«Geografik suhbatlar» darsda texnika vositalaridan foydalanish vaqtida
magnit tasmasiga yozib olingan har xil mavzuga xos suhbatlarni o'quvchilarga
eshittirib, so'ng mavzu bo'yicha suhbatdan olingan ma‘lumotlarni tashkil etishga
qaratilgan. Bundan tashqari bu suhbatlardan kichik sahna ko'rinishlari tashkil
etishda foydalanish mumkin.
«Geografik
tavsifda
xato
bormi?»
mavzusidan
yangi
dars
tushuntirilgandan so'ng o'quvchining qay darajada tushuncha olganligini bilish
maqsadida o'qituvchi tomonidan tavsif bayon etiladi va o'quvchilardan xatolarni
topish talab etiladi. Bu tavsiflar o'quvchilarni test savollarini yechishlariga zamin
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |