Formulasi
|
Nomi
|
Formulasi
|
Nomi
|
CH4
|
Metan
|
C8H18
|
Oktan
|
C2H6
|
Etan
|
C9H20
|
Nonan
|
C3H8
|
Propan
|
C10H22
|
Dekan
|
C4H10
|
Butan
|
C11H24
|
Undekan
|
C5H12
|
Pentan
|
C12H26
|
Dodekan
|
C6H14
|
Geksan
|
C20H42
|
Eykozan
|
C7H16
|
geptan
|
C30H62
|
trikozan
|
Metan (kon gazi, botqoq gazi), CH4 — rangsiz, hidsiz gaz. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (IV)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. M. — to'yingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili bo'lib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitratlash va boshqalar)ga kirishadi.
Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil etadi, sellyulozaning anaerob achishidan ham hosil bo'ladi.Saturn, Yupiter va uning yo'ldoshi bo'lgan Titan atmosferasining asosini tashkil etadi. M. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan yoki krekinggazdan past temperaturali distilyasiyalash yo'li bilan ajratib olinadi. Labaratoriyada atsetatlardan, karbid yoki metallarning metilgalogenidlaridan olinadi. Metan yonilg'i, sintezgaz xom ashyosi, vodorod, atsetilen, texnik uglerod, uglerod (1U)-xlorid, xloroform, freonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Zaharli emas, ammo portlovchi aralashmalar hosil qiladi, ko'mir konlarida yuz beradigan noxushliklar shuning oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari uylarda va xonadonlarda ishlatiladigan tabiiy gaz ham metandir.
Etan (CH3—CH3) — rangsiz, hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3(—100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, E. toʻyingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm boʻyicha turli almashinish reaksiyalariga kirishadi. 550—650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300—450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda CH3CHO va CH3COOH aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan — tabiiy va yoʻlakay gazlar komponenti (hajmiga koʻra 10%) boʻlib, ulardan past temperaturada rektifikatsiyalash yoʻli bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda koʻp miqdorda etan hosil boʻladi. Laboratoriya sharoitida etan metil yodid CH3I dan Vyurs reaksiyasini qoʻllab, (CH3COO)2Ca dan Kolbe reaksiyasiga koʻra, etilbromid C2H5MgJ dan Grinyar reaksiyasidan foydalanib, etilenni yoki atsetilenni gidrogenlab olinadi.
Etan — etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo. Etanning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash temperaturasi 152°, oʻz-oʻzidan alangalanish temperaturasi 472°.
Propan - toʻyingan uglevodorod, rangsiz, hidsiz yonuvchi gaz; suyuqlanish temperaturasi — 187,7°; Propan erituvchi sifatida, qurum olishda, metall qirqishda, avtomobillar uchun tutunsiz yonilgʻi, butan bilan aralashmasi maishiy gaz sifatida ishlatiladi. Sanoatda propanni katalitik degidrogenlab propilen, nitrolab esa nitrometan olinadi.
Metanning struktura va fazoviy tuzilishi:
dd d
3-ras,3
3-rasm: Navoiy yonilg’I zavodi
Qo’shimcha sifatida dars so’ngida o’quvchilarga alkanlar bilan bog’liq laboratoriya tajribalari ko’rsatib, so’ng ulardan izoh talab qilish orqali ham o’quvchilarda fikr va mulohazalar tug’dirish mumkin. Quyida misol tariqasida bir necha laboratoriya mashg’ulotlari keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |