Tabiiy fanlar fakulteti


O‘simliklar rivojlanishida mikroelementlarning ro‘li



Download 371,18 Kb.
bet8/33
Sana30.06.2021
Hajmi371,18 Kb.
#105818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati

O‘simliklar rivojlanishida mikroelementlarning ro‘li


Hozirgi kunga kelib, o‘simliklar tarkibida kimyoviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo‘lib, shulardan 16 tasi o‘simliklar uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O‘simlik quritilib tekshirilganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo‘lib, bu 4 ta element o‘simlik tarkibidagi kimyoviy moddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo‘lib, atiga 5% ni tashkil etadi. o‘simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi.

O‘simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan yaqqol ko‘rish mumkin. 1gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg. Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o‘simlik organizmining 100 000 dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular mikroelementlar deb atalgan. Bor, marganes, rux, mis, molibden, kobalt

o‘simliklar uchun, rux, mis, yod, marganes, temir va kobalt esa insonlar uchun zarur moddalar hisoblanadi.

Bu elementlar organizmda yetarli bo‘lmasa harxil kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan: ayrim hududlarda oziq moddalar va ichimlik suvida yodning kamligi tufayli inson va hayvonlarda buqoq kasalligi kelib chiqishi mumkin. Tuproqda va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa «sxotka» kasalligini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning yungi to‘kila boshlaydi. Tuproqda mis bo‘lmaganda esa, qo‘y va qora mollarning kasallanishi, o‘simliklarning hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan.

Ma’lumki, fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi. Modda almashinuvi sintez va parchalanish singari hayotiy jarayonlar ularning bevosita ishtiroki bilan kechadi. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezining ta’minlanishida ham mikroelementlar muhim rol o‘ynaydi.

Molibden nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Agar nitratreduktaza fermenti bo‘lmasa, o‘simlik azotning nitrat tuzidan oziq sifatida foydalana olmaydi, natijada oqsil sintezlanmaydi. Mis esa oksidlanish jarayonini aktivlashtiruvchi polifenoloksidaza va askorbinoksidaza fermentlari tarkibiga kiradi. Rux, marganes ham ko‘pchilik fermentlar faoliyatini yaxshilaydi.

Qishloq xo‘jaligining mikroo‘g‘itlarga bo‘lagan talabi keyingi paytlarda mikroelementlar bilan boyitilgan asosiy shakllardagi oddiy va kompleks mineral makroo‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirilmoqda. Ularning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘lishi aniqlangan.

Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o‘g‘it sifatida tuproqqa solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, ularning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi.


Download 371,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish