralari
Uy ishini tekshirish vaqtida, tabiiy va aniq fanlarda mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Afzalliklari
Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko`nikmasini ishlab chiqadi, bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
Materialni o`zlashtirib ololmagan bolalar topshiriqni uddalay olmasliklari xavfi bor. O`qituvchiga fikrlar aniqligi va to`g`riligini kuzatish, mashqni o`tkazish uchun vaqtni mo`ljallab olish qiyin, chunki o`quvchilarda ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.
Yelpig'ich» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha biryo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig'ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig'ich» texnologiyasi mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
-boshida: o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o'rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
V.V. Skorcheletti. Teoreticheskaya elektroximiY. XimiY. 1969 g 608 s.
Grilixe S.Y. Obezjirovaniye, travleniye,I polirovaniye metallov.L: Mashinostroyeniye, 1976 g. 208s.
Kadaner L.I. Spravochnik po galvanostechii. Kiyev. Texnika. 1976 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |